Olimpiada g'oliblari aniqlandi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Xorazm viloyatida umumta'lim maktablari va akademik litsey o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Ahmad al-Farg'oniy nomidagi fizika fani olimpiadasi g'oliblari aniqlandi.

Fan olimpiadasida faxrli 1- va 2-o'rinlarni akademik litsey o'quvchilari egalladi.

Termiz davlat universiteti akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi Tursunov Azizbek faxrli 1-o'ringa munosib topildi.

Toshkent shahridagi Sa'di Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi Sardor Boboshev 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Olimpiadaning g'olib o'quvchilari va ularning o'qituvchilari esdalik sovg'alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

– 1-o'rinni olgan o'quvchiga — 22 300 000 so'm, o'qituvchiga — 18 955 000 so'm;

– 2-o'rin uchun o'quvchiga — 18 955 000 so'm, o'qituvchiga — 14 495 000 so'm;

– 3-o'rin uchun esa o'quvchiga — 15 610 000 so'm, o'qituvchiga — 11 150 000 so'm mukofot puli berildi.

O'z muxbirimiz.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

11 − seven =