BAXT NADIR, BAXTSIZLIK-CHI?
07 Fevral 2007 17:19
Baxtsiz onlarda eng yaxshi tayanch aql emas, balki jasoratdir.
L. Vovenarg
Baxt — boylikda, desangiz, hamma baxtsiz. Chunki aqlliga ko‘p narsa kerak emas, ahmoq esa baribir to‘ymaydi.
Asqad Muxtor
Inson farishta ham emas, hayvon ham. Uning baxtsizligi ko‘proq farishtaga o‘xshashga intilib, ko‘proq hayvonga yaqinlashib qolganidadir.
B. Paskal to`liq
636 marta o`qilgan
|
MAQTOVDAN SO`NG
24 Yanvar 2007 15:10
Eshikdan kirib kelgan yirik gavdali kishi jilmaygan holda biz bilan ko‘rishib chiqqach, go‘yo tashqaridagi bo‘lingan so‘zini davom ettirmoqchiday gapga tushdi:
— Men hech qanday niqobsiz, bo‘yanishsiz taniqli uch kishining timsolini sahnaga olib chiqaveraman. Bularning birinchisi yurtimizning sobiq rahbari Usmon Yusupov, ikkinchisi el-yurt e’zozlagan sozanda va bastakor — Muhammadjon Mirzaev hamda uchinchisi, u ham taniqli musiqachi Nusrat Inoqov, ya’ni kaminai kamtarinning o‘zlaridir. to`liq
592 marta o`qilgan
|
BISMARK: SIYOSATCHI VA ARBOB
24 Yanvar 2007 15:07
“Buyuk masalalar nutq irod qilish va parlament rezolyutsiyalari bilan emas, balki qilich va qon bilan hal qilinadi”. Ushbu so‘zlarni Germaniya buyuk kantsleri Otto fon Bismark tomonidan 1848 yili aytilgan edi. Lekin u o‘z fikrini 1864 yilga kelib o‘zgartiradi: “Hukumat uchun ba’zi masalalarni hal etishning eng so‘nggi chorasi nayzadir”. Bismark matbuotni yoqtirmagan, hatto pisand qilmagan bo‘lsa-da, u o‘zining siyosiy hamda diplomatik faoliyatida matbuotdan unumli foydalangan. to`liq
736 marta o`qilgan
|
ILOQ XAZINASI
24 Yanvar 2007 15:04
Bistepa yodgorligining janubiy qismidan topilgan tanga sinchiklab tozalangandan keyin, unda Qur’on oyatlaridan suralar, old tarafida esa hukmdorning nomi bitilgani ma’lum bo‘ldi. Og‘irligi 5 gr, hajmi 3,2 x 3,5 sm sof kumushdan ishlangan. Mazkur tanga olti yuz yil oldin, ya’ni Mirzo Ulug‘bek davrida zarb qilingan bo‘lib, bizga uzoq o‘tmishimiz, qadim shaharlardagi savdo-sotiq hamda O‘rta asr arab tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan “Iloq xazinasi” to‘g‘risida guvohlik beradi. to`liq
738 marta o`qilgan
|
YURAKDAGI GAPLAR
03 Yanvar 2007 16:01
Professor Hamidulla Akbarov bilan san’at va madaniyat, musiqa va adabiyot to‘g‘risida dildan gaplashish istagida edim. Imkon tug‘ildi-yu, kino va san’at masalalariga oid asarlari, behisob maqolalari, televidenie, radiodagi muntazam chiqishlari bilan jamoatchilikka yaxshi tanish olimga o‘zimni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat etdim. to`liq
672 marta o`qilgan
|
ULOQCHI OT KO`PKARINI KO`RGANDA...
03 Yanvar 2007 15:58
Bu san’atkorni oramizdan ketganga ham o‘n yildan oshibdi. Hamon uning qo‘shiqlari kuylanyapti. Bu qo‘shiqlarni eshitganlar sergak tortyapti. Ayrim haqiqiy shinavandalar qo‘shiq va sehrli kuy hamohangligida u bilan jo‘rovoz bo‘lib kuylashyapti.
