Dunyoda yurti tinch, ko‘ngli xotirjam xalq eng baxtlidir

Shu kunlarda xalqimiz eng ulug‘, eng aziz bayram —  mustaqilligimizning qutlug‘ 25 yillik to‘yini yuksak darajada nishonlash tayyorgarligini ko‘rmoqda. Respublikamiz hududlarida — mahallalar, qishloqlar, xonadonlarda, har bir yurtdoshimiz qalbida bayram shukuhi.

 

Davlatimiz Rahbarining 2016 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori barchamizning bugungi tinch-osoyishta va farovon hayotning asosi, avvalo, bu – mustaqillik ekanligini yana bir bor anglab yetishga undaydi. 

Mazkur qarorga muvofiq joylarda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!”shiori ostida o‘tadigan bayram tadbirlari yurt-doshlarimiz qalbiga cheksiz faxr-iftixor bag‘ishlaydi.

Qarorda alohida e’tirof etilganidek, biz bundan 25 yil oldin o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, avvalo milliy davlatchiligimizni tiklaganimiz, jahondagi mus-taqil va suveren davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallaganimiz, o‘zini oqlamagan eski, mustabid tuzumdan butunlay voz kechib, chuqur o‘ylangan, milliy manfaatlarimizga to‘la javob beradigan islohotlarga asoslangan, butun dunyoda “o‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirganimiz bugungi kunda biz tanlagan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos rivojlanish yo‘lining naqadar to‘g‘ri va hayotiy ekanini tasdiqlab turibdi. 

Buning yana bir amaliy isbotini mamlakatimizning qudrati va iqtisodiy salohiyati tobora ortib, yalpi ichki mahsulotimizning o‘sish sur’atlari oxirgi 11 yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelayotganida, aholimizning hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Tobora yaqinlashib kelayotgan ulug‘ ayyomni munosib kutib olish va uni o‘tkazish maqsadida olib borayotgan ishimizning asosiy mazmunini, avvalambor, biz tanlagan taraqqiyot yo‘lining har tomonlama to‘g‘ri va hayotiy ekanini, rivojlangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasida erishgan yutuqlarimizning mazmun mohiyatini xalqimiz va jahon hamjihati e’tiboriga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada nafaqat davlat xizmatchilari, balki bevosita jamoatchilik vakillari ham birdek o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Aynan shu maqsadda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida “Mustaqillik yillarida respublika hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davlat granti tanlovini e’lon qilish rejalashtirilgan.

Yurtboshimizning 2016 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, grant tanlovi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining:

-“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!”g‘oyasini mujassam etgan amaliy, madaniy-ma’rifiy va axborot-tushuntirish tadbirlarini tashkil etishga;

-O‘zbekiston xalqiga milliy davlatchilik va ongni, an’analar va urf-odatlarni tiklash, buyuk siymolarning nomlarini sharaflash, sog‘lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bo‘yicha cheksiz imkoniyatlar taqdim etgan mustaqillikning ahamiyatini ochib beradigan maxsus teledasturlar, maqolalarni tayyorlashga;

-taraqqiyot yo‘lining beshta tamoyiliga asoslangan va xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan “o‘zbek modeli”ning mazmun-mohiyatini ochib berishga bag‘ishlangan tahliliy materiallar turkumini chop etishga qaratilgan hamda boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash kutilmoqda.

Yurt tinch, ko‘ngil xotirjam xalq — dunyodagi eng baxtli xalq. Prezident ta’biri bilan aytganda, biz uchun haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan bu qutlug‘ sana o‘tgan tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizni, amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarimiz samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad — eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Jahongir ShIRINOV,

Oliy Majlis Qonunchilik 

palatasi deputati

 
Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five − three =