QASHQADARYO: YUKSAK TARAQQIYOT YO‘LIDA

Qashqadaryo navqiron Ozbekistonimizning eng gozal va betakror maskanlaridan  biridir. Vohaning saxovatli zaminidagi Kitob toglari, Yakkabogning solim boglari, Dehqonobod yaylovlariyu Koson va Nishon dala-dashtlarining tarovati ozgacha. Yozi uzun, koklami serfayz, kuzi tokin-sochin, zumrad qishining gozalligiga esa qiyos yoq. Omborlari oz doni bilan tolgan, oppoq xirmonlardan koksi oltinga tolayotgan mirishkorlarining gururi toglardek baland. Buni oz yurtini obod etib, shu yerga sadoqat bilan yashayotgan mard va jasur qashqadaryoliklarning fidoyiligida yaqqol korish mumkin.

  Yurtimizda yollar qurish, ularni ta’mirlash va atroflarini obod qilishga katta e’tibor berilayotgan bir paytda Qashqadaryoda ham bu borada xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat janubini markaz bilan boglovchi temir yoli, bir yondan Zarafshon va Hisor tizmalari, Buxoro kengliklariga qoshilib ketgan avtomobil yollari manzilingizga bexatar yetkazadi. Samarqand-Qarshi yonalishida tez harakatlanadigan yolovchi poyezdlar qatnovini yolga qoyish, Maroqand-Qarshi temir yol uchastkasini elektrlashtirish, Qarshi vokzalini rekonstruksiya qilish loyihalarining royobga chiqqanidan dillar quvonchga toladi. 

– Elektr poyezdlarni qabul qilish uchun xodimlarimizning malaka va konikmasi yetarli, – deydi Qarshi lokomotiv deposi bosh muhandisi Akmal Jabboraliyev. – Bir  guruh malakali mutaxassislarimiz xorijiy mamlakatlarda oqib qaytishdi. Qarshi vokzali tubdan ta’mirlanib, viloyatimiz markazida milliy va zamonaviy me’morchilik an’analarini ozida aks ettirgan gozal maskanlar soni yana bittaga ortdi. Ta’mirlash jarayonida yuzga yaqin malakali quruvchilar, me’morlar, hunarmand ustalar va onlab zamonaviy texnikalar ishtirok etdi. Uni eng korkam va chiroyli maskanlardan biriga aylantirish uchun zamonaviy va sifatli qurilish materiallari ishlatildi. Vokzalning tom va peshtoqqismi, binoning isitish uskunalari, quvurlari, elektr moslamalari butunlay yangilandi. 200 oringa moljallangan kutish zali ham korkam qiyofa kasb etdi. Yuz nafarga yaqin temir yol mutaxassislari uchun qoshimcha ma’muriy bino qurildi. Yolovchilar dam olishi uchun yangi mehmonxona, ona va bola hamda tibbiyot xonasi bun­yod boldi. Bir soz bilan aytganda, vokzalning kutish zali ham shinam va korkam korinishga ega boldi. Yolovchilar uchun matbuot dokoni va maishiy xizmat korsatish shoxobchasi ochildi.

Tarixan qisqa vaqt ichida qurilib bitkazilgan mustahkam va ravon yollar, kopriklar odamlarning ogirini yengil, uzogini yaqin qilish bilan birga, yangi-yangi korxona va ish joylarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, yangi temir yol ishga tushishi sharofati bilan Deh­qonobod kaliy zavodi barpo etildi. Bu nafaqat tumanda, balki viloyatda sanoat ishlab-chiqarish rivojiga ulkan hissa qoshdi. Bugun bu yerda mingga yaqin kichik biznes sub’yekti faoliyat korsatmoqda. E’tibor bering: 2007 yilda tumanda bor-yogi 723,6 million somlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bolsa, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi, tadbirkorlarning sa’y-harakati samarasi olaroq, 2014 yilga kelib bu korsatkich 111 milliard 386 million somga yetdi. Joriy yilda bu raqam yanada osishi kutilmoqda. 

