JURNALISTIKA O‘ZI NIMADAN VA QANDAY BOShLANGAN?

Nima deb o‘ylaysiz, insoniyat taraqqiyoti tarixida jurnalistika degan tushuncha qachondan paydo bo‘lgan? Har holda antik davr va o‘rta asrlarda emas, deb javob berishingiz tabiiy. Ammo bu fikrlaringiz ham nisbiy. Chunki biror-bir axborotni uni kutayotgan iste’molchiga har qanday usul bilan yetkazishning o‘zi jurnalistika unsurlarini tashkil etadi.

Faqat u boshqacha nomlangan bo‘lishi mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi qabilalarning bir-birini xavf-xatardan himoya qilish uchun ovoz, xatti-harakatlar orqali xabar berishi yo bo‘lmasa uni madaniyroq ko‘rinishi “jarchi”lik taomillarida ham qandaydir ma’noda jurnalis­tik elementlar mavjud. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda jurnalistika qadim an’analarga, qadriyatlarga ega xalqi­mizga ham xos sohadir. Lekin bizga fan uning madaniylashgan ko‘rinishini tarix sifatida o‘rgatadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Qadimgi Rimda dolzarb masalalar yuzasidan o‘z shaxsiy fikrini oshkora bildirish an’anasi mavjud bo‘lgan. Bu faqatgina notiq hamda ritorlargagina xos bo‘lgan. Maxsus notiqlar jamoatchilik oldida nutq so‘zlash o‘z siyosiy faoliyatini ommaga yetkazish vazifasi turardi. Vaqt o‘tishi bilan notiqlik san’ati ko‘p mamlakat va xalqlar madaniyatining bir qismiga aylandi. O‘rta asrlarda omma oldida nutq so‘zlash, turli din targ‘ibotchilari va din rahbarlari o‘z notiqliklaridan foydalanib, insonlar ongiga ta’sir qilish keng tus ola boshlagan.

Jamiyat taraqqiyoti, fan va texnika sohalarining rivojlanishi jurnalistika hamda ilk davriy nashrlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Tarixdan bizga ma’lumki, bog‘lam-bog‘lam qog‘oz o‘ramlariga yozilgan cherkov nomalari ilk hujjatli manbalar hisoblanadi. Yozuv uchun qulay bo‘lgan qog‘ozning paydo bo‘lishi ham jurnalistikaning rivoji uchun asosiy turtkilardan biri bo‘lgan. Ayniqsa, Iogann Gutenberg (Germaniya, 15 asr) tomonidan ixtiro qilingan bosma harflarning majmui – alohida-alohida terilgan harflarning qolipidan istalgan matnni yozish imkoniyatini yaratdi. Bu esa muhim axborotlar tirajining kengayishiga va o‘z-o‘zidan oddiy o‘quvchilar auditoriyasining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Soha tarixi haqidagi manbalarda aytilishicha, jamoatchilikning jurnalistika va davriy nashrlarga bo‘lgan ehtiyoji 17-18 asrlarda kuchaya boshlagan va amalda matbuot bir necha turga bo‘lingan – hozirjavob gazetalar, jurnallar, vaqti-vaqti bilan chop etiladigan taqvimlar, byulletenlar va ma’lumotnomalar.

Ilk gazetalarning mazmun-mohiyati qanday bo‘lgan, degan savol tug‘ilishi tayin. Tarix ularning asosan savdo-sotiq sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlanganligiga guvohlik beradi. Lekin sekin-asta gazeta va jurnal sahifalarida mafkuraviy va tahliliy materiallar ham o‘z o‘rnini egallay boshlagan. O‘sha davrda munozara uchun har xil mazmundagi savollar paydo bo‘lar edi. Misol uchun matbuot erkinligi, shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabat, hukumat tepasida turuvchilarning imtiyoz va moddiy manfaatni adolatli taqsimlashi va hokazo. Shuningdek, jamoatchilikka faol ta’sir qilish jurnalistlarga xat, murojaat xati, tanqid, tahliliy xat kabi turli xil janrlardan keng foydalanish huquqini berdi. Jamoatchilikni maqsadlar atrofida birlashtirish qudratiga ega bo‘lgan matbuot vositalari ana shunday ko‘rinishda tashkil topgan.

 Azizbek NAHANOV,

O‘zMU talabasi

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fourteen − eight =