Beshinchi ummon

26 Oktabr 2011 20:00
MUHABBAT BEKATLARI
Ular ajabtovur tasodif tufayli ilk bor “Nigoh” bekatida uchrashib qoldilar. Ko‘z ko‘zga tushdi-yu, yaqin suhbatdoshga aylanishdi. Ertasi kuni “Do‘stlik” shaharchasidan uzoq va mashaqqatli safarga otlanadigan bo‘ldilar. “Do‘stlik” shahri “Xiyonat” va “Muhabbat” shaharlari bilan qo‘shni edi. Ular “Muhabbat” shahriga borishga orzumand bo‘lib, “Orzu” bekati tomon ketishdi. “Orzu” bekati “Armon” bekatining qarshisida edi. Katta yo‘lning u yog‘i armonga, bu yog‘i orzuga yetaklardi. Ularga “Armon” bekatidagilarning tushkun holati yoqmadi. Qolaversa, u bekatda faqat peshonasiga «Afsus va nadomat» deb yozilgan poezd qo‘qqayib turardi, xolos.
Yoshlar “Orzu” bekatidagi “Umid” poezdiga chiqishdi. Yo‘lda “Ishq”, “Sog‘inch”, “Xiyonat” bekatlarida bir-bir to‘xtab o‘tishdi. Ovqatlanib olamiz, deb «Ayriliq» bekatida qolib ketishlariga sal qoldi. “Hijron” bekatida esa poezd tasodifan buzilib qoldi. Bu bekatda “Sog‘inch” poezdidan boshqasi poezd yo‘q edi. Ular yana yo‘lga chiqishdi. Afsuski, bu safar adashib, «Rashk», undan keyin esa «Shubha va gumon» bekatiga borib qoldilar. Bu bekat ancha sokin, kimsasiz edi.
To‘g‘ri-da, inson ko‘ngilni qanday aldasin? U «Shubha va gumon» bekatidan qo‘nim topgan bo‘lsa, visoldan biror umid bormikan? Tun yon-atrofga o‘zining qora chodirini yoygach, ular shu bekatdagi «Sabr» nomli mehmonxonada tunab, tongni intizorlik bilan kutishdi. Yuraklarida yonayotgan muhabbat alangasi ko‘ngillariga munavvarlik hadya etar, hademay quyosh zaminni zarrin nurlariga chulg‘aganda bu bekatga ham poezd kirib kelishiga ishonishardi. So‘lim oqshom, mayin esayotgan shamol va samoda sho‘xchan charaqlab turgan yulduzlar ularning “Nigoh” bekatidan boshlangan g‘aroyib sarguzashtlari, albatta, «Nikoh» bekatida nihoyalanishini bashorat qilayotgandek edi.
Marhabo MAHKAMOVA,
O‘zMU talabasi
 

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM