Yaxshilik izla…

Qumning bir zarrasiman, ammo bepoyon cho'lning dardini ortmoqlab yuribman.

* * *

Tuproqdan keldik, tuproqqa ketarmiz. Muhimi dunyoda kirlanmaslikdir, ko'ngilni pok tutmoq, dilga kir yuqtirmaslikdir…

* * *

Unutma! Iymonda ketmoq, jannatga erishmoq uchun bir umr lozim, bularning baridan ayrilmoq, kufrda ketmoq uchun bir lahza kifoya.

* * *

Yaxshilik izla, to'g'rilik izla, go'zallik izla, ammo ayb izlama.

* * *

Savdosi, sarmoyasi, mol-dunyosi ko'p odamning imtihoni ham og'ir bo'lur.

* * *

Go'zalligingga quvonma, uni bir so'gal buza olar, mol-mulkingga quvonma, uni bir ofat olib ketar. Robbingga quvon, u hammasiga kifoya etar…

* * *

Insonlarni kitob kabi anglang. Muqovasiga qarab aldanmang, ichini o'qib chiqqachgina mohiyatini bilarsiz…

Jaloliddin Rumiy

hikmatlaridan.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

6 + fourteen =