Beshinchi ummon

17 Sentabr 2011 14:58
AXALTAKA SHUHRATI
“Turkiston yulduzi” albom-kitobi nashrdan chiqdi
Odam azal-azaldan ot bilan do‘st, birodardir. U insonning hamrohi va sirdoshi ekani haqida xalq dostonlarida, badiiy asarlarda tarannum etilgan, ibratli filmlar yaratilgan. Darhaqiqat, ot aqlli jonivor bo‘lgani bois odamni tushunadi, dardini his etadi, quvonchiga sherik bo‘ladi. Shu bois u har qancha e’zoz-ehtiromga munosib.
Mustaqilligimizning 20 yilligi nishonlanayotgan qutlug‘ kunlarda “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Turkiston yulduzi” albom-kitobi nashr etildi. O‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarida chop etilgan ushbu albomda asosan istiqlol yillarida mamlakatimizda ot sportini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar, yurtimiz va jahondagi ot fermalarining faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilgan. Albom “Samoviy otlar”, “Tur­kiston yulduzi” g‘oliblari” va “Arg‘umoqlar izidan” deb nomlangan uchta yirik bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning har biri qator qiziqarli maqolalarni o‘z ichiga olgan.
Albomning asosiy qismida axaltaka otlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Jumladan, kitobning “Nasllar tarixidan”, “Axsitana otlari” maqolalarida tarixiy ma’lumotlar bilan birga chuqur tahliliy mulohazalar yuritilgan. Albom muallifi, “Axaltaka — Sher” ot sporti klubi direktori Kamol Mirxo‘jayev o‘z ilmiy izlanishlari orqali ushbu tulporning asl vatani O‘zbekiston ekanini ham qator tarixiy manbalar orqali isbotlab bergan.
Muallif axaltaka otlarini ta’riflab, shunday yozadi: “Undagi nozik shakl va qiyofa ming yillar davomida sayqallanib, kamolga yetgan. Baland bo‘yi, chayirligi, aniq ko‘zga tashlanadigan yag‘rini, belining uzunligi sababli oldinga sal egilgan, baquvvat sag‘risi, uzun, ingichka oyoqlari boshqa otlardan ajratib turadi”.
Axaltaka otlari yillar davomida tarix sahifalaridan shon-shuhratini yo‘qotmay kelayotir. Hatto ular haqida tarixchi Gerodot shunday deb yozgan: “Axaltakalarning yoli shoyisimon va yum­shoq, buni boshqa hech qanday otlarda uchratmaysiz. U yupqa atlasga o‘xshaydi va alohida jilva beradi”.
Albomning “Arg‘umoqlar izidan” bobida esa O‘zbekistonda va dunyoning qator mamlakatlarida axaltaka otlari bilan bog‘liq sport klublari, zavodlari haqida keng ma’lumotlar berilgan. Mamlakatimizda esa “Axaltaka — Sher” ot sporti klubi mazkur zotni ko‘paytirish va ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Masalan, sport klubi sa’y-harakatlari tufayli asl axaltakalarning soni so‘nggi o‘n yil mobaynida 20 tadan 300 taga ko‘paydi.
Shuningdek, “O‘zbegim” ot zavodi aynan axaltaka otlarini ko‘paytirishga ixtisoslashgan respublikamizdagi eng katta xo‘jalik bo‘lib, u 1995 yilda tashkil etilgan. Bu yerda axaltakaning noyob Oq bilak zotini saqlab qolish va ko‘paytirish asosiy vazifa qilib belgilangan. Qolaversa, zavodda ot sportining klassik turlaridan bo‘lmish konkur va ot minish turlari rivoj topmoqda.
Albomda ayni kunlarda xorijda axaltaka otlariga katta e’tibor berilayotgani to‘g‘risida faxr bilan yozilgan. Bu o‘z-o‘zidan jonivorlarning nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoda ham nufuzi va shuhrati benihoya yuksakligini ko‘rsatib turibdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizdagi ot sporti va ot zavodi muassasalari xorijdagi barcha axaltaka otlari ustida ish olib boruvchi klublar, assotsiatsiyalar, fermalar, birlashmalar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
“Turkiston yulduzi” kitob-albomi noshirlik va matbaachilikning yuksak talablariga javob berishi bilan birga bu sohadagi yutuqlarni o‘zida mujassamlashtirgan. O‘zbek noshirlari ham dunyo matbaachilarini hayratga soladigan mahsulotlar chiqarishga qodirligini ko‘rsatib turibdi. Ushbu albom-kitobni axaltaka otlari haqida keng va batafsil ma’lumot beruvchi kichik ensiklopediya deyish mumkin. U nafaqat ot sporti ustalari, chavandozlar, ot zavodlari mutaxassislari uchun, balki ushbu sport turiga qiziqadigan yosh sportchilar, otga mehr qo‘ygan insonlar uchun ham birday qimmatli.
Ashurali JO‘RAYEV  

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM