Qo'rqoqlar kechirilmaydi

Bundan 3-4 yil oldin bironbir fuqaro adolatsizlikdan jabr ko'rib tegishli tashkilotga shikoyat qilsa, nodon odamlar uni so'rabsurishtirmayig'vogarga chiqarib, hatto bo'ynigayozg'uvchidegan yorliq ham osib qo'yishardilar

Aslini olganda bu, ho', o'sha, Sobiq ittifoq tuzumi davridan qolganpolitika”, biroq hamon davom etib kelayotgan eng yaramas tamoyil (tendensiya)lardan biri. Chunki, sho'ro rahbarlari azaldan odamlarning tazyiq va zulmga chidashini, qo'yday yuvosh bo'lib yurishini istar edilarda!

Qolaversa, avom xalq o'zlarini o'zlari shu tarzdabo'g'ib”, unini chiqarmay tursa, ular uchun ayni muddao edi. Borabora bu hol shunga olib keldiki, jabr ko'rgan odamlar shikoyat qilib, “ig'vogarga aylanib qolishdan hadiksirab, “och qornim, tinch qulog'im”, deb qo'l siltab yashashga majbur bo'lishdi!..

Qarangki, odamlardagi ichga yutish, arz qilmaslik “kasali” surunkali tus olgan ekanmi, hech to'xtay demasdi. Endilikda odamlarni (chidolmagani) shikoyat qilish tartibi o'zgardi, darrov ijtimoiy tarmoqda chiqish qilishadi. Go'yo shu bilan arzi ijobiy hal bo'ladigandek. Aslida idora, tashkilot, organlar bilan xalqni yanada yaqinlashtirish kerak. Ana shunda o'zaro tushunmovchiliklar barham topadi. Axir elimiz bir, yurtimiz bir, bitta jamiyatning a'zolarimiz. Taraqqiyot tarqoqlikda mavjud emas, u jipslikda oldinga harakat qiladi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida ayrim lavozimlarda o'tirgan odamlar ishlab turgan mavjud zavod-fabrikalarni arzon garovga sotish (albatta, “usti”ni olib), aniqrog'i, talon-toroj qilish yoki “muzlatib” qo'yish bilan shug'ullanishdi. Tabiiyki, bu yurtimizda ishsizlar sonini keskin oshirdi, ro'zg'or, turmush sharoitini og'irlashishiga olib keldi. Bugungi shevada aytganda, kambag'allar armiyasi paydo bo'ldi. Har qanday illat, har qanday jinoyatning o'chog'i ham — aslida ishsizlik!

Yana bir jihati, davlat xazinasiga qo'li yetadigan ochko'z, nafsi o'pqon amaldorlar va “oliy tabaqa” gumashtalari tomonidan, o'ta maxfiy tarzda o'marildi. Davlat mablag'ining yana bir katta qismi mantiqsiz tadbirlar, turli shiorlar, jamg'armalar tomonidan sovurildi.

Natijada bugunga kelib yalpi tus olgan yuqoridagi jinoiy harakatlar mamlakatda korrupsiya degan xavfli illatning “gullab-yashnashi” uchun sharoit yaratdi. Tabiiyki, korrupsiya hukumron jamiyatda adolat toptaladi. Xalq qashshoqlashadi.

Ayniqsa, ishlayman, yarataman, bozorni to'kin-sochin qilaman degan, astoydil mehnat qilayotgan tadbirkorlarga bir talay imkoniyatlar ko'zda tutilgan bo'lsa-da, ayrim hollarda ularning halol ishlashlariga imkon berishmayotgani achinarli.

Donishmandlar: “Katta aravalar qayoqqa qarab yursa, kichiklari ham o'sha yoqqa intiladi”, deb bejiz aytishmagan, korrupsiya oddiy odamlar orasida ham paydo bo'la boshladi, ya'ni bir-birini chuv tushirish holatlari kuzatilmoqda. Agar avj olsa bormi, boylarni, amaldorlarni, keyin esa davlatni aldashga o'tishadi. Unda butun bir xalqni to'xtatib ham, qamab ham bo'lmay qoladi.

