Turkiy tilim

Kengesboy Karimov,

Qoraqalpog'iston xalq shoiri

Nyu-Yorkda so'zingni bilmaslar balki,

Londonda nazarga ilmaslar balki,

BMTda majlis qilmaslar balki,

O'zimning jonajon turkiy tilimsan.

Qultegin bobodan uqdim otingni,

Mahmud Qoshg'ariydan ko'rdim xatingni,

“Qutadg'u bilik”dan hoqon otingni

Yuksaltirgan mening turkiy tilimsan.

Naqadar qadimiy buyuk shajarang,

Serbutoq shoxingda qancha meva, rang,

Yulduzlar kabi mo'l shevang, iborang,

Sen osmon, sen dunyo, turkiy tilimsan.

Bir ota-onaning eti-tirnog'i,

O'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman tuprog'i,

Ozar, qo'miq, chechen, qoraqalpog'i

Ona deb so'zlagan turkiy tilimsan.

Suyib bolam deysan, mehribonimsan,

Mening tomirimsan, mening jonimsan,

Ona suti bilan kirgan qonimsan,

Onam, ona tilim, turkiy tilimsan.

Qoraqalpoq tilidan

Rustam Musurmon tarjimasi.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × 2 =