OYDAGI XAROBALAR YOKI “OLTIN DEVOR”

OOdam zotining qiziqmagan sohasi qolmadiyov. Xuddi Yerdagi hamma sirlar ochilib bo‘lgandek, hali Oyga, hali Marsga sayohat qilaverib, kosmosni ham o‘zimizniki qilib oldik chog‘i. Hademay, o‘sha olislardan mehmon keldi, desa hech kim ajablanmay qo‘yadi, shekilli. Ha, orzuga ayb yo‘q. Xo‘sh, qani, ko‘raylik-chi, tinib-tinchimas olimlar bu gal sizu bizga qanday mo‘’jizalarni tortiq qilisharkin?

 

Ufo Sightings Daily portali ma’lumotiga ko‘ra, olimlar Oyda qandaydir imorat xarobalari va nuragan devorlarni topishgan. Spektakldagi kabi oltin devor bo‘lsa-ya! Bunga “Apollon-15” loyihasi jarayonida olingan suratlar guvohlik beradi. (“Apollon” dasturi – NASAning fazoga sayohati loyihasi bo‘lib, u 1961 yili Oyga qo‘ngan va 1975 yilda bu loyiha ishlari tugallangan. Ushbu dasturga ko‘ra, astronavtlar olti marta Oyga borib qo‘nishni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishgan).

Ushbu noma’lum imorat xarobalarining suratlari aynan Oyning yuza qismidan olingan. Taxmin qilinishicha, bu xarobalar o‘zga sayyoraliklar sivilizatsiyasi davrida muhim ahamiyatga ega ob’yektlardan bo‘lgan. Ana, aytmadimmi?! Shunga asoslanib, tadqiqotchilar Yerning yuza qatlamida ham chuqur izlanishlar olib borilishi kerak, deb hisoblashmoqda.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

four × three =