Beshinchi ummon

12 Yanvar 2012 21:21
HAR SHEVADA MING JILO
Tilning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Davrlar o‘tishi bilan u boyib boradi. Ayni paytda dunyodagi xalqlar 2976 tilda gaplashadilar. Shundan 200 xilining har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning har birida esa 60 millionga yaqin kishi so‘zlashar ekan.
Rivoyat qilishlaricha, insonga  turli tillar qayd etilgan bir xalta qog‘oz berilgan va u har biri bitta o‘lkaga berilishi kerak ekan. Inson tog‘lar, daryolar osha qog‘ozlarni taqsimlay boshlabdi. Charchab-horigach, oxirgi qopdagi 10 ta qog‘ozni bir o‘lkaga tashlabdi. Shu bois o‘sha o‘lkada yashaydigan qavmlarning har biri har xil tilda gaplashadigan bo‘lib qolishibdi. Dog‘istonda 1 milliondan ortiq aholi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda so‘zlashishlari rivoyat to‘g‘riligidan dalolat beradi. 
Dunyodagi tillar o‘zining kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik yaqinligi bo‘yicha bir necha til oilalariga bo‘linadi. Shunga ko‘ra, yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor. O‘z navbatida til oilalari turkumlarga bo‘linadi. Masalan, 24 xil turkiy til mavjud. O‘zbek tili esa turkiy tillarning oltoy oilasi turkumiga kiradi.
O‘zbek tili rasmiylik doim ta’sir etib turadigan adabiy va adabiy bo‘lmagan qatlam — sheva, oddiy nutq, vulgarizm, jargonlar va boshqalardan iborat. Ma’lumki, muayyan joyda istiqomat qiladigan odamlarning o‘zaro aloqada bo‘lishlari sheva hisoblanadi. Bir-biriga yaqin shevalar yig‘indisi esa lahja deyiladi. O‘zbek tili tarkibida uchta lahja bor. Shularning biri O‘g‘uz lahjasi (shimoliy, g‘arbiy, janubiy Xorazmning bir necha shevalar guruhi. O‘g‘uz lahjasining Xorazm shevasida unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi. Adabiy tilda: “Ertaga xolam biznikiga keladi”, deyilsa, shevada “Ertang xolam bizlara galajak”, deyiladi. “Bo‘zchining mokisidek” degan  ibora “Nadayan tez-tez qatnivarding”, deb ham aytiladi. “Bir yoqadan bosh chiqarib” degan ibora Xiva shevasida “Og‘zi bir bo‘lib”, ya’ni «ahillikda, hamjihatlikda ish ko‘rish» degan ma’noda ishlatiladi. “Aytilgan joydan qolma” degan ibora Xiva shevasida «Chaqirilgan yera xon boribdi» deyiladi. Bizning Xorazm viloyatida 10 ta tuman, bitta shahar bo‘lib, ularning har qaysisining o‘ziga xos shevasi bor. Masalan, Xiva, Qo‘shko‘pir tumanlari, Urganch shahrining shevasi bir xil, juda o‘xshash bo‘lgani holda Gurlan, Yangibozor tumanlarining shevasidan juda farq qiladi. Shuningdek, Xonqa bilan Yangiariq shevasi bir-biriga yaqin bo‘lsa, Hazorasp, Bog‘ot tumanlarining shevasi o‘zaro o‘xshash.
    Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili benihoya chiroyli va ohangdor. U o‘xshatish, ibora, qochirim va ma’nodosh so‘zlarga nihoyatda boy. Tilimizning nechog‘li go‘zalligini bilish, boshqalarga ham ko‘rsatib berish uchun uni yanada chuqurroq o‘rganishimiz lozim.
Feruza SAPAROVA
Gurlan tumani

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM