Beshinchi ummon

27 Yanvar 2012 22:44
HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI
Dunyo olimlari yerning yoshini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli usullar yordamida o‘rganib, taxminan 4,5-4,6 milliard yil deb belgilagan. Unda hayotning paydo bo‘lgan davri haqida esa, shu soha mutaxassislari — poleontologlar “bir ovozdan” bundan 3,5 milliard yil oldin yerda hayot paydo bo‘lgan, degan fikrda to‘xtalganlar.
Yerda ma’lum sharoitlar vujudga kelgandan so‘ng, hayotning eng sodda ko‘rinishlari — mikroorganizmlar, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganligi haqidagi fikrni birinchi bo‘lib ilgari surgan miletlik (Yunoniston) olim eramizdan 600 yilcha oldin yashab o‘tgan Anaksimandr edi.
Uning qarashlari, o‘z vaqtida, xususan, XVI asrda Medichilar oilasining saroy hakimi, florensiyalik F.Redi va keyinroq abbat Spallantsani tomonidan tan­qidga uchrasa-da, biroq XX asrning 20-yillarida taniqli bioximik-paleontolog, akademik A.Oparin tomonidan yana qayta tiklandi.
A.Oparin Yerda hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganligini yetarlicha ilmiy asosladi. Olimning bu fikri keyinroq ingliz bioximigi D.Xoldeyn tomonidan quvvatlandi. Oparinning fikrini tajriba yo‘li bilan aniqlash maqsadida taniqli amerikalik olim G.Yurining o‘quvchisi Stenli Miller bir qancha tajribalar o‘tkazdi. Natijada nuklein kislotasiga asoslangan bir qancha organik kislotalar olinib, Oparinning gipotezasi yetarlicha ilmiy asosga ega ekani tasdiqlandi.
Bundan qariyb 45 yil muqaddam olimlardan D.Uotsin va F.Kriklar DNK (dezoksiribonuklein — tirik organizmlar hujayralari yadrolari tarkibidagi yuqori polimerli tabiiy birikma) kislotasining tarkibini aniqladilar.
Sal keyinroq olimlardan F.Krik, M.Nirenerg va S.Osoalar barcha mavjudot (bakteriya, o‘simlik va jonivorlar) uchun bir xil bo‘lgan genetik kod tuzilishini kashf qilishdi.
Garchi, bugun hayotning paydo bo‘lishi muammosi bilan shug‘ullanadigan olimlar, oddiy molekulalar (masalan aminokislotalar) aralashmasidan, oldindan belgilangan xususiyatga ega bo‘lgan biologik polimerni (oqsil) olishga qurblari yetmasa-da, ko‘pchiliklari Yerdagi hayot noorganik moddadan bundan 3,5 milliard yil ilgari paydo bo‘lganiga ishonadilar.
Oxirgi bir necha o‘n yillar davomida galaktikalardagi gazchang bulutlarni radioastronomik metodlar asosida o‘rganish unda bir necha xil organik molekulyar birikmalar borligini ma’lum qildi. Bular ichida, ayniqsa, sinil kislota, formaldegid, metilzmin va spirtlarning topilishi, koinotda hayotning paydo bo‘lishi muammosini hal qilishga muhim ilmiy asos berdi. Ma’lumki, o‘simliklar va hayvonot dunyosi tarkibiga kiradigan organik moddalar asosan uch xil gruppaga — uglevodlar, yog‘lar va oqsillarga sinflanadi. Bu organik moddalarning asosini uglevod, vodorod va gidroksil (ON) tashkil qilishini va ximik qonuniyatlar Koinotning hamma qismlarida bir xil kechishini e’tiborga olsak, hayotning eng sodda ko‘rinishlari bo‘lmish, organik birikmalar, zaruriy sharoit vujudga kelganda, Koinotning ixtiyoriy “burchagi”da tug‘ilishi mumkinligini tushunish qiyin bo‘lmaydi.
Bu orada rus olimi, akademik Oparinning o‘tgan asr­ning 20-yillaridagi nazariy tadqiqotlari ilk izlanishlardan bo‘lib, keyinchalik tajribalarda to‘la tasdiqlandi. Birinchi bunday tajriba mashhur amerikalik olim G.Yurining shogirdi Stenli Miller tomonidan 1953 yilda amalga oshirildi. Miller ammiak, metan, vodorod va suv bug‘larining suv bilan birgalikdagi yopiq sistemasidan elektr razryadi o‘tkazdi. Natijada u suvda oqsilning asosiy tashkiliy qismi bo‘lgan organik modda — aminokislotalarni olishga muvaffaq bo‘ldi. Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan bu sinov tajribasidan so‘ng olimlar oddiy gazlar aralashmasidan nobiologik yo‘l bilan organik birikmalarni sintez qilish bo‘yicha yuzlab tajribalar o‘tkazdilar. Oqi­batda organik kislotalar, tabiiy aminokislotalarning hamma turi, nuklein kislotaning asosi va birinchi tirik hujayradan “bir qadam oldin” turadigan koatservat va proteinoid mikrosferalar qo‘lga kiritildi. Garchi, bu “xom­ashyolar”dan tabiatda oqsil hosil bo‘lishi uchun tabiiy tanlashga minglab (balki millionlab) yillar zarur bo‘lsa-da, Koinotning “yoshi” 15-20 milliard yildan kam emasligini nazarga olsak, sharoit vujudga kelgach, uning yuzlab burchaklarida hayot paydo bo‘lishiga prinsipial qarshi chiqadigan dalillarni fan ko‘rmaydi.
Shuning uchun ham ayni zamon fani galaktikalardagi yulduzlarning tabiat tomonidan hayotning vujudga kelishi uchun zaruriy sharoitlar “in’om” qilingan sayyoralarida Yer tipida hayot bo‘lishini va hatto u rivojlanib, aqlli mavjudotlar qarorgohiga aylanishi ehtimolini inkor etmaydi. Bas shunday ekan, Koinotda yulduz sistemalarning ko‘pligini e’tiborga olib (faqat bizning Galaktikamizda yulduzlarning soni 150 milliardga yaqin bo‘lib, Koinotda kuzatilgan bunday Galaktikalarning soni bugungi kunda qariyb 10 milliardni tashkil etadi), tashqi sivilizatsiyalarning mavjudligiga hech ham shubha qilmasa bo‘ladi.
(Davomi bor)
Mamatmusa
Mamadazimov,
professor

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM