Men “HURRIYAT”NI NIMA UCHUN O‘QIYMAN?


Farmon Toshev,

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri,

“Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi

Nashr etila boshlanganiga kelgusi yil yigirma yil to‘ladigan  “Hurriyat” mustaqil gazetasining ikkinchi sonidan boshlab kaminaning 221 ta maqola va xabari, men ishlayotgan tahririyat faoliyatidan 30 ta material berilgan. Albatta, ularni alohida albom qilib saqlayapmiz.

“Hurriyat”da chiqqan maqolalarim asosida “Muxbirlik saboqlari” va “So‘z aytmoq saodati” nomli kitoblar dunyo yuzini ko‘rdi.

Ha, aziz zamondoshim, “Hurriyat” — professional jurnalistlar gazetasi. Unda Siz:

– sohadagi tajribangiz bilan o‘rtoqlashasiz;

– hamkasblar mahorati va tajribasini o‘rganasiz;

– respublikadagi OAV faoliyati tahlilini ko‘rib borasiz — o‘zingizga xulosalar chiqarasiz;

– dilingizdagi fikr va xulosalarni keng jamoatchilik hukmiga havola qilasiz.

Xo‘sh, aytingchi, “Hurriyat”dan boshqa yana qaysi nashr bizga bu qadar yaqin, qadrdon bo‘la oladi, aziz hamkasblar?

“Hurriyat”ni o‘qish, biz, ya’ni qalam ahlini nufuzli uyushmamiz atrofida yanada mahkam jips­lashishimizga xizmat qiladi. Uning har bir xonadonga, jamoaga kirib kelishi esa, o‘sha joyda ibratli ma’naviy muhit yaratadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini, umuman jamiyatda oshkoralikni istagan har bir fuqaro avvalo ana shu bag‘rikeng, hozirjavob mustaqil nashrga murojaat qiladi.

Demakki, “Hurriyat” — hammabop nashr. Gazeta hayotimizning barcha jabhalari to‘g‘risida va barcha mualliflarning maqolalarini ravon, tushunarli tarzda berib boradi.

Shuning uchun ham “Hurriyat”ni katta qiziqish bilan o‘qiymiz.

Va shunday ommabop, qiziqarli, professional gazetaga obuna bo‘lmaslik, uni oila a’zolari yoki jamoa bilan birga o‘qimaslik ma’rifatli odamga yarashmaydi.

Bu haqiqatni “Hurriyat”ni o‘qiganlar yaxshi tushunishadi!

 

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

twenty − twenty =