Yangiliklar. Xabarlar. Voqealar.

Bank tizimi isloh etiladi

Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda Moliya vazirligi hamda Markaziy bank rahbariyatiga Jahon banki tajribasidan kelib chiqib, bank sektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni yakunlash vazifasi qo'yildi.

Yangi bino va yangi qo'shma korxona

Samarqand. Paxtachi tumanida “Madina savdo belgisi” xususiy qurilish korxonasi tomonidan 3 milliard 300 million so'm mablag' evaziga bunyod etilgan ikki qavatli Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Orif Xoliqulov.

Kasb bayrami nishonlandi

Farg'ona. Qo'qon shahridagi “O'zbegim” tantanalar saroyida 25 oktyabr — Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov o'z vazifasini sidqidildan ado etayotgan bir qator Qo'qon shahar IIB xodimlariga “Faxriy yorliq”lar va esdalik sovg'alarini topshirdi.

Marufa Soliyeva.

Reja bajarildi

Qoraqalpog'iston. 2019 yil rejasiga ko'ra, qoraqalpog'istonlik paxtakorlar davlatga 184 200 tonna paxta xomashyosini topshirishi lozim edi. 26 oktyabr holatiga ko'ra, hududdagi jami 2523 fermer xo'jaligi rejani 100,54 foizga bajardi. 185 195 tonnalik xirmon ko'tarib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Farg'ona va Andijon viloyatlaridan keyin uchinchi bo'ldi.

Go'zal Yakudayeva.

Harbiylar mashg'uloti

Surxondaryo. Hududda joylashgan DXX Chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qismda ko'rgazmali-uslubiy mashg'ulot o'tkazildi. Unda harbiy qism komandirlari, bo'linma komandirlari va ularning o'rinbosarlari jalb qilinib, nostandart vaziyatlarda tezkor va to'g'ri qaror qabul qilish ko'nikmalarini oshirishga e'tibor qaratildi.

Azimbek Samadov.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

three × three =