Beshinchi ummon

10 Noyabr 2011 11:31
EL OG‘ZIGA BOL TUTAYOTGANLAR
Qadimiy manbalarning guvohlik berishicha, asalarichilikning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Yurtimiz hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida bundan 150 ming yil avval yasalgan asalari tasviri tushirilgan ko‘zachalar topilgan. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino esa asalning shifobaxshligiga yuqori baho berib, sog‘lom bo‘lish va uzoq umr ko‘rish uchun uni iste’mol qilib turishni tavsiya qilgan.
Mustaqillik yillarida respublikamizda asalarichilik sohasining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Pirovardida, soha bilan shug‘ullanadiganlar safi kengaydi. Navoiy viloyatida esa 2005 yili asalarichilar uyushmasi tashkil etildi. Uyushmaning sa’y-harakati tufayli viloyatning birgina Qiziltepa tumanida bugun yuzdan ziyod asal­arichilik xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, tajribali asalarichi Po‘lat bobo Murodovning bu boradagi ishlari tahsinga sazovor. Asalarichi qarindoshi Ulug‘bek Murodov bilan birgalikda Ukrainadan arining “Karpat” turini keltirib ko‘paytirdi. Bu turdagi asalarilar o‘zining sermahsulligi bilan ajralib turadi.
— Asalarining mehnatini ko‘rib lol qolaman, — deydi Po‘lat bobo. — U kun bo‘yi guldan-gulga qo‘nib, tinim bilmay nektar yig‘adi. Yangi nektar topilishi bilan darhol ortiga qaytib, sheriklariga yangi topilgan oziqning qayerdaligini o‘ziga xos raqs orqali xabar qiladi. Asalari buni shu qadar aniq tushuntiradiki, sheriklari bu joyni hech qiynalmay topib boradi. Ochig‘i, men asal­arilarning bu xatti-harakatlarini ko‘rib, kasbimdan zavq olaman.
Po‘lat boboning aytishicha, asalari uyasini mumdan yasaydi va muntazam oltiburchak shaklida, aniq hisob-kitob bilan quradi. Buning boisi, kam mum ishlatib, katta hajmdagi uya qurishga erishish ekan. Shuningdek, asalari soatiga 6,5 kilometr tezlikda uchib, bir kunda o‘rtacha yetti yuzta gulga qo‘nadi. Bir kilogramm asal yig‘ish uchun esa 19 millionta gulga qo‘nadi, 300 ming kilometr masofani uchib o‘tadi. Bu mehnatkash jonzotning vazifasi doimo o‘zgarib turadi. Bugun nektar yig‘ib kelgan asalari ertasiga navbatchi yoki oziqchi bo‘ladi, qolganlari “o‘lja izlaydi” yoki qanotlarini silkitib arixonani shamollatib turadi. Faqat ona asalari ishlamaydi, uning vazifasi arilar naslini yangilab turishdan iborat.
Asalarichilik faoliyatini 1988 yili o‘nta asalari oilasini parvarishlashdan boshlagan Po‘lat bobo Murodovning qarovida bugun 150 quti asalari oilasi bor. U kasbi ortidan topganidan kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatadi. Qolaversa, besh kishini ish bilan ta’minlagan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. Ular orasida tajribali asalarichi G‘afur Bo‘ronov ham bor. G‘afur aka bolaligidan shu sohaga qiziqqani bois, ustozidan asal­arichilikning sir-asrorlarini puxta o‘rgandi.
— Asalarini yaxshi parvarishlab, doimiy nazorat o‘rnatilsa, yuqori natijalarga erishish mumkin, — deydi G‘afur aka biz bilan suhbatda. — Agar arilar qish mavsumidan betalafot chiqsa, ko‘p va yaxshi asal olish turgan gap. Bu sohada ish boshlaganimdan beri mahallamiz yoshlaridan to‘rt nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, yana olti kishi mavsumiy ishga jalb qilib kelinmoqda. Yillik daromadim o‘rtacha 10-15 million so‘mni tashkil etadi. Bayramlar arafasida tumanimizdagi kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatib kelamiz.
Po‘lat bobo Murodov va G‘afur Bo‘ronovning hayotiy tajribalari, kasbiga bo‘lgan mehrini ko‘rgan shogirdlari Nusrat Teshayev, Anvar Soliev, Sherzod Saidov, Hoshim Hasanov, Nozim Bo‘ronov va Bobur Shukrullayevlar bugun mustaqil faoliyat yuritishyapti. Ularning har biri 80-90 quti asalari oilasini parvarishlab, mahalladoshlarini doimiy ish bilan ta’minlaganlar.
Qalamga olganimiz birgina Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida el og‘ziga bol tutayotganlar, xolos. Yurtimizda esa ular singari o‘z kasbiga sodiq insonlar ko‘plab topiladi. Aynan ularning halol mehnatlari natijasida aholi dasturxoni to‘kin, turmushlari bol kabi totli.
Tolibjon NIZOMOV

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM