Bebaho boylik

26 Oktabr 2011 19:52
UMIDIMIZ NIHOLLARI GURKIRAMOQDA
Bugun ommaviy axborot vositalarini kuzatar ekansiz, ularda jahon miqyosdagi turli sport musobaqalarida o‘zbekistonlik o‘g‘il-qizlarning munosib ishtirok etib, shonli g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgani to‘g‘risidagi ko‘plab xabarlarga guvoh bo‘lish mumkin. Bunday muvaffaqiyatlarning asosi bolalar va o‘smirlarimizning yutug‘i ekani esa har qanday e’tirofga molik. Bundan bir necha yil oldin Osiyo qit’asida yetakchi deya e’tirof etilgan sportchilarimizga endilikda dunyoning barcha mamlakatlari vakillari jiddiy raqib sifatida qarashmoqda. Bu quvonchli hol. Biroq bunday dadil taraqqiyotga shunchaki erishib bo‘lmaydi.
Hozirgi davrda barcha sohada olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berilishi, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi o‘z samarasini beradi. Ayniqsa, sport  sohasida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan beri aholi  o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportni ommalashtirish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, bolalar o‘rtasida sportni keng rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Buning samarasi o‘laroq, yurtimizda sportning salohiyati yanada oshdi. Eng olis qishloqlarimizda ham zamonaviy sport inshootlari barpo etildi, ularda turli xil musobaqalarning o‘tkazilishi an’anaga aylandi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” deb nomlangan uch bosqichli sport musobaqalari tashkil etildiki, bu mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi namunasiga aylandi.
Mazkur tizim bugun dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki mazkur turnirlar orasidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan birgina “Umid nihollari” sport musobaqalarini oladigan bo‘lsak, u iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, turli xalqaro turnirlarga eshik ochmoqda. Keyingi yillarda maktab ta’lim tizimida jismoniy tarbiya darslarining nufuzi oshirilib, dars soatlari ko‘paytirildi. Vaholanki, ilgari jismoniy tarbiya darslariga “katta tanaffus” sifatida qaralar edi. Deyarli hamisha bir xil manzara: bolalar saf tortib chiqar, biroz chigalyozdi mashqlarini bajargach, tap-taqir maydonda changitib koptok tepishardi.
Qishda esa qorbo‘ron o‘yini... O‘z sport zaliga ega maktablar nafaqat qishloqlarda, hatto shaharlarda ham sanoqli edi. Bugun esa maktablarda jismoniy tarbiya darslari eng jiddiy ta’lim yo‘nalishlari qatoridan o‘rin oldi. 1-9-sinflar uchun “Jismoniy tarbiya” darsligining tayyorlanishi va barcha umumta’lim maktablariga yetkazib berilishi natijasida uning ilmiy-nazariy asoslarga ega fan sifatida o‘qitilishini ta’minlashga erishilmoqda. Qolaversa, maktablarni malakali mutaxassis o‘qituvchi-murabbiylar bilan ta’minlashga ham jiddiy e’tibor  qaratilmoqda. Bu esa  sohada ishlayotgan 25 ming 134 nafardan ortiq jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining munosib shogirdlar tarbiyalashida asqotmoqda.
Yana bir e’tiborga molik masala, “Umid nihollari” sport musobaqalari ota-onalar tomonidan ham ijobiy baholanmoqda.
— Mana, uch yildirki, o‘g‘lim Azizbek futbol bilan shug‘ullanib keladi, — deydi yurtdoshlarimizdan biri Farhod Valiev. — Men esa bundan juda xursandman. Negaki, sport bugun farzandim hayotining bir bo‘lagiga aylandi.
Kezi kelganda sizga bir haqiqatni aytsam, avvallari o‘g‘lim tez-tez turli xastaliklarga chalinib turardi. Bundan faqat biz emas, uning o‘zi ham aziyat chekardi. U sport bilan shug‘ullana boshlaganidan so‘ng hammasi o‘z yo‘liga tushib ketdi. Shuning uchun ishonch bilan aytishim mumkinki, sport — sog‘lik garovi ham.
Darhaqiqat, sport bilan muntazam shug‘ullangan bolalar jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lishlari bilan birga sog‘lom fikrlovchi va irodali insonlar bo‘lib voyaga yetadilar. Shu bois, joylarda “Umid nihollari” sport musobaqalarini muntazam o‘tkazish an’anaga aylandi. Jumladan, Toshkent shahri maktablarida bolalarning darsdan tashqari vaqtlarini muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning 22-30 mart kunlari bahorgi ta’til kunlari davomida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Umid nihollari — 2011” sport musobaqalarining 8-9-sinflar o‘rtasida final bosqichi  o‘yinlari tashkil etildi. Yana bir necha kundan keyin boshlanadigan kuzgi ta’til paytida “Umid nihollari — 2011” sport musobaqalarining 5-7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sinf­lararo bosqichi davom etmoqda.
Ta’kidlash o‘rinliki, bugun yurtdoshlarimiz tomonidan jahon arenalarida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqqiyatlarda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bugungi havaskor ertangi malakali sportchidir. Bundan tashqari, mamlakatimizda har tomonlama sog‘­lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda, yosh sportchilarni kashf etishda uning ahamiyati beqiyos.
Azim Ro‘ziev,
  “Hurriyat” muxbiri

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM