Urf-odati bir-biriga yaqin bo'lgan xalqlarmiz

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) mamlakatimizdagi vakolatxonasi o'rtasidagi kelishuvga muvofiq ushbu agentlik volontyorlari Sutami Kuriya va Yui Kobayashi xonim 2014-2016 va 2016-2018 yillar mobaynida Nukus shahridagi 31-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktabida fao­liyat olib bordi.

— Prezidentimiz Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qilib, turli sohalarda, shu jumladan, ta'lim sohasidagi loyihalarni o'z ichiga olgan yangi dastur bo'yicha o'zaro kelishuvga erishgani bizni yanada quvontirdi, — deydi Nukus shahridagi 31-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Venera Qalenova. — O'quvchilarimizning Yaponiya madaniyatiga, tarixiga va tiliga qiziqishi katta.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

14 + twelve =