Tashakkur, senga buyuk xalq!

Yuriy Stoyanov,

Rossiya xalq artisti

Men o'zim Odessada tug'ilganman, butun hayotimni esa Moskva va SanktPeterburgda yashadim, biroq men bugun o'zbek xalqi haqida gapirmoqchiman. Shu buyuk xalqning mehroqibati, harorati sabab men hayotimni Moskva va SanktPeterburgda bugungiday go'zal yashab o'tishga muvaffaq bo'ldim.

Gap shundaki, Ikkinchi Jahon urushi yillarida mening onam ham Toshkentga evakuatsiya qilingandi. Yo'lda onam tushgan eshelon dushman tomonidan portlatiladi. Ular bir amallab Toshkentgacha yetib kelishadi. Evakuatsiya qilingan bolalar o'zbek xonadonlariga joylashtirilgan. Mening onam 7 nafar bolasi bo'lgan o'zbek o'qituvchisining oilasidan qo'nim topadi.

1943 yilda onamning maktabga — birinchi sinfga chiqadigan yili edi. Xonadon sohibi — o'zbek o'qituvchisi xontaxtasi ustidagi yagona dasturxonidan onamga sumka, deraza pardasidan esa o'quvchilar formasini tikadi.

Onamning aytishicha, barcha oila a'zolari kechasi polga joy to'shab uxlashgan. Oiladagi yagona karavotda mening onam uxlagan ekan. Biroq bu xonadon egalarida hech qachon yaxshilik qilayapman degan fikr, minnat va o'z yaxshiligini ko'z-ko'z qilish hissi bo'lmaganidan haligacha hayratdaman.

O'zbeklar — juda qadimiy, buyuk va donishmand xalq. Qachonki, o'zbeklar salomlashayotganda qo'lini ko'ksiga qo'yar ekan, bu faqat rasmiy qoida emas. Buning mohiyatida  mehmonni, insonni, yoshi kattalarni  qadrlash, e'zozlash, ulug'lash belgisi mujassam. Bugun men donishmand o'zbek xalqiga qarata qo'limni ko'ksimga qo'yib, boshimni egib qadr­donlarcha javob qaytarmoqchiman: Tashakkur, senga Buyuk  O'zbek xalqi!

Internet manbalari asosida

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi

48-sonli maktab o'qituvchisi Xosiyat Usmonova tayyorladi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fifteen + 12 =