Bir dona bug‘doy qadri

«Siyob» bozori yaqinidagi oshxonalardan birida tushlik qilyapmiz. Yonimizdagi so‘rida o‘tirgan cholu kampir tushlik qilib bo‘ldilar chog‘i, duoga qo‘l ochishdi. Bobo zamonamizga tinchlik, elga omonlik, rizqu nasibamiz butun bo‘lishini so‘rab, «mustaqilligimizga ko‘z tegmasin, Yurtboshimiz cog‘-omon bo‘lsinlar, yoshlarimiz unibo‘ssinlar, rizqnasibamiz butun bo‘lsin» deya yuziga fotiha tortdi.

O‘rinlaridan turish mahalida momo yoziq dasturxondagi non bo‘laklarini yig‘ishtirib olib, tugunchaga soldi. Bobo ham qandaydir savob ishga qo‘l urgandek qarashib yubordi.

Oshxonada mijozlar ko‘p edi. Uzoq bir qishloqdan kelgan ikki qariya­ning choy ichib bo‘lishgach, zamoniga shukronalar keltirib duolar qilishganini, dehqon mehnatini qadr­lab ko‘zlariga to‘tiyo aylaganlarini birov sezdi, birov sezmadi. Bizga yomon ta’sir qilgani esa so‘ri yon tomonidagi stolda o‘tirgan yosh yigit-qizlarning oshkora xiringlab kulishgani bo‘ldi. Ularning non bo‘laklarini yig‘ishtirib olgan keksalar ustidan «qurumsoq» degan mazmunda kulishayotganlari shundoq sezilib turardi. Aslida esa bu holat ularning, ya’ni shaharda o‘sib-ulg‘ayayotgan yosh yigit-qizlarning nonga munosabat masalasida to‘qlikka sho‘xliklaridan darak edi. Oilada, bog‘cha, maktab, o‘quv yurtlarida, jamoalar, mahallalarda rizq-nasiba saboqlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarimizda oqsashlar mavjudligi ham shu voqea munosabati bilan ko‘rinib turardi.

Bir qarashda oddiygina tuyulgan bu voqea zamirida nimalar yotibdi, buni aqli butun har bir kishi faxmlay oladi. O‘ylanib qolasan ba’zan nahotki, odamzot to‘qlikning qadrigayetishi uchun ocharchilikni ko‘rishi kerak? Nahotki, asosiy iste’mol mahsulotimiz nonning osmondan tushmayotganligini anglabyetish shunchalar qiyin bo‘lsa?!

Samarqand tumanidagi “Guliston Agrotexservis” mas’uliyati cheklangan agrofirmasi direktori Umidjon Saidov qo‘lidagi yarimta oppoq, lekin tuproqqa belangan nonni puflab-puflab ko‘ziga surtib gapiryapti. Ovozi qaltiraydi, so‘zlaridan ich-ichidan afsuslanayotgani sezilib turibdi.

— Yosh bo‘lsamda 135 nafar fermer xo‘jaligiga bosh-qosh bo‘lib, ularga agrotexnik xizmat ko‘rsatib kelayapmiz. 66 nafar fermerimiz faqat g‘allachilik bilan shug‘ullanishmoqda. Joriy yil ularning hammasi rejalarini ortig‘i bilan ado etishdi. “Duldul uzumzorlari”, “Chorvador Hakimov Abduxalim”, “Shohrux platinum”, “Rahmatov Baxtiyor uzumzorlari” fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 60 tsentnerdan oshiqni tashkil etdi. O‘zim yosh bo‘lganim uchun aslo tinim bilmayman. G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekamiz. — G‘alla, paxta, meva-chevayetishtiraylik, davlatga sotaylik, shaharlarga tortiq qilaylik deb, jamoamiz chekayotgan zaxmatni eslasam, mehnatimizning ne’matini qaysidir nodonlar mana bunday beqadr qilsa, odamga alam qilarkan, — deydi Pastdarg‘om tumanidagi “Umsun momo” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, “El yurt hurmati” ordeni sohibi, O‘zbekis­tonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor Eliboy Taniev qo‘lidagi nonniyengi bilan arta-arta.

— Dehqonchilik vaqt bilan, qog‘ozlardagi ko‘rsatmalar bilan hisoblashmaydi. Qishning chillasida ham, yozning saratonida ham ketmonyelkalaganlar dalada bo‘lishadi. Mo‘ljalini quyoshning chiqishi-yu botishi bilan olib ishlagani-ishlagan. Bun­day zaxmatlarni shaharliklarning ayrimlari bilishmaydi. Ayniqsa, ba’zi yoshlar qaydan ham bilishsin.

