Matbuot o'z yolg'onlarining qurboni bo'ldi…mi?

Nega? Ushbu savolni inson tafakkurining qayrog'i deb hisoblayman. Odamzot bugungi yutuqlariga shu savolga javob axtarish natijasida erishgan bo'lsa ajabmas. Ongimiz “nega”larning makoniga aylanib, unga javob axtarish fitratimizga singib ketgan. Mening ham fikratimda “Bugun yoshlar nega gazeta o'qishmayapti?” degan savol ko'pdan buyon tinchlik bermayapti. Shu masalada telegram tarmog'ining asosiy qismini yoshlar tashkil etadigan yirik guruhlarida ijtimoiy so'rovnoma o'tkazishga qaror qildik.

U quyidagi savollardan iborat edi:

  1. Bugun yurtimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning gazeta o'qimayotganiga yoki kam o'qiyotganiga sabab nima?
  2. Gazetxonlar, asosan, qanday mavzudagi maqolalarni o'qishadi? Nima uchun?
  3. Sizningcha, matbuotni rivojlantirish uchun nima qilish kerak?

Ushbu so'rovnomaga yuzdan ziyod javoblar kelib tushdi. Quyida “joni bor” deb hisob­laganlarimizdan bir nechtasini e'tiboringizga havola etamiz va undan so'ng mulohazalarni xulosalaymiz. (Javob yo'llovchilar ijtimoiy tarmoqdagi nomlari bilan berildi).

Somebody: — Yangiliklarni gazetalar mayli, televideniedan ham avvalroq internet orqali bilib olish mumkin. Avvalda gazetalar asosan yangiliklardan boxabar bo'lish uchun o'qilgan, endi buning o'rnini internet bosayapti. Menimcha, gazeta o'qimaydiganlarga majburlab o'qitish mushkul. Balki, internetdan topish qiyin bo'lgan ma'lumotlar gazetalarda bo'lsa, qiziqish­lar ortar, ehtimol.

O.G: — Davlat gazetalarida, asosan, rasmiy xarakterdagi materiallar beriladi va ular faqatgina ma'lum ixtisos­likdagi kishilar uchun kerak. Ommaga esa bu qiziqarsiz. Balki gazetalarda statistik ma'lumotlar ko'pligi uchun o'qishli emasdir. Qolaversa, ulardagi ayrim ma'lumotlar haqiqatdan yiroq.

Gazetalarda bosilgan ma'lumotlar oldin internetda berilgan bo'ladi va odamlar o'zi bilgan narsa haqida qayta o'qishni, tabiiyki, xohlamaydi, pul ham sarflamaydi.

Gulnora: — Menimcha, gazeta va jurnallarda xalq tili yo'qolgan. Ijodkor yoshlar adabiy gazetalarni o'qishadi. Yoshlar qatlami uchun ixtisoslashgan nashr ham bo'lishi kerak. Masalan, yangi tarjimalar, tasviriy san'atga oid, texnika va kashfiyotlar haqida, biror narsani o'rganish mumkin bo'lgan davriy nashrlar. Men bunday gazetalarni rus tilidagisini bilaman, xolos. Matbuot, ehtimol, elektron sotuvga ko'proq urg'u berishi kerakdir. Dizaynni kreativlashtirish lozim. Masalan, so'nggi paytlarda ayrim nashrlar rasmiy saytidagi ma'lumotlarning QR kodini berayotganini ko'rayapmiz. Yana bir masala, gazetaning elektron ilovasi bo'lishi zarur.

M.Nazarov: — Ko'pchilik “Gazeta o'qishning sustligiga sabab — internet”, deya­yotgandir. Ammo men bunga qo'shilmayman. Ochig'i, aksariyat, mahalliy (tuman, viloyat) nashrlarning saviyasi past. Gazetalar o'z yolg'onlariga qurbon bo'ldi. Matbuot aldashi yoki mish-mish tarqatishi emas, odamlarni uyg'otishi kerak!

Shalola Safartosheva: — Savollarga umumlashtirib, quyidagicha javob beraman:

— tezkorlik — bu juda muhim. Holbuki, gazeta qog'ozlarga bosilishidan avval biz deyarli barcha ma'lumotlar bilan internetda tanishib bo'lamiz. Ammo shu tomoni ham borki, ayrim ilmiy ma'lumotlarni faqat gazetadan topish mumkin;

– reklama – Respublika miqyosida nechta nomda, qaysi turda gazeta chiqishini bilmaslik tabiiy hol. Nashrlar auditoriyasini kengaytirish uchun kengroq targ'ib qilinishi ham lozim;

– yetkazib berish xizmati o'ta sust. Kutubxonada ishlaganimda gazetalarning to'rt-besh sonini bir qilib olib kelishardi. Davlat muassasasiga yetkazib berish shu darajada bo'lganidan keyin, obunachilarga bo'ladigan munosabat haqida gapirmasa ham bo'ladi. Bilishimcha, chet elda eshikma-eshik tarqatishadi. Har bir ziyoliman, deganning nonushtasi gazeta bilan boshlanadi.

