MILLIY MATOLARIMIZDA O‘TMISH NAFASI
10 May 2012 21:50
Markaziy Osiyo xalqlarining milliy liboslari ko‘p asrlik tarixga ega. Arxeologik qazilmalarda topilgan eramizdan oldingi ikkinchi, uchinchi asrlarga tegishli devoriy rasmlar, sopol idishlarga tushirilgan tasvirlar, qabrlardan topilgan zebu ziynatlar, turli mato namunalari shundan darak beradi. to`liq
12 marta o`qilgan
|
BOBUR LIRIKASIDA SHE’RIY SAN’AT
10 May 2012 21:37
So‘zning sehru jozibasi, nozik qirralari ijodkor yaratgan badiiy adabiyotda namoyon bo‘ladi. Undagi har bir so‘z texnik va grammatik shakl-shamoyili bilan insoniyatga badiiy tafakkur vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan hassos shoir Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasida ham bu xususiyatlar bo‘y ko‘rsatadi. to`liq
8 marta o`qilgan
|
DORILOMON KUNLAR SHUKRONASI
10 May 2012 20:52
Mamlakatimizda inson qadri baland, sha’ni, manfaatlari hamisha ustuvor. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrning og‘ir sinovlarini mardona yengib, bugun keksalik gashtini surib yashayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga alohida izzat-ikrom ko‘rsatilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 18 aprelda qabul qilingan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirishga oid farmoni ham ana shu ehtiromning amaldagi yana bir namunasidir. to`liq
9 marta o`qilgan
|
HAM G‘URURIMIZ, HAM FAXRIMIZ
03 May 2012 22:17
Bugun dunyoda ommaviylashgan sport turlarining qadimiy ildizlari ma’lum bir xalqning milliy urf-odatlari, an’analari bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni har bir xalq, millatning o‘ziga xos milliy sport o‘yinlari bor. Shu jumladan, o‘zbek xalqining ham. Ana shunday o‘lmas qadriyatlarimizdan biri bu — shubhasiz, milliy kurashimizdir. to`liq
17 marta o`qilgan
|
AYOLLAR GURUNGI
26 Aprel 2012 20:07
— Ayollarning o‘rtasida cholmaday bo‘p o‘tirvolib gap berishga ustasiz, ish berishga ham chechan bo‘ng-da, checha! — dedi qaynisi yangasiga.
— Sizga cholma bo‘sam, akangizga olmaman, — dedi qorachadan kelgan, qaddi-qomati to‘la ayol mamnun holda. to`liq
21 marta o`qilgan
|
MUQADDAS QO‘RG‘ONNING OLTIN QOIDALARI
22 Aprel 2012 14:01
Piyozsiz ovqat ham bo‘larkanmi, deb o‘ylayotgandirsiz? Qilsa bo‘ladi. Turmushda qanday holatlar bo‘lmaydi, deysiz. Iloji topilmaganda shunday taomni tayyorlash ham mumkin. Ya’ni vaziyat taqozosi bilan qo‘shnidan piyoz so‘rashga istihola qilganingizda, yoki shu daqiqada yoningizda pul bo‘lmay qolganda piyozsiz ham ovqat qilsa bo‘ladi. Ayol shunday qildi — ikki kun piyozsiz ovqat pishirdi. Balki u eriga uyda piyoz tugaganini aytganida turmush o‘rtog‘i birovdan bo‘lsa-da, pul topib olib kelardi. Lekin u erining shundog‘am ishi ko‘pligini, buning ustiga oylikka qarab qolinganini bilgani uchun gapni ko‘paytirmadi — piyozning tugaganini bahona qilib oila a’zolarini ovqatsiz qoldirmadi... to`liq
23 marta o`qilgan
|
BAXT QO`RG`ONI
13 Aprel 2012 16:23
