Beshinchi ummon

DUNYODA ENG YIRIK TEZLATGICH
16 May 2012 19:29
Bundan yuz yilcha muqaddam koinot cheksiz fazo, unda yulduzlar bir tekis taqsimlangan, degan tasavvur hukmronlik qilardi. O‘tgan asrning 20-yillarida amerikalik astronom Edvin Xabbl ko‘zga ko‘ringan barcha galaktikalar bizdan turli yo‘nalishlar bo‘yicha juda katta tezlik bilan uzoqlashayotganini aniqladi. Bu olam tuzilishi nazariyasini qayta qarab chiqishni taqozo etdi. Shu kashfiyot sabab bo‘lib butun koinot bundan 15-20 milliard yil oldin ro‘y bergan “katta portlash”ning natijasidir, degan xulosaga kelindi.
to`liq
9 marta o`qilgan
«JAHONGASHTA SAYYOH-OLIMLAR»
16 May 2012 19:09
«Endigina atak-chechak qilib yura boshlagan go‘dakka nazar sol­gansiz, albatta. U doimo uydan tashqariga chiqishga intiladi. Chunki dunyoqarashi hali shakllanib ulgurmagan bola nazdida uydan ko‘chaga chiqish ham bir sayohat-da!
to`liq
12 marta o`qilgan
E`TIQOD VA ADABIYOT
10 May 2012 20:41
“Jahon adabiyoti”  jurnalining  shu  yil yanvarü sonida e’lon qilingan Katarina Mommsenning  “Gyote  va  islom” asarini mutolaa qilib, ba’zi bir mulohazalarni qog‘ozga tushirishga to‘g‘ri keldi.  Zero, ushbu maqola buyuk shoir ijodiy dunyosini o‘rganishda yangi sahifa ochishi turgan gap. 
to`liq
23 marta o`qilgan
ADABIY TARJIMA MUAMMOLARI
03 May 2012 22:19
Quyida Yevropa adabiy tarjimonlar uyushmalari Kengashi raisi Holger Fokning bugungi xalqaro miqyosdagi adabiy tarjima muammolari xususidagi fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.
to`liq
21 marta o`qilgan
ASTRONOM UMAR HAYYOM DAHOSI
19 Aprel 2012 15:35
Bilasanmi, nechun xo‘roz har sahar
Turib motamsaro oh-nola qilar?
U bizga deydiki: “Tong oynasida
Umringdan tun o‘tdi, dunyo bexabar!”
to`liq
53 marta o`qilgan
OLAMGA YOYILGAN ZIYO
06 Aprel 2012 17:07
«Televidenie orqali o‘qib eshittirilgan Prezidentimizning O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigini tinglarkanman, shu ona tuproqda yashab o‘zligimni taniganimdan, shu go‘shani “o‘z yurtim” deya umrimning 77 bahorini o‘tkazganimdan, Vatanim O‘zbekistonni e’zozlab, uning muvaffaqiyatlariga o‘z ulushimni qo‘shayotganimdan mamnun bo‘lib ketdim, — deydi pedagogika fanlari doktori, professor Aleksandra Kim yuzlarida minnatdorlik nurlari balqib.
to`liq
56 marta o`qilgan
CHIQINDI MING YIL YASHAYDI
21 Mart 2012 19:51
Ko‘pchiligimiz navbatdagi ichimlik idishini bo‘shatib, duch kelgan tomonga uloqtirar ekanmiz, uning butunlay yemirilib ketishi uchun yillar emas, balki asrlar kerakligini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Keling, bu masalaga atroflicha qiziqib, chuqur yondashib ko‘ramiz. Mutaxassislarning aniqlashicha, shisha buyumlar oz emas-ko‘p emas, naqd bir million yil «yasharkan».
to`liq
104 marta o`qilgan
SAVKELE —MALIKALAR TOJI
12 Mart 2012 15:53
Jozibali kashtalar va durlar bilan bezatilgan savkelesi bo‘lishini orzu qilmagan qoraqalpoq qizi bo‘lmasa kerak. Ko‘z o‘ngimizda qadimiy an’analarni jilvalantiradigan bu bosh kiyimini qoraqalpoq ayollari qadim-qadimdan to‘y-marosimlarda kiyish­gan.
to`liq
92 marta o`qilgan
SAMODAN «MEHMON»LAR KELADIMI?
09 Fevral 2012 22:20
So‘nggi bir necha o‘n yillar davomida sayyoramizga noma’lum uchar ob’ektlar (NUO), yoki boshqacha aytganda, «uchar tarelkalar» tashrif buyurganligi haqida tarqalgan «mish-mish»larga kelsak, ular juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘layotgani, biz mutasaddi olimlarni tashvishga solib, jamoatchilikka bu muammoning oqini oqqa va qorasini qoraga ajratib berish mas’uliyatini yuklaydi.
to`liq
138 marta o`qilgan
G‘OYIBDAN KELGAN «SADO»
09 Fevral 2012 18:58
Yerda va tashqi sivilizatsiyalarda hayotning mustaqil paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi ilmiy gipoteza bugungi kunda olimlar tomonidan haqiqatga yaqin nazariya deb tan olinadi. Darvoqe, bunday shov-shuvlar, ayniqsa, keyingi yillarda tez-tez kuzatilib, ular asosan Yerning yo‘ldoshi Oyga, Mars va Veneraga, ba’zan Yupiterning yo‘ldoshlariga tegishli xabarlardir.
