Kubok Andijonga nasib etdi

16-17 noyabr kunlari Samar­qand shahrida AT Xalq banki tomonidan mini-futbol (futzal) bo'yicha «Boshqaruv Raisi Kubogi-2019» an'anaviy musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqada 4 ta guruhga bo'lingan holda 14 ta hududda o'tkazilgan saralash o'yinlarida g'olib bo'lgan bankning 14 ta filial jamoalari hamda Markaziy apparat xodimlaridan iborat 2 ta jamoa g'oliblik uchun kurashdi.

Musobaqada Andijon viloyati filiali Amaliyot bo'limi jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi. Ular finalda Buxoro viloyati Jondor tumani filiali jamoasini 3:1 hisobida yengishdi. Shu tariqa 1-o'rin Andijon viloyati jamoasiga, 2-o'rin Buxoro viloyati jamoasiga tegishli bo'lsa, 3-o'rin esa Toshloq filiali (Far­g'ona) va Shayxontohur filiali (Toshkent sh.) jamoalariga nasib etdi.

G'olib va turli nominatsiya bo'yicha sovrindorlarga diplom, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bank axborot xizmati.

16 noyabr

(Guruh bosqichi)

A guruhi

Surxondaryo — Jizzax                     0:5
Qoraqalpog'iston — Toshkent vil. 10:0

Surxondaryo — Qoraqalpog'iston    0:1
Jizzax — Toshkent vil.                  7:1

Surxondaryo — Toshkent vil.           5:1
Qoraqalpog'iston — Jizzax            2:5

V guruhi

Samarqand — Markaziy apparat   3:2
Namangan — Sirdaryo                       5:1

Samarqand — Sirdaryo                    4:1
Markaziy apparat — Namangan     4:1

Samarqand — Namangan                  3:1
Markaziy apparat — Sirdaryo       4:3

S guruhi

Andijon — Xorazm                        1:3
Buxoro — Navoiy                            0:0

Andijon — Navoiy                         2:1
Buxoro — Xorazm                            2:0

Andijon — Buxoro                                        2:2
Xorazm — Navoiy                                          0:3

D guruhi

Farg'ona — Qashqadaryo                                  5:0
Toshkent sh. — Markaziy apparat (yoshlar)   0:0

Farg'ona — Markaziy apparat (yoshlar)        3:0
Qashqadaryo — Toshkent sh.                             1:5

Farg'ona — Toshkent sh.                                   2:0
Markaziy apparat (yoshlar) — Qashqadaryo    2:0

17 noyabr

(Chorak final)

Jizzax — Andijon                                         1:2
Samarqand — Toshkent sh.                              1:2
Buxoro — Qoraqalpog'iston                            3:1
Farg'ona — Namangan                                      2:1

(Yarim final)

Andijon — Toshkent sh.           4:2
Buxoro — Farg'ona                   0:0 (pen. ser. 3:2)

Final

Andijon — Buxoro                                           3:1

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

nineteen − two =