Korrupsiya hamma tarmoqlarni katta kuch bilan qamrab oldiki, endi undan oliy o'quv yurtlari, kollej va litseylar, maktab, bolalar bog'chalari ham qutulishi ochon kechmayapti. Ayniqsa, ishlayman, yarataman, bozorni to'kin-sochin qilaman degan, astoydil mehnat qilayotgan tadbirkorlarga bir talay imkoniyatlar ko'zda tutilgan bo'lsa-da, ayrim hollarda ularning halol ishlashlariga imkon berishmayotgani achinarli.

O'z yurtida halol ishlab biri ikki bo'lmaslikka ko'zi yetib qolganlar, allaqachon boshqa yurtlarga chiqib ketishgan. Ba'zan buni o'zboshimchalik deb atayapmiz, ammo sababini aytishga yuragimiz chidamayapti. Aslida ular to'g'ri qilganmi, degan savol tug'iladi, hartugul ishlab topgan mablag'i evaziga turmush sharoitlarini yaxshilab olishayapti. To'g'ri, ko'pchiligi yangi uy-joy, mashina sotib oldi. O'g'il uylab, qiz chiqardi. Lekin buning eng achinarli tomoni shundaki, kelajagimiz egalari bo'lgan yosh avlod, ya'ni farzand tar­biyasi aro yo'lda qolib ketyapti. Biz vatanimizning ertasini o'ylamay qo'ydikmi?

Har qanday nohaqlikning cheki-chegarasi bo'ladi, albatta. O'zimiz guvoh bo'lib turibmiz, mana, xalqning arz-dodini eshitish uchun katta yo'llar ochilgach, Prezident xalq qabulxonalariga o'tgan yillar davomida bir necha million ariza va shikoyatlarning kelib tushgani ham juda ko'p muammolar taxlanib ketganini anglatib qo'ymoqda!

Xudoga shukrlar bo'lsinkim, mana, uch yildan oshiq vaqtdan buyon jamiyatimizni tozalash, poklash, korrupsiyani tag-tomiri bilan quritishga qaratilgan sa'y-harakatlar jadallik va sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Yuqorida aytib o'tganimizdek, turli nopok yo'llar bilan talon-toroj qilingan xalq mulki esa o'z joyiga qaytarilmoqda. Bu tadbirlar va harakatlar, o'z navbatida, odamlarni kelajakka umid va ishonch bilan qarashga, hayotdan rozi bo'lib yashashga undamoqda.

Prezidentimizning tashabbusi bilan Respublika jamoatchilik palatasining tashkil etilayotgani, umid qilamizki, albatta o'z samarasini ko'rsatadi. Bu palataga xalq uchun jon kuydiradigan, halol, tajribali, bir so'z bilan aytganda, fidoyi insonlarni o'ziga birlashtiradi degan umiddamiz.

Aziz birodar! — degim keladi zamondoshimga, mabodo, sen ham bugungi va ertangi avlodlarning adolat hukmron bo'lgan davlatda, qonunlar ustuvorligi ta'minlangan jamiyatda, Sohibqiron Temurbek bobomiz bosh­qargan “Buyuk Turon Davlati” davridagidek pokiza saltanat soyasida, hayotdan rozi bo'lib yashashini xohlasang, hech ikkilanmay, haqiqat uchun kurashib yashashga o'rgan, halol va vijdonan mehnat qilish umring amoli bo'lsin.

Taraqqiyot uchun bundan boshqa yo'l yo'q! Bo'lishi mumkin ham emas! Loqayd bo'lib, yana aldanib qolsak, kelajak avlodlar bizlarni qo'rqoqlar deb, mutlaqo kechirmaydilar!

Durbek Qo'ldoshev.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

one × three =