Deputat murojaatlari nega javobsiz qolmoqda?

Taassuf

Mahalliy kengashlarga saylangan deputatning asosiy vazifasi aholi murojaatlari asosida ularning muammosini hal etish hamda ularning manfaatlari yo‘lida tashabbus ko‘rsatishdan iborat. Axir, bugun deputatning faoliyatiga nisbatan mas’uliyat yuklatilgan, ammo u o‘z vazifasini bajarsayu  boshqa bir qator mutasaddi tashkilot rahbarlari xalq vakili bo‘lgan noibning so‘roviga nisbatan bepisandlik qilsachi?

 

O‘zbekistonAdolatSDP Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Muhiddin Samievga Kogon shahridagiXo‘jabargimahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolardan ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Deputat aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda Kogon shahar obodonlashtirish bosh­qarmasiga joriy yilning 10 iyul sanasida o‘zining deputatlik so‘­rovi bilan chiqdi.

UndaXo‘jabargiMFY­dagiXo‘jabargiko‘chasining ichki yo‘llari ta’mirtalab ahvolda ekanligi to‘g‘­risida qayd etilgan.

Shuningdek, deputat Jobir Hakimov ham aynan yuqorida nomi keltirilgan tashkilotgaNavzirabodMFYda istiqomat qiluvchilarning ichki yo‘llar bilan bog‘liq murojaatlaridan kelib chiqqan holda joriy yilning 3 iyul sanasida deputatlik so‘rovini kiritadi. Ammo deputat so‘rovi o‘zining amaliy natijasini ko‘r­satmadi. Chunki Kogon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi deputat so‘roviga mas’uliyat bilan yondashmay, belgilangan vaqtda javob bermadi. Vaholanki, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida deputat so‘roviga 10 kun muddat ichida ma’lumot taqdim etishi lozimligi qayd etilgan va bu deputat tomonidan yo‘llangan so‘rovda ham alohida ta’kidlangan.

Ma’lumki, ichki yo‘l­lar mutasaddi rahbarlar tomonidan dasturda belgilangan tartibda ta’mirlanadi, ammo bu xalq so‘rovi — deputat so‘roviga bee’tibor bo‘lib, unga javob yo‘llamaslik degani emas!

Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputati Davron Shukurov ham Romitan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga bir emas, naq ikki marta so‘rov kiritgan. Ammo, lekin…

So‘rovda deputat tomonidan umumta’lim maktablarida mavjud dars­liklarning o‘rganilganlik holatidan kelib chiqqan holda bir qator kiritilgan takliflar yuzasidan tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan qanday amaliy choralar ko‘rilayotgani to‘g‘risida bayon etilgan edi. Bu mazmundagi dastlabki so‘rov 2019 yilning 25 martida berilgan bo‘lsa, 22 aprelda yana tashkilotga qayta taqdim etilgan.

Mutasaddi tashkilot rahbarlariga aholining mavjud muammosiniyechish emas, balki O‘zbekiston “Adolat” SDP Romitan tuman Kengashi xodimlari tomonidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan holda umumta’lim maktablaridagi o‘quv darsliklarining holati o‘rganilgani, bu borada takliflar kiritilgani va ayni kiritilgan takliflar yuzasidan qanday amaliy ishlar olib borilayotgani xususida ma’lumot berilishi so‘ralgan, xolos.

Eng achinarlisi, 7-sonli raqam bilan qayd etilgan 22 aprelda qayta taqdim etilgan so‘rovda  “25 mart 6-sonli deputatlik so‘rovi tuman Xalq ta’limi bo‘limiga yuborildi va deputat so‘roviga javob qaytarilmadi”, deb alohida ta’kidlangan. Shu bilan birga so‘rov olgan mas’ul shaxs tomonidan “bir nusxani oldim”, deya imzolangan ham.

To‘g‘ri, har bir mutasaddi tashkilotning o‘ziga yarasha  vazifalari ko‘p. Ammo deputat ham xalq fikridan kelib chiqqan holda tashkilotga murojaat qilib, o‘z faoliyatiga ijobiy yondashishga harakat qiladi. U shunchaki xalq tomonidan saylangan emas, aksincha, xalq bilan yashab, uning dardini astoydil his etib, uning murojaatlarini qonun doirasidan chiqmagan holda hal etib berish maqsadida saylangan. Shunday ekan, deputat so‘roviga bepisand­lik xalq muammosiga bepisandlik qilgan bilan barobar emasmi?


Mohigul Abdullaeva,

O‘zbekiston “Adolat” SDP Buxoro viloyat

kengashi matbuot kotibi.

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

sixteen + fifteen =