O'zbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi

18 fevral kuni O'zbekis­ton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatlararo qo'shma komissiyaning navbatdagi yig'ilishini o'tkazish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi an'anaviy do'stlik va ko'p qirrali sheriklik munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Peter Siyyarto samimiy qabul uchun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

(O'zA)

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 × four =