Qatralar

Nozik

Oyog'im nozik. Yangi poyabzal kiyishga qo'rqaman. Unga moslashib, o'rgangunimcha terimni “urib”, yara qilib tashlaydi.
Qalbim nozik. Har ikki kunda yangisini sevishga qo'rqaman. Unga moslashib, o'rgangunimcha, yuragimni “urib”, yara qilib tashlaydi.

Deh-qon!

— Karamdan oling, aka. Bir gektar yerim bor! Yarimi kartoshka, yarimi piyoz.
— Iya, qiziq bo'ldi-ku. Karam dehqonchilikmi?
— Tirikchilik…

Pora

Yig'ilish boshlandi. Korrupsiya taraqqiyot kushandasi, deya ikki soat javragan arbob poraxo'rlarning nomini oshkor etmagani uchun “haq”ini oldi-da, cho'ntakni qappaytirib, chiqib ketdi.

Abdulaziz Ahmad.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × one =