O'zbek tilini haqoratlagan fuqaro jazolandi

Fuqaro Doniyor Yakubov Toyloq tuman hokimligi madaniyat bo'limida ishlab kelsa-da, 2020 yil 15 mayda Facebook ijtimoiy tarmog'idagi “Xalq fikri” nomli guruhda o'zining profilidan o'zbek tili va millatini kamsituvchi fikr­larni qoldirgan edi. Ushbu holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida IIB xodimlari uning uyiga borgan vaqtida u IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmay, qarshilik ham ko'rsatgan.

Samarqand shahar ma'muriy sudi raisi Orif Pardayevning yozishicha, D.Ya.ga nisbatan to'plangan ish 2020 yil 18 may kuni ochiq sud majlisida ko'rib chiqilib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 42, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddalari bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Qo'riqlanmaydigan prokuratura

“Sirdaryo viloyat prokuraturasi o'z binosi oldidagi temir panjaralarni olib tashladi. Uning o'rniga odamlar uchun ayvon qurildi. Prokurorlar odamlardan qo'rqmaydigan bo'ldi. Prokurorlar odamlardan o'zini qo'riqlamaydigan bo'ldi. Tasanno!” – deya xabar qoldirgan O'zbekis­ton Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori Muhammad Ismoil o'zining Facebookdagi sahifasida.

Xalqqa xizmat qiladigan davlat idoralari sud, prokuratura, hokimiyat, vazirliklar umuman panjara bilan o'ralmasligi kerak. Bu kabi hokimiyatlarning qurollangan ichki ishlar xodimlari bilan   qo'riqlanishi, oddiy xalqning esa amaldorlarni oldiga kirish uchun kun bo'yi sarg'ayib turishini ijtimoiy tarmoq ahli qoralagan. Hamma amaldorlar sirdaryolik prokurorlardan o'rnak olsin, deya ularni alqab yuzlab izohlar qoldirishgan.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

sixteen + one =