Temir yo'l loyihasi muhokama qilindi

14 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish bo'yicha davlat qo'mitasi chet el kapitali va xorijiy investitsiya­lar departamenti bosh direktori o'rinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida «O'zbekiston — Qirg'iziston — Xitoy» temir yo'l loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo'lib o'tdi. Xitoy tomoni mazkur temir yo'l liniyasi o'tishi mumkin bo'lgan hududlar bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. Ushbu temir yo'l liniyasi nafaqat bir davlat uchun balki butun mintaqa rivoji va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligi e'tirof etildi.

Shuningdek, mamlakatlar o'rtasida multimodal tashuvlar hajmini ko'paytirish, hamkorlikda avtomobil tashuvlarini faol rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi axborot xizmati.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

three × two =