— Aslida yoshlarga bunday pandu nasihatlarni ko‘proq singdirib borishimiz kerak deb o‘ylayman. Negaki, hech bo‘lmaganda ular noz-ne’matlar, go‘sht, sut qaymoq-qatiq qanday kelayotganini faxmlasinlar. Dasturxondagi bo‘rsildoq nonlar avval bug‘doy, so‘ngra un bo‘lishini, undan qanday qilib non tayyorlanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rsinlar. O‘shanda, zora nondan ehtiyojiga yarasha foydalanishar, ortganini uloqtirib yuborishmas, — deydi Samarqand tumanidagi «A’zam A’zamat agro» fermer xo‘jaligi rahbari Ahmadjon Sultonov. — O‘n uch gektar maydonda g‘allayetishtirdik. Rejalarni uddalab, a’zolarimizga ham taqsimladik. Omborimiz donga to‘ldi. Har bir xonadondan non hidi kelib turibdi. Axir bu Allohning inoyati emasmi? Xalqimiz azal-azaldan «Uying bug‘doyga to‘lsin» deya duo qilgan. Sababi, non — ulug‘ ne’mat. Hamma zamonlarda ham ungayetishish oson kechmagan. Nonning borligi, bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, hayot davomiyligidan dalolatdir.

Darhaqiqat, Eliboy aka ham Umidjon va Ahmadjon akalar ham haq gapni aytishdi. Non chindan ham inson iste’mol qiladigan taomlar shohi. U faqat va faqat e’zozga loyiq. Uni xor qilgan odamning o‘zi xor bo‘ladi. U qadrlangan jamiyat esa gullab-yashnaydi. Inson hayotga kelibdiki, yaxshi, baxtli yashashga intiladi. Turmushi to‘kin-sochin bo‘lishini istaydi. Biroq bu degani noz- ne’matlarni istagancha isrof qilishing, xohlagancha to‘kib-sochishing mumkin degani emas-da. Biz, avvalo, tejog‘li bo‘lishni, ayniqsa, non­ni e’zozlashni bilishimiz zarur, yo‘qsa, yolchimaymiz, birimiz ikki bo‘lmaydi.

Rivoyat qilishlaricha, qadimda ulug‘ podshohlardan biri qo‘shini bilan biyday cho‘ldan o‘tayotib ot ustida tamaddi qilib olishlariga to‘g‘ri kelibdi. Bir mahal sarkarda qo‘lini osmonga ko‘tarib «to‘xtang» ishorasini kilibdi. Qo‘shin to‘xtab, amrni kutibdi. Shunda podshoh «yo‘lda qo‘limdan bir urvoq tushib ketdi, uni topinglar», debdi. Butun boshli qo‘shin qum bag‘riga singib ketgan ushoqni topisholmabdi. Shunda podshoh urvoq tushgan joyni mo‘ljallab, atrofini baland devor bilan o‘ratibdi. O‘sha yili saltanatiga qarashli g‘allazorlarda chunonan hosil bo‘libdiki, buni ko‘p yaxshi-yomon zamonlarni ko‘rgan keksalar “Olampanohimizning qutlug‘ niyatlari, poyi qadamlari sharofati bu!” — deya e’tirof etishibdi. To‘g‘rida, nimani, qaerda qadrlashsa, o‘sha joyga barokat enadi. Bu yil suv mo‘l, ob-havo qulay kelganligi dehqonlarimizning g‘alladan ko‘zlagan hosilni olishga imkon yaratdi.

Shukrki, endilikda O‘zbe­kiston xorijga g‘alla eksport qilayotgan mamlakatlar qatorida turibdi. Hamma gap ana shu mavqeni saqlab qolishda. Shu paytgacha asosiy e’tibor miqdorga qaratilib kelindi, bu sir emas. Endi esa sifatga diqqat qilinmoqda. O‘zbekiston bug‘doyzorlari bir-biridan farq qiladi. Bugina emas, tumanlararo ham turlicha tuproq, suv, iqlim sharoitlari kuzatiladi. Shularni hisobga olgan olimlarimiz dehqonlar bilan hamkorlikda selektsiya ishlarini davom ettirishmoqda. Har bir hududga mos, oppoq va tarkibida qayishqoq modda (kleykovina) maromida bo‘lgan un beruvchi bug‘doy navlari yaratilishiga hech ham shubha qilmaymiz. Gap o‘shanda ham nonning qadrigayetishimiz, albatta shartligiga borib taqalaveradi. Negaki, non aytib o‘tganimizdek, ulug‘dir, duo ketgan ilohiy ne’mat.

Buni yoshlarimiz ko‘proq bilishlari kerak. O‘shanda ular duogo‘y nuroniylar ustidan kulishmaydi, non e’zoz topadi, hayotimiz to‘kin, turmushimiz yanada farovon bo‘laveradi.

 Orif XOLIQULOV.

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 − 8 =