Buyuk bobokalonimiz Amir Temur oila masalasiga katta ahamiyat berib, o‘z bitiklarida: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabi, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘lik-salomatligini, jismoniy kamolatini aniqladim. Qiz agar nasl-nasabli, odob-axloqli, sog‘lom va baquvvat, qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushirdim”, deb yozib qoldirganligi haqida ko‘p o‘qiganmiz. to`liq
35 marta o`qilgan
|
IZLANISHLAR DAVOM ETMOQDA
06 Aprel 2012 16:24
Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, ekin maydonlari so‘nggi 50 yil mobaynida yer shari bo‘yicha ikki barobarga kengaygan. Shunday ekan, ularni sug‘orish bilan bog‘liq muammolar ham ortib boradi. Buning ustiga transchegaraviy daryolar suvidan foydalanishdagi ziddiyatlar bu masalani yanada murakkablashtirib yubormoqda. to`liq
32 marta o`qilgan
|
TEMURIYLAR QUDRATI — ULARNING OILASIDA EDI
06 Aprel 2012 16:16
Mabodo odam bolasi o‘z Yaratuvchisining mezonu taqiqlarini pisand qilmaydigan darajada havolanib ketgan taqdirda ham bir piyola issiq suv yo bir tishlam nonni xotirjam iste’mol qilish istagi orzusidan voz kecha olmaydi. Boqiy qadriyatlarning guvohlik berishicha, ana shunday buyuk farog‘atni kishiga faqat oila muhiti berar ekan. to`liq
39 marta o`qilgan
|
HADSIZ KENGLIKLARDA SAKRA, OHUJON!
06 Aprel 2012 15:59
Forish tog‘larida turnako‘z buloqlar juda ko‘p. Lekin men ohu ko‘z buloqlarni ham ko‘rganman. Naq jayron ko‘zining o‘zi! Mijjalaridan yosh oqayotganday jildirab yotadi. Suvi qubba-qubba bo‘lib qaynaydi, sal o‘tgach, yer bag‘riga singib ketadi. to`liq
31 marta o`qilgan
|
KO`KLAM SOG`INCHLARI
06 Aprel 2012 15:48
Surxon safariga otlangan kunimiz garchi Navro`z yaqinlashib qolgan bo`lsa-da, Qashqadaryoning dashtu dalalarida oppoq qor yastanib yotardi. Termizga kirib borganimizda go`yo boshqa olamni kashf etgandek bo`ldik. Vohaning qaynoq mehriga mahliyo bo`lib, bodomlarning qiyg`os gullaganiga havasimiz keldi. Allaqachon g`izillab bol tashishga tushgan kuyunchak bolarilarning betinim yelib-uchishlari qalbimizda bahoriy tuyg`ularni uyg`otdi. to`liq
33 marta o`qilgan
|
MEHR VA SEHR
30 Mart 2012 09:21
...Bizni sochlari qordek oppoq, qo‘llari qadoq, tortgan mashaqqatlari yuzida o‘z izlarini qoldirgan, ammo istarasi issiq, xatti-harakatlari chaqqongina onaxon ostonada xushnud qarshiladi. “Bolaginamning o‘rtoqlaridan o‘zim o‘rgilay, zap kelibsizlar!” deya obdon alqab, kun bo‘yi atrofimizda girdikapalak bo‘ldi. Kelini ham tinim bilmadi, dasturxonni turli-tuman noz-ne’matlarga to‘ldirib tashladi. to`liq
50 marta o`qilgan
|
BOBOLARNING ASRLARNI QARITGAN O`LCHOVI
29 Mart 2012 21:49
Ota-bobolarimiz qadimdan quyosh va oy harakatini, burjlar holatini yaxshi bilishgan. Shu asosda burjiy yilnoma yaratishgan. Unda bobokalonlarimizning ko‘p yillik hayotiy tajribalari, kuzatishlari mahsuli mujassam bo‘lib, dehqonchilik va chorvachilikka doir ko‘pgina tadbirlarning mohiyati, tabiat o‘zgarishlarining inson hayotiga ta’siri o‘z ifodasini topgan. to`liq
49 marta o`qilgan
|
SAMARQANDDA ULUG`BEKNING MADRASASI NECHTA?
29 Mart 2012 20:20
Bu yil mamlakatimizda buyuk matematik, astronom, shuningdek, tarix, she’riyat, musiqa bobida ham barakali ijod qilgan Mirzo Ulug‘bek tavallud topganining 618 yilligi nishonlanmoqda. O‘tgan yillar mobaynida ulug‘ allomaning bizga qoldirgan boy ma’naviy, madaniy merosi o‘rganilib, respublikamizning barcha hududlarida anjumanlar, davra suhbatlari, ko‘rgazmalar tashkil etib kelinmoqda. to`liq
47 marta o`qilgan
|
NAVRO`Z – QADIMIY VA BOQIY BAYRAM
28 Mart 2012 22:14
Xalqimiz hayotidagi muhim sanalar, bayramlar orasida Navro‘z o‘zida qadimiy an’ana va urf-odatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etishi bilan ajralib turadi. to`liq
54 marta o`qilgan
|
KELAQOL, NAVRO`ZJON, NAVRO`Z!
25 Mart 2012 19:34
Oq yomg‘ir to‘kilar — hayotning suyi,
Qizg‘aldoq iymanib beradi salom.
Yo raqib! Men bugun seni ham suydim —
Eshikni chertmoqda Navro‘zi olam! to`liq
51 marta o`qilgan
|
YERGA MEHR ULASHIB...
25 Mart 2012 19:26
Ayni kunlardagi ob-havo tabiatning uyg‘onayotganidan darak beradi. Dimoqqa ko‘klam nafasi urilmoqda. Uyg‘onayotgan yer hidini, tuproq isini sezgan dehqon bunday paytda uyiga sig‘armidi! Ketmonini ko‘tarib dalaga oshiqadi. Yer tobga kelgan bo‘lsa, ekin-tikinga hozirlik ko‘rishni boshlaydi. Uning ilk yumushi — yerni ekinga tayyorlash. Bobodehqon tuproqni me’yoriga yetkazib tayyorlay olsagina, kutgan hosilini oladi. Binoning mustahkamligi poydevorga bog‘liq bo‘lganidek, yerning hosili ham ilk meliorativ-agrotexnik tadbirlarga bog‘liq. to`liq
45 marta o`qilgan
|
HAMMASI MAYDONDA HAL BO`LADI
25 Mart 2012 19:15
Keyingi yillarda Osiyoda futbol har tomonlama rivojlanib bormoqda. O‘yinchilarning mahorati va saviyasi oshib, jamoalarning imkoniyatlari deyarli tenglashib bormoqda. Fikrimizni 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bahslarining uchinchi bosqichida kechgan qizg‘in uchrashuvlar ham isbotlaydi. to`liq
46 marta o`qilgan
|
BALIQCHILIK RIVOJI
22 Mart 2012 20:32
el-yurt dasturxonini servitamin, seroqsil mahsulotlar bilan to‘ldiribgina qolmay, suv havzalarining toza, musaffo saqlanishiga ham xizmat qiladi. Ona tabiatning ajoyib ne’mati hisoblangan baliq dunyo ekotizimida muhim rol o‘ynaydi. Yana bir e’tirofga molik jihat — baliq go‘shtining inson salomatligi uchun nihoyatda foydali ekanligi, ko‘plab mikroelement va vitaminlarga boyligidadir. Ularning ayrimlari boshqa hech qaysi mahsulot tarkibida uchramasligi «luqmai halol»ning qimmatini yanada oshiradi. to`liq
58 marta o`qilgan
|
SEN BAHORNI SOG`INMADINGMI?!
22 Mart 2012 19:13
Bu kurrai zaminda birgina O‘zbekistonda to‘rt fasl bir vaqtda boshlanib, o‘z fursatida tugaydi. Shunday jannatmonand yurtda yashash biz uchun baxt, iftixor. Zotan, bugun ko‘nglimizda, yuragimizda bahorning nafasi, ruhiyati qanot yozmoqda. to`liq
67 marta o`qilgan
|