Beshinchi ummon

YON DAFTARDAN
13 Iyul 2006 00:09
...Yon bosmasang, hatto sevgan ayoling bilan ham ahil yashashing mushkul.
Ayol makriga duch kelganingdagina ayolning nimaga qodirligini bilasan. Ungacha ayol bequsur farishta.
“Muhabbat — hayoni yengish usuli” (Z. Freyd). Ha, hayoni, biroq ayolni yengish usuli emas...
to`liq
599 marta o`qilgan
CHUMOLI VA KOSMOS
13 Iyul 2006 00:05
Ilohiy kitoblarda yozilishicha, bu foniy dunyoni Alloh o‘z aksidan yaratadi va unda yashayotgan 18 ming olamga sardor etib ajib bir mahluqot Hazrati Odamni yaratadi. Hazrati Odamga bu foniy dunyodagi har bir narsa Allohni eslatib, unga erishish yo‘lida unga moddiy va ma’naviy ko‘mak berib turarkan. to`liq
682 marta o`qilgan
“M” HARFINING MASHMASHALARI
13 Iyul 2006 00:04
“Yozuvchi nafaqaga chiqmaydi”. Tog‘ay Murod aytgan. “Yozuvchi dam olayotganda ham ishlaydi”. Abdulla Qahhor aytgan. Masalan, birovning oyog‘ini tramvay bosib ketsa, yozuvchi vaziyatni, odamlarning o‘zini tutishini tasvirlab qog‘ozga tushirib qo‘yishi kerak. Mabodo qachonlardir asar yozishda shu epizodga zaruriyat tug‘ilsa hech kim oyog‘ini tramvayga bostirish uchun rozi bo‘lmaydi...
to`liq
622 marta o`qilgan
KATTALAR YUTQAZDIMI?
13 Iyul 2006 00:03
O‘zbekiston” telekanali orqali yaqinda e’lon qilingan “Shaxsiy fikr” ko‘rsatuvida juda dolzarb masala o‘rtaga qo‘yildi: katta va yosh avlodning o‘zaro munosabati qanday?
to`liq
633 marta o`qilgan
KO‘NGIL
13 Iyul 2006 00:01
Konservatoriyaning musiqa sadolariga boy xona va zallarida shogirdlari bilan muloqotda bu professorning bilimdonligidan, mehr bilan aytilgan so‘zlar Nilufarga, Dilfuzaga, boshqa yosh xonandalarga darhol ta’sir etganidan mamnun bo‘laman. to`liq
619 marta o`qilgan
“...CHI?” BOSHQOTIRMALARI
12 Iyul 2006 23:59
Eri bitta bo‘lgan ikki xotinni — kundoshlar deyishadi.
Bitta xotinga “tegishli” ikki erkakni-chi?
to`liq
604 marta o`qilgan
INTERFAOL “USUL”DAGI DARS
12 Iyul 2006 23:58
Hurmatli o‘quvchilar, bugungi darsimizni interfaol usulda o‘tamiz. Erkinroq bo‘lishga, savol-javoblarda faol qatnashishga harakat qilinglar. Biologiya fanining hayotimizdagi ahamiyatini takrorlab o‘tishga hojat yo‘q. Demak, boshladik... Alimov kepkani yech. Xodjaev ketingga qarama, oldingga qara! Kimda qanday savol bor? Turg‘unov nima demoqchisan?
to`liq
630 marta o`qilgan
AYOL ZIYNATI — AYOLLIK
12 Iyul 2006 23:55
...Umr qisqa, ammo hayot ayol tufayli muabbaddir.
Yillar o‘tgach bir purhikmat imkon senga in’om etilganiga iqror bo‘lasan — u ayol bilan birga, yonma-yon yashash imkonidir.
to`liq
608 marta o`qilgan
MEN MASHHURMAN ENDI!
12 Iyul 2006 23:53
Meni televizorda ko‘rsatishdi. “Bo‘sh kelma, ijodkor!” teletanlovida. Otning qashqasiday tanilib ketdim. Ko‘chada odamlar bir-birlariga meni ko‘rsatishib tirjayishadi, deng! Ishonasiz-mi, baribir xotinimga yoqmadim. Bolalarim hurmat ko‘rsatishdi. Quchoq ochib peshvoz chiqishdi, yuzlarimdan cho‘lp-cho‘lp o‘pishdi.
to`liq
644 marta o`qilgan
KO‘NGIL TA’LIMOTI
12 Iyul 2006 23:52
Inson qalbini ko‘zguga o‘xshatishadi. Agar uni tez-tez artib, poklab tursang yaltirashidan diling quvnaydi. Aksi bo‘lsa, zang bosib, qarovsiz holga keladi. Qalbning poklanishi xuddi yaltiragan ko‘zgu kabi. U g‘uborlardan, yovuz illatlardan, yomon xulqlardan tozalanmasa, zanglaydi...
to`liq
714 marta o`qilgan
ABLAH
12 Iyul 2006 23:49
I. S. TURGENOV
(rus tilidan tarjima)
Bor ekan-da, yo‘q ekan, bir ablah bo‘lgan ekan.
U uzoq vaqt xush-xandon, yegani oldida, yemagani ketida yashabdi, biroq, bora-bora uning qulog‘iga miyasi aynib qolib, muttahamlik qilayotgani haqida gap-so‘zlar kela boshlabdi.
to`liq
579 marta o`qilgan
“XAFA BO‘LMASLIKNI O‘RGANISH KERAK”
12 Iyul 2006 23:48
No‘shiravoni Odil so‘radi:   
 — Oqil kishi kimdur?
Buzurgmehr dedi:
— Ul kishikim, dunyoni past va balandlig‘iga tangdil bo‘lmasa.
to`liq
1134 marta o`qilgan
NOMLAR QANDAY YOZILADI?
12 Iyul 2006 23:46
Bir tepalik bor edi. Shahardan tumanga olib boradigan serqatnov yo‘lning shu tepaligini avtobus bekatidagi chipta sotuvchiga takror-takror aytaverib charchashgach, kimdir birinchi fazogir Gagarin nomi bilan atavordi. Nom topolmay turganlarga bu osmondan tushgan tuhfa bo‘ldi va shunday qilib, Gagarin bekati, deb atala boshlandi.
to`liq
695 marta o`qilgan
G‘AVSUL A’ZAM HAJNING BAYONI HAQIDA
12 Iyul 2006 23:42
Musulmon olamida “aqtobi arba’a” (to‘rt buyuk qutb) tushunchasi bor. Ana shu qutbi zamonlardan biri — eng keng tarqalgan tariqatlardan bo‘lmish “qodiriya” sulukining asoschisi Shayx Sayyid Muhyiddin Abdulqodir Giyloniy-Jiliydir (1077-1166). Ul zotning hayoti va faoliyati, ayniqsa kashfu karomatlari haqida ko‘plab risola va manoqiblarda hikoya qilingan. Bu zoti sharif xalq orasida ko‘proq “G‘avsul-a’zam” (eng buyuk madad beruvchi), ya’ni avliyolarning buyugi nomi bilan mashhurdir. Ko‘plab muxlislar Giyloniy hazratlari haqida “Botmagan quyosh” filmi orqali ham ma’lumotga egalar.
to`liq
656 marta o`qilgan
GERMENEVTIKA
12 Iyul 2006 23:40
G‘arbiy Yevropada 18-asrda fanga kirib kelgan germenevtika metodologiyasi hozirda barcha jamiyatlarning boshqaruv bo‘g‘inlarida ham qo‘llaniladi. Bu istiloh avvalda muqaddas diniy kitoblarning matnini o‘rganar va tushuntirar edi. to`liq
677 marta o`qilgan
TAQDIRNI BUYUKLIKKA ULAGAN ZOT
12 Iyul 2006 18:36
Sobiq sovet armiyasida xizmat qilganimda, qo‘shni qismdagi bir tungon yigiti menga shunday degan edi:
— Sen ham musulmonsan, to‘g‘rimi? Mana, sen serjant bo‘lding. Men bundan juda xursandman. Musulmonlar hamma joyda yaxshi jihatlari bilan o‘rnak bo‘lishlari kerak! Bizning ajdodlarimiz har sohada ilg‘or, harbiylarimiz yuksak jangovarlik qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Sen bularni hech qachon unutma! O‘zing ularga munosib ekanligingni amalda isbotlashing kerak! Qanday yordam kerak bo‘lsa, men tayyorman...