– Kungaboqar moyi ishlab chiqarish uchun xorijdan 167 ming AQSh dollarilik uskunalar olib keldik. Hozir seximizda sinov ishlari olib borilmoqda, – deydi «Istiqlol» xususiy firmasining ish boshqaruvchisi Egamshukur Doniyev. – Tez orada tola quvvat bilan ish boshlaymiz. Shunda bir kunda 3 tonnagacha kungaboqar moyi ishlab-chiqarish imkoni boladi. Bu yerda 25 kishi ish bilan ta’minlanadi.

 

BIRIN FARHOD DERLAR, BIRIN ALPOMISH

Muborak shahri ham istiqlol yillarida vatanimizning obod va farovon goshalaridan biriga aylandi. Bu gozal ma’voning qadim tuprogida Amir Temur bobomizning muborak nomi bilan bogliq tabarruk manzillar bor. Bir paytlar yetti iqlimga mashhur bolgan Zanjirsaroyda Saroymulkxonim tavallud topgan. Minglab yodgorliklarni bagriga olgan mana shu biyday choldan qanchadan-qancha savdo karvonlari otgan. Kohna shahar xarobalaridan topilgan kulolchilik ashyolari, me’morchilik bezaklari, zeb-ziynat buyumlari chet ellik sayyohlarda ham katta qiziqish uygotmoqda. Yer usti va yer osti boyliklarini sanab adogiga yetolmaysiz.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi bugungi kunda nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiga katta hissa qoshmoqda. Ona yerimizning bebaho tuhfasi bolgan tabiiy gaz respublikamizning eng chekka qishloqlariga ham yetib borib, farovon hayotimiz kozgusiga aylandi. Katta konlarni ozlashtirib, elimiz koriga yarayotgan zamondoshlarimizning shijoati haqida esa qancha gapirsak, shuncha oz. Ular orasida istiqlol tengdoshlari ham bor.

Qishlogimiz etagidan topilgan konlarni ishga tushirish jarayonida qalbi qaynoq,  mehnatsevar gazchi va neftchilarni korib, qalbimda muhandis bolish orzusi tugildi, – deydi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Shahboz Qurbonov. – Ular qazib olayotgan gaz uyimizga olov va nur bolib kirayotganidan mamnunligi chehralaridan sezilib turardi. Oshanda insonning mo‘jizalar yaratishiga ishonganman. Amaliyot paytida bunga yana bir bor amin boldim. Onlab konlardan kelayotgan kuchli gaz bosimini murakkab texnologiyalar yordamida bosh­qarish hazilakam ish emas. Yetuk mutaxassis bolish uchun hali  kop oqib-organishim kerak.

Inson xolis niyat bilan biror ishga kirishsa, albatta, kozlagan maqsadiga yetadi. Agar yurt koriga kamarbasta bolsa, bundan ozi ham, el ham manfaatdor boladi. Dunyoqarashi yangi, bilagida kuch-gayrati bor bunday yoshlar ўuzor tumanidagi Shortan gaz-kimyo korxonasida ham kop. Mazkur sanoat majmui suyultirilgan gaz mahsulotlari bilan birga, polietilen olish imkonini bermoqda. Buning samarasi ola­roq, gaz va suv quvurlari, texnik uskunalar, qishloq xojalik ehtiyojlari uchun zarur buyumlar ozimizda ishlab chiqarilmoqda. Minglab yangi ish orinlari ochilmoqda. 

