MEN “HURRIYAT”NI NIMA UCHUN O‘QIYMAN?

Yusuf HAMDAMOV,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Jurnalistika fakulteti dotsenti

«Hurriyat» chiqqan kunidan boshlab (1996 yil dekabr) men uchun qadrdon bo‘lib qolgan va bu mustaqil gazetani  hozirgacha yig‘ma jild qilib boraman. Aziz mushtariylarimizning maqtanchoqlikka yo‘ymasinlar-ku bu gazetaning dastlabki sonlaridayoq maqolalarim bilan qatnashganman.

«Hurriyat» o‘ziga:

— xolislik,

— haqqoniylik,

— oshkoralik,

— fikrlar xilma-xilligi kabi tamoyillarni mezon qilib olgan.

Gazeta o‘ziga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy kabi mavzularni qamrab olganki, ularning har biri tahririyat xodimlari tomonidan did va mahorat bilan tayyorlanib, o‘quvchilarga taqdim etiladi.

Gazetada yosh jurnalistlarning ijod namunalaridan berib borish maqsadida alohida sahifalar ajratiladiki, bu ham kelajak avlod, munosib vorislarimiz uchun katta imkoniyat, qolaversa, ularning qalami charxlanadigan o‘ziga xos maktabdir.

Gazetada jurnalistika bo‘yicha o‘ziga xos mahorat maktabi shakllangan. Tajribali jurnalistlarning gazeta sahifalarida bosilgan maqolalari bo‘lajak jurnalistlar va endigina jurnalistika sohasiga kirib kelayotgan yosh ijodkorlar uchun bemalol saboq bo‘la oladi va ustozlarning tajribalaridan juda ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin.

Gazetada yilning har choragida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan tanqidiy-tahliliy materiallar monitoringi natijalari berib boriladi. Bu o‘ziga xos ko‘zgu bo‘lib, har bir tahririyat, muharririyatning uch oy davomidagi ish faoliyati atroflicha tahlil qilib beriladi va ko‘zguda o‘z aksini ko‘radi.

Ha,  «Hurriyat»dan yana mamnunligim, uning sahifalarida mening ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy mavzularda va jurnalistikaning nazariyasi hamda amaliyotiga bag‘ishlangan maqolalarim muntazam berib boriladi.

Qariyb yigirma yillik izlanish, kuzatish, ilmiy tadqiqotlarimning mahsuli bo‘lgan «Taraqqiyot mezoni» («O‘zbekiston» nashriyotida bosilgan) kitobimdan parchalar ana shu gazetada bosilgan.

«O‘zingni angla!» mantiqiy fikrni shior qilib, ko‘p ming sonli o‘quvchilarini ma’naviyat, ma’rifatga, ezgulik, yaxshilik, mustaqil fikrlashga chorlayotgan mustaqil gazetamiz «Hurriyat» haqida ana shunday iliq fikrlarni Siz bilan baham ko‘rgim keldi.

 

Aytmoqchimanki:

«Hurriyat»ni o‘qing.

«Hurriyat»ni doimiy muxlisi bo‘lib qoling.

«Hurriyat»ga obuna bo‘ling!

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

one × one =