to`liq
908 marta o`qilgan
MERI BEKER — EDDI
12 Iyul 2006 18:31
Amerika barcha Fordlari, Linkolnlari, Vashingtonlari va Edisonlariga qaramay amerikacha idealizm va amerikacha ishbilarmonlikni o‘zida yorqin aks ettirgan Meri Bekker — Eddi kabi shaxsni hali yaratmagan.
                               S.Sveyg
to`liq
806 marta o`qilgan
“NETBOX”
12 Iyul 2006 16:35
U sizni televizor vositasida Internetga ulaydi
XX asr mo‘’jizasi deb ta’riflanayotgan global axborot tarmog‘i — internetsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Kundalik turmushimizda, jahon miqyosida tezkor ravishda axborot almashishimizda, butun dunyo bilan muloqot o‘rnatishimizda internetning o‘rni beqiyos. Insonlar uchun bu qadar yuksak ahamiyat kasb etayotgan internetga faqatgina kompyuter orqali ulanish mumkinmi yoki buning boshqa yo‘llari ham bormi? Buni qarangki, internetga bugungi kunga kelib deyarli har bir xonadonda mavjud bo‘lgan televizorlar orqali ham ulanish mumkin ekan. Buning uchun internetga ulanish imkonini beruvchi noyobgina “NETBOX” qurilmasi bo‘lsa bas. Ayni paytda O‘zbekistonda ham televizor yordamida internet xizmatidan foydalanish mumkin.
to`liq
573 marta o`qilgan
OZOD FIKR SHARAFI
12 Iyul 2006 14:20
Temir sovutlarga o‘ranib olgan, o‘tkir nayzalar bilan qurollangan Vaqt Zamonni ortda qoldirib, necha jonlarni qurbon qilib, shiddat bilan ilgari bosadi. Mana, endi olim va ustoz Ozod Sharafiddinov ham tiriklar safida yo‘q. Bu voqeaga bir necha oy to‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mazkur yo‘qotishga ko‘nika olgan emas. Bugun ham o‘sha tanti va oqil Ozod aka saflarda yurgandek. Afsuski, azal oyati allaqachon o‘qilgan. Endi ul zot haqidagi mehrli xotiralargina yashayapti. Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mahmud Sattorov yoddan o‘chmas uchrashuvlar haqida “Ozod fikr sharafi” sarlavhasida esdaliklarini qog‘ozga tushiribdi. Ular bag‘rikeng, samimiy va dangal inson haqida xabar beradi.
to`liq
987 marta o`qilgan
SEVGINING HAM ATRI BO‘LADI?
12 Iyul 2006 14:08
Xushbo‘y hiddan zavq olish, ta’sirlanish ranglardan muttaasir bo‘lishdan ham avval paydo bo‘lgan ekan. Hatto samo parvozidan yerga tushgan fazogirlarning eng avvalgi kuchli sezgisi — hid bilish ekan.
Sharq mamlakatlari, qadimgi Misr, Xitoy va Hindistonda ilk bor xushbo‘y yog‘lar tayyorlab, sochlar, badan terisi uchun ishlatganlar. Ellada va qadimgi Rim sportchilari anbarlarni hidlab-hidlab turganlar, bu esa ularning jangovar ruhlarini ko‘targan. Ko‘hna davrlardan buyon ma’lumki, xushbo‘y is inson asablariga quvvat beruvchi mo‘’jizaviy kuchga egadir. Hid bilish sezgisi hayvonlarda hayratli darajada rivojlangan. Hayvonlar kasallansa yoki zaharlansa, xushbo‘y giyohlarni izlab topib undan shifo toparkan.
to`liq
639 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM