Hayotning shiori

8 yanvar — prokuratura organlari xodimlari kuni

Bag'ishlov

Qutlamoq paytidir sizni ushbu kun,

Hayotning shiori insof, adolat.

Siz borsiz, fuqaro ozod va erkin,

Siz borsiz, hamisha barqaror Davlat.

Haqning adolati doim mukammal,

Nozu ne'matiga yo'qdir nihoya.

Vatan qomusiga, siz, qilib amal,

Yashaysiz qonunni aylab himoya.

Sozini soz chalsa sozanda dilgir,

Olamni tutgaydir munavvar ovoz.

Bu chigal yo'llarda adashsa kimdir,

Odil qaror bilan chiqqaysiz peshvoz.

Yulduzlar sayrida ajib intizom,

Hatto koinotda bor qaror, ijro.

Demak, amal bilan ushaladi kom,

Qonun ham misoli bir bayroq, tug'ro.

Adolat chirog'i o'chmasin, illo,

Mudom uyg'oq bo'lsin sizdagi vijdon.

Qutlug' hayotidan xalq bo'lsa rizo,

Doimo yuksalgay, yurt – O'zbekiston.

Qutlamoq paytidir sizni ushbu kun,

Hayotning shiori insof, adolat.

Siz borsiz, fuqaro ozod va erkin,

Siz borsiz, hamisha barqaror Davlat.

G'ayrat Majid

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

two × four =