Yangi markazlar ham mijoz, ham muassasa uchun qulaylikdir

Bugungi kunda hech bir faoliyat turini bank xizmatlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yildan-yilga ushbu xizmat turi kengayib, takomillashib bormoqda.  Birgina “Turonbank” ATB tomonidan ko'rsatilayotgan sifatli, tezkor, asosiysi, halol mehnat natijasida ushbu moliya muassasasiga ishonch bildirgan mijozlar soni ortayotir. Ayni paytda 23 mingdan ortiq kompaniya o'z bizneslarini eng omadli loyihalar qatoriga qo'shish imkoniga ega bo'lishdi. Bunda respublikamizning barcha hududlarida erta-yu kech mehnat qilayotgan muassasaning bir qator bo'linmalari va yangidan tashkil etilayotgan bank xizmatlari markazlari xodimlarining munosib hissasi bor, albatta.

Zamonaviy bankomat va infokiosklar 24/7 rejimida ishlashi yo'lga qo'yilgan. Bu esa milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablag'larni naqdlashtirish, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniesi, internet xizmati uchun to'lovlarni haftaning istalgan kuni, sutkaning har qanday vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Markazlarda joylashtirilgan universal kassalar mijozlarning navbat kutib, sarson bo'lishlariga chek qo'yadi. Ularning qulayligi shundaki, birgina xodimning o'zi har qanday savolga javob berib, sifatli xizmat ko'rsata oladi.

Aholiga moliyaviy xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtimizning Mir­obod va Mirzo Ulug'bek tumanlarida “Turonbank” ATBning nav­batdagi ikkita zamonaviy bank xizmatlari markazlari ish boshladi. Ularning ochilish marosimi tantanali tarzda o'tkazilib, tadbirda moliya muassasasi rahbariyati, bank xodimlari va mijozlar ishtirok etdi. An'anaga muvofiq, alvon tasma kesildi.

Yangidan tashkil etilgan mazkur markazlarda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko'lamli moliyaviy va konsalting xizmatlari ko'rsatadi. Bu yerda hisob raqam va plastik kartalar ochish, kredit olish uchun ariza berish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to'lovlar hamda xalqaro pul o'tkazmalarini bajarish mumkin.

Zamonaviy bankomat va infokiosklar 24/7 rejimida ishlashi yo'lga qo'yilgan. Bu esa milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablag'larni naqdlashtirish, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniesi, internet xizmati uchun to'lovlarni haftaning istalgan kuni, sutkaning har qanday vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Markazlarda joylashtirilgan universal kassalar mijozlarning navbat kutib, sarson bo'lishlariga chek qo'yadi. Ularning qulayligi shundaki, birgina xodimning o'zi har qanday savolga javob berib, sifatli xizmat ko'rsata oladi.

— Mahallamizda avvallari bunday markazlar bo'lmagan. Kredit olish, omonatlarni joylashtirish u yoqda tursin oddiygina plastik kartochkamizdagi mablag'larni naq­t­lashtirish uchun ham bir necha kilometr yo'l bosishga to'g'ri kelardi, — deydi fuqaro Gulxumor Omonullayeva. — “Turonbank” tashabbusi bilan hududimizda xizmat ko'rsatish markazining ochilishi, uzog'imizni yaqin, mushkulimizni oson qildi. Bino zamonaviy, ko'rkam tarzda qurilganini ko'rib, ochilish marosimida ishtirok etishga qaror qildik. Mana, ko'ryapmizki, barchasi ko'ngildagidek. Mutaxassislar mijozlar bilan yaxshi munosabatda, savollarimizga tezda javob qaytarib, xizmatlar bilan tanishtirishmoqda. Buning uchun tashkilotchilardan har qancha minnatdor bo'lsak arziydi.

Yana bir ahamiyatli jihati, markazlarning zamonaviy dizayn asosida milliy me'morchilik andozalari bilan uyg'unlashgan holda qurilganidir. Bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun shinam joy tayyorlangan, o'rnatilgan monitorda “Turonbank” ATBda joriy etilayotgan yangi xizmatlar haqida batafsil ma'lumot berib boriladi.

— Markazimizning aholi gavjum hududda joylashgani biz uchun ham, mahalliy fuqarolar uchun ham qulaylik tug'diradi, — deydi “Turonbank” ATB strategik rivojlantirish va marketing departamenti rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ravshan Fayziyev. — Ya'ni bank uchun mijozlar bilan yaqin, yuzma-yuz bo'lish muhim, bu kengroq xizmat ko'rsatish imkonini beradi. Qolaversa, bugungi tezkor davr­ning talabi ham shu — tez, qisqa va sifatli. Aholiga ham ayni shunday xizmat zarur. Qisqasi, bundan ikki tomon ham manfaatdor. Yangi markazlarimiz kuniga 200 nafardan ortiq yuridik va jismoniy shaxsga xizmat ko'rsatadi. Qolaversa, bankomat va avtomatlashtirilgan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi kioskalar ham doimiy ravishda el xizmatida.

Bir so'z bilan aytganda, davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 mart­da e'lon qilingan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori mijozlarga xizmat ko'rsatishni zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirishga huquqiy ko'mak bo'layotir. Natijada, iste'molchilar manfaatlari to'la qanoatlantirilib, yangi bank xizmatlari va mahsulotlari o'z vaqtida tadbirkorlar hamda aholining barcha qatlamiga birdek yetkazilmoqda.

X.Ahmadjonova.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

two + eight =