to`liq
121 marta o`qilgan
HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI
27 Yanvar 2012 22:44
Dunyo olimlari yerning yoshini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli usullar yordamida o‘rganib, taxminan 4,5-4,6 milliard yil deb belgilagan. Unda hayotning paydo bo‘lgan davri haqida esa, shu soha mutaxassislari — poleontologlar “bir ovozdan” bundan 3,5 milliard yil oldin yerda hayot paydo bo‘lgan, degan fikrda to‘xtalganlar.
to`liq
131 marta o`qilgan
TASALLI BERA OLING
27 Yanvar 2012 22:31
Dono xalqimiz «Bemorga malhamdek hayot bag‘ishla, chorasiz qolguncha najot bag‘ishla», degan naqlni bejizga aytmagan. Binobarin, kasallik bilan kurashayotgan bemor uchun dori-darmon, parvarish bilan birga e’tibor, shirin so‘z, g‘amxo‘rlik ham juda zarur.
to`liq
110 marta o`qilgan
YERNING MANZILI
18 Yanvar 2012 19:50
Planetamizning cheksiz Koinotdagi o‘rni va uning paydo bo‘lishi, tuzilishi va boyliklari bilan qiziqmagan odam bo‘lmasa kerak. Planeta bo‘ylab sayr qilmoqchi bo‘lgan kishi uchun uning mamlakatlari va undagi shaharlarni bilish qanchalik zarur bo‘lsa, Koinot bo‘ylab «sayr» qilmoqchi bo‘lgan kishi uchun ham uning tuzilishi, relefi, ehtimol tutilayotgan suv zahiralari, o‘rmon va tabiiy boyliklari, atmosferasi va ular orasidagi bog‘lanishlardan xabardor bo‘lish shunchalik muhim.
to`liq
150 marta o`qilgan
HAR SHEVADA MING JILO
12 Yanvar 2012 21:21
Tilning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Davrlar o‘tishi bilan u boyib boradi. Ayni paytda dunyodagi xalqlar 2976 tilda gaplashadilar. Shundan 200 xilining har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning har birida esa 60 millionga yaqin kishi so‘zlashar ekan.
to`liq
120 marta o`qilgan
“QARZLAR KITOBI”GA BIR NAZAR
04 Yanvar 2012 21:19
Qadim-qadimdan har bir xalq o‘z taqvimiga ega bo‘lgan. Faqat ular bir-biridan oyning necha kundan iboratligi va foydalanish usulining har xilligi bilan tafovutlanadi. “Kalendar” lotincha “kalendarium” so‘zidan olingan bo‘lib, “qarzlar kitobi” degan ma’noni bildiradi. Qadimgi Rimda qarzdor kishilar o‘z qarzlarining ma’lum foizini, odatda, har oyning birinchi kunida to‘lashgan.
to`liq
142 marta o`qilgan
LAHZANI «USHLAB QOL»
04 Yanvar 2012 21:15
Aksariyatimiz saharlab uyg‘onamiz-u, nonushta qilib ishga jo‘naymiz. Shom qoraygach, uyga qaytamiz. Soat tungi o‘n ikkiga bong urganida uyimiz devorida osig‘liq turgan taqvimning navbatdagi varag‘i «eskiradi» va umrimizning sakson olti ming to‘rt yuz soniyadan iborat yana bir kuni ortda qoladi. Million-million lahzalardan iborat hayotimiz shu zaylda o‘taveradi-o‘taveradi...
to`liq
132 marta o`qilgan
BEBAHO TUHFA
21 Dekabr 2011 21:04
Jahon tasviriy san’ati tarixida musavvirlar tomonidan yaratilgan har bir asarda go‘zallik, nafosat, ezgulik va mehr-muhabbat uyg‘unligini va beg‘ubor tuyg‘ular timsolini ko‘ramiz. Xususan, bugungi kunga qadar portret san’atining eng noyob namunasi bo‘lgan Leonardo da Vinchining “Mona Liza” (“Jakonda”) asari go‘zallik timsoli sanalsa, benazir iste’dod sohibi Rafael Santi nomini abadiylikka muhrlagan “Sikstin Madonnasi” kartinasi onaning farzandga bo‘lgan cheksiz muhabbatini tarannum etadi.
to`liq
139 marta o`qilgan
OLAM VOLIDALARI QO‘SHIG‘I
01 Dekabr 2011 18:25
Alla... Necha zamonlardan buyon bu qo‘shiq onaning qaynoq ehtiroslari, mehr anvorlari, qalb nidolari hosilasi sifatida sayqal topib, go‘zallashib, avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Folklorshunos olim A.Vetuxov: “Ona o‘zining tug‘ma sezgirligi bilan bola uchun faqat qo‘shiq kerakligini... Tinchlantiruvchi yorqin qo‘shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alla yuzaga keldi”, deb yozgan edi.
to`liq
154 marta o`qilgan
XO‘JAILMKONI MO‘JIZALARI
23 Noyabr 2011 20:38
So‘z mulkining sultoni, ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonini har gal mutolaa qilganimizda fikrlarimiz yangilanadi. Asarning XXV bobida uchinchi iqlimdan kelgan musofirlar aytgan afsona bor.
to`liq
168 marta o`qilgan
EL OG‘ZIGA BOL TUTAYOTGANLAR
10 Noyabr 2011 11:31
Qadimiy manbalarning guvohlik berishicha, asalarichilikning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Yurtimiz hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida bundan 150 ming yil avval yasalgan asalari tasviri tushirilgan ko‘zachalar topilgan. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino esa asalning shifobaxshligiga yuqori baho berib, sog‘lom bo‘lish va uzoq umr ko‘rish uchun uni iste’mol qilib turishni tavsiya qilgan.
to`liq
180 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM