Bebaho boylik

ULTRAMEHR SOHIBI
06 Sentabr 2011 21:17
So‘nggi yillarda tibbiyotda zamonaviy texnologiyalar asosida bemorlarni tez va og‘riqsiz tekshirish usullari nihoyatda ko‘payib bormoqda. Xususan, umumiy amaliyot shifokorlari faoliyatida ultratovush diagnostikasi bemorlarga erta va aniq tashhis qo‘yish, malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda qulaylik va yengilliklar tug‘dirmoqda.
to`liq
117 marta o`qilgan
TASVIR OLAMI JILOLARI
06 Sentabr 2011 21:05
O’tayotgan yigirma yil oralig‘ida o‘zbek milliy tasviriy san’atida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi va bu jarayon qanday kechdi? Avvalo, shuni e’tirof etish kerakki, har bir rassom o‘zi istagan uslubda ijod qilish erkinligiga ega bo‘ldi. Tasviriy san’atga ma’no, mazmun va mavzu erkinligi kirib keldi. Vaholanki, sobiq ittifoq davrida tasvir ob’ektining o‘ziga qarab ishlashdan salgina chekingan asar hay’atning nazoratidan o‘tib, ko‘rgazma zaliga qo‘yilishi amrimahol edi.
to`liq
118 marta o`qilgan
BIR QATIM NUR...
11 Avgust 2011 15:07
Mirkomil kasb-hunar kollejini tamomlab katta tashkilotning bir uchastkasiga mutaxassisligi bo‘yicha ishga kirdi. Ammo ertalab zo‘r ishtiyoq bilan ketgan bola kechki payt tushkun ahvolda — tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib kirib keldi. Buni ko‘rgan onasi tashvishlanib, uni so‘roqqa tutdi. Mirkomil oldiniga hech narsa aytgisi kelmadi. Onasi holi-joniga qo‘ymay so‘roqlayverganidan so‘ng, yorildi: “Ayajon, u yerda oddiy insoniy munosabatlar yo‘q, odamlar so‘kinib gaplashar ekanlar. Siz menga boshqacha tarbiya bergansiz”, dedi o‘kinib.
to`liq
97 marta o`qilgan
BOLALAR MILLIY O‘YINLARI
11 Avgust 2011 14:25
Qoraqalpoq milliy o‘yinlari tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Xalqimizning o‘ziga xos an’ana va urf-odatlari jo bo‘lgan qadriyat zamirida ma’naviy va jismoniy tarbiyaning ko‘plab muhim jihatlari mujassam. Masalan, “Suv tashish”, “Qacharman to‘p”, “Shullik”, “Asiq”, “Iloq” (ko‘pkari), “Qozan”, “Kim birinchi?”, “Besh tosh” kabi o‘yinlar bolalarni mehnatsevarlik, ezgulik va shijoatli bo‘lishga undaydi.
to`liq
129 marta o`qilgan
QIRQ YILDAN KEYINGI QO‘NG‘IROQ
11 Avgust 2011 13:58
2010 yilning kuzi. Aniqrog‘i, 3 oktyabr. Komiljon kundalik yumushlarni bajarib yurganida birdan uy telefoni jiringladi. Go‘shakni ko‘tardi. U tomondan «Komiljon aka To‘ychiev siz bo‘lasizmi?» degan titragan ovoz eshitildi. Savolga javob olingach, ovoz sohibasining hayajoni yanada zo‘rayib: «Siz mening otam ekansiz...» dedi va yig‘lab yubordi. Komiljonning ham ko‘zlariga yosh keldi.
to`liq
99 marta o`qilgan
64 KATAKKA JO BO‘LGAN HAYOT
21 Iyul 2011 16:50
Aqllar jangi, tuyg‘ular va istaklar mahorabasi bo‘lgan shaxmat barcha ilm ahli va tafakkurga oshno kishilarni o‘ziga oshufta etmay qolmagan. Shaxmat xotirani zaiflashishdan saqlaydi, ishchanlik qobiliyatini kuchaytiradi, bir so‘z bilan aytganda yoshlarning komil insonlar bo‘lib voyaga yetishida uning o‘rni benihoya yuqori.
to`liq
105 marta o`qilgan
TENNIS: SHAKLLANISH VA YUKSALISH YILLARI
14 Iyul 2011 15:39
Yaqinda avtobusda kelayotib yosh qizchaning qo‘lida Oqgul Omonmurodovaning surati aks ettirilgan daftarga ko‘zim tushdi. Undan suratdagi kim ekani haqida so‘raganimda, Oqgul nainki yurtimizda, balki dunyoda ham nomdor tennischi ekanligini, u qachon, qayerda tug‘ilganidan tortib qaysi turnirlarda qatnashganigacha aytib berdi.