MULKDORLAR  KOPAYMOQDA

Cholni boston, bostonni gulistonga aylantirayotgan chiroqchilik yoshlar ta’rifida ham bir-ikki ogiz soz aytsak. Yosh tadbirkorlardan Sardor Otayev Ipotekabankdan 250 million som imtiyozli kredit olib, pishiqgisht ishlab-chiqarishni yolga qoygani mahsulot tannarxini arzonlashishiga sabab bolmoqda. Mazkur sexda bir kunda orta hisobda 20-25 ming­ta gisht tayyorlanmoqda. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan mahalliy uy-joylar va boshqa imoratlarga mana shu gishtlardan foydalanilmoqda. 84 yoshni qarshilayotgan Ravshan Jorayev poyabzal ishlab chiqarishni yolga qoyib, yangi ish orinlarini kopaytirmoqda. Taqqos uchun: 2000 yilda tumanda 41 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan va ular tomonidan 2 milliard 170 million somlik mahsulot ishlab chiqarilgan. 2014 yilda 109 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritib, ular tomonidan 77 milliard 328,8 million somlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bundan gururlanmay boladimi? 

YANGILANAYOTGAN  QARSHI

Yurtboshimiz har safar Qashqa vohasiga tashrif buyurganlarida: Men uchun Vatan ozodligi, xalqimning omonligi, yurtimning ravnaqi, mana shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir oilaning farovonligidan ozga oliy saodat yoq, degan cozni ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, avvallari Qash­qadaryo deganda odamlarning koz oldiga chol kelardi. Qurilish va obodonlashtirish ishlariga e’tibor yoq, qurilganlari ham mendan ketguncha, egasiga yetguncha qabilida, hisobot uchun qilinardi. Mustaqillik yillarida uzoqni kozlab, izchillik bilan amalga oshirilgan ishlar tufayli Qarshi qiyofasi tubdan yangilandi.  Bu yerda otgan yili 32 ta zamonaviy, birinchi qavatida savdo dokonlari va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari joy olgan kop qavatli turar joylar qad rostlagan bolsa, joriy yilda shunday uylardan yana 25 tasi qurilmoqda.

Jumladan, Ozbekiston va Nasaf kochalari kesishgan joyda, Qarshining eski shahar qismida qad rostlagan, 24 xonadonga moljallangan turar joy binolari korkamligi bilan shaharga zeb berib turibdi. Uni Toxta ota Haydarov ishlab-chiqarish va savdo xususiy firmasi bunyodkorlari barpo etishdi. 

Qurilishda binoning pishiq va korkam bolishiga alohida e’tibor qaratdik, – deydi firma rahbari Eshmamat Toxtayev. – Bino asosi mus­tahkam bolishi uchun ishni 8 metr pastdan boshladik. Tuproq yetarlicha zichlangach, poydevor tashladik. Binoning har bir bezagiga zamonaviylik va milliylikni uygunlashtirishga intildik. Binoni qurayotganda besh-on yilni emas, balki uzoq istiqbolni oylab ish yuritdik, u har tomonlama mukammal manzara hosil qilishi uchun uy atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borayapmiz. Qarshida qurilgan yangi kop qavatli uylar tashqi qismini bezashda zamonaviylikka uygun milliy uslubdan foydalanilayotgani ular joylashgan kochalar husnini yanada ochib yuborgan. Ularning sohiblari qalbida ham gozallik ifodasini topgan.

Bunga ishonch hosil qilish uchun shaharning yangilanib borayotgan manzillarini yayov aylandim. Qarshi chollarida piyo­da yurmaganimga ham ancha bolibdi. Yoshligimda onam bilan dokonga borish uchun kamida 6 kilometr yolni bosishga togri kelardi. Odamlar transport vositalari kamligidan haftasiga bir yoki ikki marta bozor-ochar qilar, oshanda ham oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun soatlab nav­batda turganini alam bilan cozlab berardi. Bir tomoni Beshkent, Kasbi, bir yoni Qamashi, ўuzorga tutashib ketgan mana shu kichkina Paxtazor qishlogining ozida koplab savdo dokonlari, tikuvchilik sexlari, gozallik salonlarini korib, hayratda qoldim. Qishloqqa kirib-chiqayotgan mashinalarni sanab adogiga yetolmaysiz. Eng muhimi, odamlarimiz topgan-tutganiga orzu-havas bilan imoratlar solib, farzandlarini nufuzli universitetlarda oqitish imkoniyatiga ega bolmoqdalar. 