Parizoda Ro'ziboyeva: — Bugun gazetxonlarning kamayishiga chekka hududlarda kiosklar faqat tuman markazida ekanligini; so'nggi paytlarda gazeta-jurnallar o'qituvchilarning ustama olish uchun yozgan maqolalari, o'tkazilgan tadbir xabarnomasi bilan “boyib” borayotganini asosiy sabab qilib ko'rsatish mumkin. Gazeta-jurnallarda dizaynga, imlo xatolarga ham alohida e'tibor qaratilishi kerak.

Normurodov. S: — Kechirasizlaru, saviya­miz past, tan olaylik. O'qimayotganlar — bu juda katta muammo! Hozir ota-onasining oldida uyalmay ishqiy manzaraga to'la filmlarni ko'rayotgan yoshlar qanday qilib hayotiy muammolarni siyosiy qarashlar asosida ochib bergan maqolalarni yoki badiiy, ilmiy gazeta-jurnallarni o'qishadi?!

Shohrux: — Gazetalar ijtimoiy-siyosiy masalalarni yetarlicha real talqin qilayotgani yo'q. Lekin tushungan insonga ilmiy axborotlar bo'yicha baribir internet gazetaga tenglasha olmaydi. Shuningdek, gazetalarning moddiy ta'minoti ham muammo. Muxbirlarni moddiy rag'batlantirish bugun yetarlicha e'tibordamikin?! (Internetda blogerlarning topayotgan daromadi bizga yaxshi ma'lum.)

Nurjahon Ubaydullayeva: — Adabiyotga muhabbati bor yoshlarninggina qo'llarida adabiy gazetalarni ko'rishingiz mumkin. Ular ham ijodiy ishlari chop etilgan gazeta sonlarini o'qishadi, afsuski. Men “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasini juda yaxshi bilaman. Eng muhim adabiy nashr deb hisoblayman. Nazm ruknini har bir sonida kuzatib boraman.

Akrom: — Gazetaning ommaviyligi undagi xabarlarning qanchalik muhimligi va aniqligiga bog'liq. Odamlar o'zi izlab topadi muhim va ishonchli axborot yetkazuvchi gazetani.

Marjona: — Menga shov-shuvli, odamning diqqatini tortadigan, lekin quruq gapdan iborat maqolalar yoqmaydi. Gazeta shunday bo'lsinki, o'quvchini fikrlashga undasin. Dunyoni boshqa tomondan ko'rish mumkinligini ko'rsatsin.

Iroda: — Men ko'p gazeta-jurnal o'qiyman. To'g'ri, yaxshi maqolalar mo'l. Lekin har doim ham emas. Bir gazeta biror muammoni yoritsa, boshqalarida ham shuni yozishadi. Yangilik yo'q.

Malika Tursunmatova: — Xalqqa tushunarli bo'lsa, siyosiy gazetalarni ham o'qishadi. Yangi qaror, farmon chiqqanda, oddiy odamlar rasmiy tilga deyarli tishi o'tmaydi. Shunday huquqiy hujjatlarni ommabop usulda sharhlab yozilgan maqolalar bo'lishi kerak.

Dilnavoz Najimova: — Gazeta o'qish borasida xorij tajribasi bilan o'rtoqlashsam: “The Times”ni olsak, internet saytlaridan ko'ra mushtariylari ko'proq va xaridorgirroq. Birinchidan, har kuni chop etiladi, xabarlar tezkor. Ikkinchidan, internet saytlari kabi ular hamma narsani chop etavermaydi. Qaerdadir avtohalokat bo'lgani, undagi qupbonlar soni ular uchun “qiziq emas”, axborotni saralab e'lon qiladi. Odamlar internet saytlaridagi bir dunyo ma'lumotdan ko'ra, gazetadagi eng saralarini o'qishni afzal ko'rishadi.

Bizda, menimcha, ko'pchilik gazetalar qanaqadir qolipga tushib qolgan. Ular ma'lum auditoriya uchungina yozadi, xolos. Siyosiy-ijtimoiy gazetalarning mushtariylari, asosan, hokimiyat organlarida ishlaydiganlar bo'ladi. Ularga ommaboplik yetishmaydi. Masalan, biror qaror chiqsa, gazeta uning o'zini berib qo'yadi. Lekin oddiy odam uchun bu qarorni sharhlab, tushuntirib berish kerak. Ilmiy nashrlarning ham ahvoli qoniqarli emas. Aksariyatida pul berib chiqarilgan ahamiyatsiz maqolalar ko'p uchraydi.

Sheraliyev Shukrillo: — Men Yevropa kishilarining gazetxonligi haqida aytmoqchiman. Odamlar internetga kirmasa kirmaydi, lekin “The Times”ni olib o'qiydi. Chunki bu gazeta odamlarga ular kutgan narsani beradi. Odamlar unga ishonadi. Gazeta o'zi yoki yana kimlardir istagan narsalarni emas, xalqning istagini yozishi lozim. Bugun turli shou-biznes xabarlarimi yoki shu xarakterdagi muvaqqat ma'lumotlarni odamlar internet orqali ham bilib olaveradi.

Bosimova: — Bugungi kunda gazetalar talab darajasida. Ammo bugungi kun yoshlari-chi?!

A.Ahmedov: — Gazeta — bu tarix, qadriyat. Internetning tezkorligi, qulayligi yaxshidir. Lekin u odamga hech qanaqasiga ma'naviyat bera olmaydi. Unda savodsizlik, shoshma-shosharlik va mish-mishlar avj olgan. Vaqtida tilga tushgan “Minbar”, “To'g'ri.uz” va boshqa mashhur internet saytlarining bironta maqolasini bugun topib bera olasizmi? Gazetaning esa xohlagan yilingizdagi sonini so'rang, albatta topiladi. Faqat sal sarg'aygan, eskirgan bo'lishi mumkin, xolos…

Chet elni oling, gazeta o'qish ularda ziyolilik belgisi. Biz qachonki, shu darajaga yetsakgina, ma'naviyat haqida ko'krak kerib gapirishimiz mumkin.

Mana ayrim yoshlarimizning gazeta va gazetxonlikka munosabati qanday? Ochig'ini aytganda, bu so'rovnomaga kelib tushadigan javoblarning deyarli barchasida texnika va internetning rivojlangani asosiy sabab sifatida ko'rsatiladi, deb o'ylagandim. Ammo ko'rib turganingizdek, yoshlar bundan boshqa ancha omillarni ham ko'rsatishibdi.

Shuningdek, ularda fikriy bahslar ham mavjud. Garchi so'rovnoma qatnashchilarining 70 foizga yaqini ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarining tezkor va qulayligi gazetalarga bo'lgan talabning tushib ketishiga sabab bo'layotganini aytishsa-da, ularni inkor qiluvchilar ham kam emas. Bir nechta tengdoshlarimiz, fan-texnika borasida bizdan anchagina oldinda bo'lgan Yevropada gazetaga bo'lgan talab bizdagidek past emasligi haqida aytib, buning sabablarini ham ko'rsatishgan.

So'rovnomamizga javoban kelgan xabarlarni xususiyatiga ko'ra quyidagicha tasnifladik: tanqid va takliflar, gazetalar faoliyatiga salbiy munosabat, yoshlarga, mushtariylarga nisbatan salbiy munosabat, obuna va yetkazib berish xizmati borasida kamchiliklar.

Muammolar talaygina, ammo(!) bu endi vaziyat o'nglanmaydi, degani emas. Chindan ham, takliflarda aytilganidek, gazetalar internetdan topish qiyin yoki umuman ilojsiz bo'lgan ma'lumotlarni yozsa, o'zgacha dizayn va zamonaviy imkoniyatlar(masalan, QR kodli multimediya manzillari, o'zlarining elektron ilovalari va b.)ga ega bo'lsa, xalq istayotgan haqiqatlarni olib chiqsa, bizningcha ham gazetalarga bo'lgan talab oshadi. Xullas, odamlarga “Agar falon gazeta yozgan bo'lsa, unda bu gap to'g'ri”, deyish mumkin bo'lgan nashr kerak. Va buning uchun anchagina mehnat talab qilinadi!

Ta'kidlash lozimki, barcha matbuot nashrlari ham “o'z yolg'onlarining qurboni” bo'lgani yo'q. Ammo “Bunday nashrlar umuman mavjud emas”, ham deyolmaymiz.

Shahzod Shodmonov.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

17 − eleven =