to`liq
125 marta o`qilgan
QALB ISHONCHGA TO‘LGANDA
14 Iyul 2011 15:29
Inson hamisha o‘zini o‘rab  turgan muhit ta’­sirida bo‘ladi. Tash­qi dunyoni ko‘radi, turli ovozlarni eshitadi, odamlar bilan muloqotda bo‘ladi, voqealarga baho beradi va shunga qarab harakat qiladi. Qisqasi, tashqi muhitning in’ikosi odam miyasida qabul qilinib, ko‘rish, eshitish, sezish, his qilish jarayonlarining hosili hisoblangan tahlildan so‘ng qaror chiqarish jarayoni sodir bo‘ladi.
to`liq
115 marta o`qilgan
NODIR CHOLG‘ULAR
14 Iyul 2011 15:13
Milliy musiqiy cholg‘ular tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Cholg‘u ijrochiligi san’ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida e’zozlab kelingan. Musiqa texnikalari rivojlanib, bugungi kunda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan asbob-uskunalar yaratilayotgan bo‘lsa-da, “Musiqiy cholg‘ular muzeyi”­dan joy olgan sozlar, noyob eksponatlarning sehri kishini beixtiyor o‘ziga rom etadi.
to`liq
151 marta o`qilgan
QO‘SHNINING ANJIRI
14 Iyul 2011 15:07
Hamkasbimiz Zamira opa olib kelgan anjir murabbosi bir voqeani esimga soldi. O‘shanda anjir g‘arq pishgan mahal edi. Ishga sal kechikdim. Ko‘chamiz mahalla ichkarirog‘ida bo‘lgani bois katta yo‘lgacha yayov chiqardik. Bir payt ayol kishining baqir-chaqirini eshitib qoldim. Hamkasbimiz Zamira opaning uyi oldida uning qo‘shnisi Xolida opa ertalabdan to‘polon ko‘tarib, bu oila sha’niga qattiq-qurim gaplarni aytib, haqoratlardi.
to`liq
110 marta o`qilgan
JAQANDAQ — CHOTQOL MARVARIDI
02 Iyul 2011 12:07
Toshkent viloyatining Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari bag‘ridagi so‘lim go‘sha — Yangiobod qo‘rg‘onini aksariyat yurtdoshlarimiz yaxshi bilishadi. Bu joylar dam olish mavsumida kelgan mehmonlarni xushmanzara tabiati, shirin suvi, mehmondo‘st xalqi bilan xushnud etadi. Yoshi ulug‘larning ta’kidlashicha, Yangiobod qo‘rg‘onidagi Jaqandaq bulog‘i suvidan ichgan kishining tani sog‘, ruhi tetik bo‘larkan, turli surunkali kasalliklariga davo ekan. Esimda, momolarimiz badaniga yara toshgan bolalarni ana shu buloq suvida cho‘miltirishardi. Yoz chillasida ham suvi muzdek, tiniq va xushta’m bu buloqda cho‘milganlar sira shamollamaydi.
to`liq
113 marta o`qilgan
ENG YAQIN DO‘ST
01 Iyul 2011 11:45
U shunday do‘stki, kunlarimizni mazmunga, tunlarimizni chinakam oromga aylantiradi. U shunday do‘stki, noxush xayollarga berilishimizga yo‘l qo‘ymaydi, umidsizlikdan uzoqlashtiradi. Undan hatto kasalliklar ham qo‘rqadi-ki, mabodo, bunday do‘stni topguningizgacha qandaydir xastalik sizga yopishib olib, vaqtingizdan ham, baxtingizdan ham judo qilishga erishayotgan bo‘lsa, u tufayli butunlay xalos bo‘lish mumkin.
to`liq
104 marta o`qilgan
«OYQULOCH», OYGA QARAB QUCHOQ OCH!
11 May 2011 18:26
Mamlakatimizda o‘tkaziladigan yirik madaniy tadbirlarda, bayram kontsertlarida qoraqalpoq yigitlarining davra qurib raqsga tushganini ko‘p ko‘rganmiz. Ularning musiqa ohangi bilan uyg‘unlashgan ajib harakatlari fikru xayolimizni o‘ziga tortadi, zavq-shavq bag‘ishlaydi.
Qoraqalpoq xalqining uzoq o‘tmishi va bugungi kun turmush tarzi raqslarga singdirilgan bo‘lib, unda milliyligimizga xos urf-odatlar ifori barq urib, kishiga xush kayfiyat ulashadi.
to`liq
108 marta o`qilgan
INSON INSONGA HAMISHA KERAK...
