Xivada «Raqs sehri» xalqaro festivali

Joriy yilning 14-16 sentyabr kunlari Xiva shahri “Ichan qal'a” davlat muzey-qo'riqxonasi hududida “Raqs sehri” xalqaro festivali o'tkaziladi.

Festival o'ziga xos milliy raqs san'atini dunyoga keng targ'ib qilish va art-turizmni yanada rivojlantirish maqsadida har yili an'anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda.

Bu yilgi tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlatdan, shuning­dek, O'zbekistonning barcha hududlaridan kelgan badiiy raqs jamoalari, san'atkorlar, ilm-fan vakillari va tadqiqotchilar qatnashadi.

Festival doirasida, raqslar va raqs ustalari tomonidan turli mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, folklor guruhlari va ansambllar chiqishlari, animatsion shoular, sahnalashtirilgan tomoshalar, qo'g'irchoq teatrlari tomoshalari, hunarmandlar ko'rgazmalari, milliy taomlar va milliy liboslar ko'rgazmalari, milliy xalq o'yinlari bo'yicha musobaqalar, tasviriy va amaliy san'at ko'rgazmasi hamda «O'zbekiston raqs san'ati tarixi» fotoko'rgazmasi tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Alisher Rahmonov.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

2 + 14 =