Matbaachilar va noshirlarni tayyorlaydigan muhim maskan

Kuni kecha, aniqrog'i 5 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi Noshirlik ya'ni matbaa sohasida mutaxassislarni tayyorlash kollejining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

— Bugun Agentligimiz tasarrufidagi Noshirlik kolleji binosi o'quvchilar uchun foydalanishga topshirilmoqda. Kollej kelgusida yetuk matbaachilar va noshirlarni tayyorlaydigan muhim maskanga aylanadi, deb ishonaman, — dedi tadbirda so'z olgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Bosh direktori Komil Allamjonov.

Muassasa 540 o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, binolar to'liq kapital ta'mirdan chiqarildi. Xal­qaro ta'lim standartlariga mos shart-sharoitlar yaratildi. Axborot-resurs markazi, darsxonalar va o'quv laboratoriyalari hamda sport  zali zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

— Ushbu dargoh kelajakda yoshlarning dunyo standartlari darajasida ilm olishi va yetuk mutaxassis bo'lib yetishishi uchun eng ilg'or texnologiyalar bilan ta'minlandi hamda ular o'ta zamonaviy o'quv uslubi asosida bilim olish imkoniga ega bo'lishadi, — dedi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va omma­viy kommunikatsiyalar agent­ligi direktori o'rinbosari ­Saida Mirziyoyeva.

Endilikda “O'zbekiston”, “O'qituvchi”, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi mazkur o'quv muassasaning hamkorlari etib belgilandi. Eng muhimi, ushbu kollejda ta'lim va hunar o'rganuvchi yoshlar nazariy bilimlarini yuqoridagi korxonalarda amaliyotda sinab ko'rishadi.

O'z muxbirimiz.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 × two =