05 May 2011 20:41
shifokor suvratiga chizgilar
U xonasida o‘yga botib o‘tiribdi. O‘tkir nigohi bir nuqtaga qadalgan. Kim biladi, u nimalarni o‘ylayapti? Ho­zir­gina o‘zi boshqarayotgan bo‘lim kardiologlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish tafsilotlari-yu, belgilab olingan rejalar ijrosi haqida mushohada qilayotgandir, balki.
to`liq
113 marta o`qilgan
PILLA — QOP-QOP TILLA
05 May 2011 20:31
Qishlog‘imning samimiy insonlari, ularning turmush tashvishlaridagi kichik sanalgan voqea ham men uchun ulkan hodisadek tuyuladi.     
—  Mayram qo‘shnimiz ipak qurti oldi, — deb ­qoldi qo‘ng‘iroq qilganimda enam.
Birdan sergak tortdim. Ishxonada o‘tiraverib, qishlog‘imda, yurtimiz qishloqlarida ayni shu kunlarda avjlanadigan shunday jabhalar borligini unutayotganimdan xijolat chekdim. Qo‘shnimizning ipak qurtlari allaqachon to‘rtinchi uyqudan turibdi...
to`liq
134 marta o`qilgan
TOZALIK VA OZODALIK — TANI SIHATLIK DEGANI
29 Aprel 2011 21:59
Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning «Agar chang va to‘zon bo‘lmaganda inson ming yil umr ko‘rar edi» degan iborasini bilmagan odam bo‘lmasa kerak. Haqiqatan ham atrof-muhit toza bo‘lsa, turli infektsiyalar va viruslardan ehtiyot bo‘lsa inson huda-behuda kasallikka chalinavermaydi. Bunga erishishning eng sodda va samarali usuli esa oddiy — tozalikka rioya qilishdir.
to`liq
150 marta o`qilgan
OLIS QISHLOQLARDA ZAMONAVIY TIBBIY XIZMAT
23 Aprel 2011 16:10
— Odamlar salomatligini muhofazalash ishlariga mustaqillik yillaridagi singari hech bir davrda davlat darajasida e’tibor qaratilmagandi, — deya ta’kidlaydi Kitob tumanining Jovuz qishlog‘ida yashovchi Rahmiddin Mirzayev. — Bir voqea hanuz esimda: o‘shanda turmushdoshim Ro‘zigul daladan isitmalab qaytdi. Tuman markazidagi kasalxona olis bo‘lgani uchun shu atrofdagi shifokorlarga murojaat qildik. Ammo zarur tibbiy asbob-uskunalar yo‘qligi sababli ular aniq tashhis qo‘yisholmadi. Natijada xotinim nogiron bo‘lib qoldi...
to`liq
107 marta o`qilgan
SOG‘LOM ELNING ERTASI ULUG‘
28 Mart 2011 19:19
Bolalik damlarini tez-tez xotirlamaydigan inson kam topilsa kerak. Eslaysizmi, go‘dak chog‘larimizda onamiz yetovida “do‘xtirxona”ga borsak, dunyoni boshimizga ko‘tarib uvvos solardik. Shifokorlarning ukolidan qo‘rqqanimiz-ku mayli, aslida bizni qishloq markazida joylashgan o‘sha mo‘jazgina kulbaning achchiq dori hidi anqib yotgan xonalari-yu, suvog‘i ko‘chib tushay deb qolgan xarobahol devorlarining vahmi bosgan bo‘lsa ajab emas. Qolaversa, oliy ma’lumotli soha mutaxassislariga zoriqib turgan bu joydan ko‘p hollarda dardimizga shifo topolmasdik ham. Bugun-chi?
to`liq
116 marta o`qilgan
CHÅMPIONLAR GURUNGI
28 Fevral 2011 21:09
Insonga umr bir marta båriladi. Unda qanday yashash esa har kimning o’z ixtiyorida. Shuning uchun bo’lsa kårak, taqdirlar ham turlicha. Kimlardir “Olma, pish, og’zimga tush”, dåb yalqovlikda kun o’tkazsa, boshqa birovlar el-yurt, Vatanga xizmat qilish uchun yaratuvchanlik ishqi bilan umrguzaronlik qiladi. Har qanday qiyinchiliklarni yångib o’tib, ­xalqining biror koriga yarashga intilib yashaydigan kishilarni esa chinakam iroda egalari, dåsak bo’ladi.
to`liq
109 marta o`qilgan
LAHZADA HAYOT QADRI
28 Fevral 2011 19:50
“Mån uchun hayot qadrli, unda yashamoqlik mo’'jiza. Ammo bu tuhfa många to’la-to’kis bårilmagandi. Bolaligimda tug’ma yurak kasalligi haqida u qadar tasavvurga ega emasdim. Yillar o’tgan sari bu xastalikdan ham jismonan, ham ruhan aziyat chåka boshladim.
to`liq
203 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM