Es(i)kirmas xabarlar

Talabalar hayotida ijara uyi bilan bog'liq muammolar rosa ko'paygani sababli har bir Oliy ta'lim muassasasiga ijaraga yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylardan berish vazifasi yuklatildi. Endi talabalar turar-joyiga sig'magan bilimli va iqtidorli, qolaversa, oilaviy sharoiti og'ir o'g'il-qizlar o'quv yili oxirigacha to'lig'icha turar-joy bilan ta'minlanadigan bo'ldi.

* * *

Quyidagi xabar esa “Toshshaharyo'lovchitrans”dan yangilik!

Talabalarning avtobusga sig'may qolishi muammosiga ham yechim topildi. Endi barcha yo'nalishdagi avtobuslar qo'shimcha yana 10-15 kishiga mo'ljallangan arava bilan harakatlanadi. Bu xayrli ishdan ko'zlangan maqsad yo'lovchilarga qulaylik yaratishdan iborat.

* * *

O'zbek tilining obro'sini yanada oshirish va dunyo hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlash maqsadida yangi loyiha ishlab chiqildi. Endi ona tilimizda gapirmaydigan amaldorlar “vopshim” davlat ishida ishlamas emish.

Aldar Ko'sa.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

three × 1 =