– Yurtimizda qad rostlagan qanchadan-qancha yangi maktablar, kasb-hunar kollejlari, sport inshootlarining barchasi biz – istiqlol farzandlari uchun, – deydi Qarshi tumanidagi 14-maktabning oquv ishlari boyicha eng yosh ilmiy bolim mudiri Zubaydilla ўafforov. – Obod  mahallalarda kamol topayotgan qishlogimiz yoshlari ma’naviy yetuklik borasida ham tengdoshlaridan ort­da qolmasligi kerak. Maktabimizda kompyuter, laboratoriya xonalari, zamonaviy kor­gazmali vositalar yetarli. Shunday bolsa-da, oquvchilarimizni viloyat markazidagi stadionlar, suzish havzalari, tennis kortlari va kutubxonalarga olib boraman. Yaqinda Qarshi aeroportiga sayohat uyushtirdik. Zamonaviy aerobuslarning uchib-qonishi oquvchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Temir yol vokzalida ham boldik. Tez­yurar poyezdlarni korib, oquvchilarimizning hayrati oshdi. Qarshi va Beshkent shaharlarini boglovchi muhtasham koprikka chiqib, kelajak kunlarimizni tasavvur qildik. Endi fizika-kimyo faniga qiziqishi borlarni Tolimarjon GRESi, kosmonavt bolishga harakat qilayotgan bolalarni Maydanak observatoriyasiga olib bormoqchiman. Ular bosh­qa joylarga uloqib ketmasdan, kelgusida oz yurtiga egalik hissi bilan katta konlarimiz, zavodlarimiz, tez­yurar poyezdlarimiz, fazolarimizni boshqarishini istayman.    

 OYGA CHIQQAN MAYDANAK

Ulug Temurga alla aytgan elning farzandlarini orzulari oydin, niyatlari xolis. Chunki, koz ongida har kuni yuzlab yangilanishlar roy bermoqda. Ana shunday olamshumul ozgarishlardan biri Yaponiya milliy astronomiya observatoriyasi olimlarining tashabbusi bilan Maydanakda «Fazo xavfsizligi xizmati stansiyasi» tashkil etildi. Ozbekiston Fanlar akademiyasi As­tronomiya instituti va yana bir qancha xorijiy davlatlarning rasadxonalari ham shu yerda joylashdi. Tabiiy orni, ilmiy salohiyatiga kora, Maydanak rasadxonalar majmui Kanar va Gavayi orollarida, shuningdek, Chilining Atakama cholida joylashgan eng nufuzli rasadxonalardan qo­lishmaydi. Endilikda astronomlarimiz teleskop orqali nafaqat yulduz turkumlari, balki Mars va Yupiter oraligidagi, Quyosh atrofida aylanuvchi kichik sayyoralarni ham kuzatmoqdalar. Choqqilarini oppoqqor qoplab yotgan mana shu tog tizmasida hali qancha yangi sayyoralar kashf etilsa, ajab emas. Falakiyot ilmining otasi Mirzo Ulugbek bobomizning izdoshlari yetishib chiqadi. 

 

VATAN, AYLANAYIN TUPROQLARINGDAN!

Qashqadaryo viloyatining qishloq xojaligi, chorvachilik, ziroatchilik va yana boshqa koplab sohalarini olasizmi, bundan qat’i nazar, hamma-hammasi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishga hissa qoshib kelmoqda. Iqlimi issiqolkada yoz vaqti suvga ehtiyoj sezilmasligi uchun Hisorak, Pachkamar, Tolimarjon suv ombor­lariga katta e’tibor qaratilgan. Suv resurs­laridan oqilona foydalanish uchun yangi kanal va zovurlar qurilib, suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilmoqda. Turmushimiz farovonligiga yol ochayotgan bu ozgarishlar zamirida katta karvonlarga ergashib, Vatanimiz kuch-qudratini dunyoga korsatishdek ezgu maqsad yotibdi. Bu dorilamon kunlar xalqimizga baxt-saodat keltirishiga ishonamiz.

 Adiba UMIROVA

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × three =