“Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo'yildi

Bundan bir yarim yil muqaddam ham ochiq auksionga “Matbuotchilar uyi” binosi sotuvga qo'yilgan edi. Bu borada O'zA saytida “Qarzga botirgan boshqalar, “uysiz” qolayotgan jurnalistlar” tanqidiy materiali ham e'lon qilingandi. Maqolaga Toshkent shahar hokimiyati befarq bo'lmay mazkur ish hujjatlari qayta ko'rib chiqilganini ma'lum qilib, muammoni ijobiy hal etgandi.

Ya'ni, jamoatchilikning faol qarshiligi va mutasaddilarning mavjud muammoli masalaga yechim topishi oqibatida bino kredit garov ta'minoti sifatida bekor qilingan va “Matbuotchilar uyi” jurnalistlarda, ya'ni avvalgidek, Toshkent shahar hokimiyati tasarrufida (balansida) qolgandi.

Eslatib o'tamiz, “Matbuotchilar uyi” atrofida muammolarning ijobiy hal etilishi davrida Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida Jahongir Ortiqxo'jayev boshqarayotgandi.

Bugunga kelib esa E-ijro auksion ochiq auksionda bu bino haqida yana ma'lumot paydo bo'ldi.

Matbuotchilar ko'chasi, 32-uyni 18.722 kv.m. dan iborat maydoni 9.890 kv.m. bo'lgan litr 0001-7 qavatdan iborat yerto'lali chordoq qavatli ma'muriy binoning 3,4,5,6,7- qavatlari va chordoq qismi Iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo'yildi.

18 750 000 000.00 so'm bilan savdoga qo'yilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya'ni gazeta va jurnallar tahririyati joylashgan.

Manba: O'zA.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 × 4 =