Qancha-qancha qo‘shiqchilar uni “Dog‘man”ini aytib tirikchiligini o‘tkazishyapti. Lekin... yaqinda uning qo‘shig‘ini aytib bir xalta pul ishlagan artist boladan “Tavakkal Qodirovni bilasizmi”, deb so‘raganimda “Eshitganman” degan javobni oldim, xolos. Hozir bundaylarni sanog‘i ko‘p. Lekin Tavakkal akaday san’atkorlar sanoqli... to`liq
597 marta o`qilgan
|
Nitin MUKESH: RAJ KAPUR BILAN HAMNAFAS
03 Yanvar 2007 15:46
Darvoqe, zamonasining o‘ziga xos afsonaviy shaxsga aylangan Raj Kapur-Mukesh jilarning bir-birini to‘ldiruvchi ijodiy hamkorligi ularni o‘zaro bog‘lab turgan. Bu bog‘liqliklar Kapurlar xonadoni hamda bizning oila farzandlari bilan og‘a-inilar kabi yaqinlik rishtalarini bog‘lanishiga sabab bo‘lgan. Tengdoshlarim Randhir, Rishi, Rajiv Kapurlar bilan aka-ukalarday bo‘lib o‘sganmiz. Raj janoblarini ota hamda ustoz o‘rnida ko‘rardim. U kishi ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib, bu go‘zal mamlakatingizdan olgan taassurotlarini hikoya qilib berganlarida hali yosh bola edim. to`liq
574 marta o`qilgan
|
TESHA TEGMAGAN IBORALAR
07 Dekabr 2006 17:48
Ochofatlarni ovqatlanishga taklif qilmaydilar.
***
Uzr so‘rashning kechi bo‘lmaydi, qo‘pollikni esa vaqtida qilish kerak.
***
Hamma narsa bir narsaga kelib taqaladi: menga ber, unga berma.
***
Yirtqichlarni to‘ydirish kerak, yuvoshlarga tayoqni ko‘rsatish kifoya. to`liq
677 marta o`qilgan
|
AFANDINING ADASHI
07 Dekabr 2006 17:37
Ayrim ijodkor do‘stlarimiz bir-ikkita asari bosilsa, buyuklik kasaliga chalinib, bosar-tusarini bilmay qolar, goho xizmatni ham yig‘ishtirib qo‘yishar edi. Xayriyatki, Nasriddin bunday illatlardan xoli. Hamma yozgan asarlari mas’ul xizmat vazifalarida qattiq band bo‘lib turganida, goho dam olish va uyqu hisobiga yaratildi. Tirishqoqligi, mehnatkashligi qonida bor. to`liq
690 marta o`qilgan
|
MUNOJOTGA SINGIL NAVOLAR
22 Noyabr 2006 00:53
yoxud shoir Nabi Jaloliddinning “Hur nido” nomli she’riy to‘plamiga chizgilar
“Hur navo” bilan tillashuvimiz ancha og‘ir kechdi. Bunchalar tantiq bo‘lmasa misralar (“Tizzamni g‘ajiyman, tizzamni”, “Ko‘zlarim o‘yadi ko‘zlarim”). Buncha kekkaymasa ash’or degani (“Tepamda oy hamon biltinglar”, “Chiyillab qo‘yadi bechora dunyo”, “Zaminni ko‘zlagan paytimiz Osmonlar yig‘lasin o‘ksinib”). to`liq
631 marta o`qilgan
|
KUYOVNING SABOG‘I
22 Noyabr 2006 00:50
Eshmatvoyning yoshi ellikka kirsa ham esi kirmadi. O‘g‘il uylab, qiz chiqardi, o‘zini ichkilikdan tiyadigan vaqt bo‘ldi, axir. Bugun yana uning uzoqdan bir tomonga qiyshayib kelayotganini ko‘rib xotini — Xolposhsha erining shirakayfligini darrov payqadi.
— Salomat bo‘lgur, qachon sizga Xudo insof berib, ichkilikni tashlarkansiz? — deya g‘udranishni boshladi xotini.
— Ey, menga insof tilaguncha o‘zingga iymon tilasang bo‘lmaydimi? to`liq
570 marta o`qilgan
|
KIM QANDAY SHIOR TANLAGAN?
08 Noyabr 2006 00:46
Mashhur olim Plutarx esa: “Harakat — hayot omborxonasi”, degan iboraga sodiq qolgan. Mendeleev: iste’dod ahli haqida: “Jon fido qilib ishlamasa, na iste’dodlar, na daholar yuzaga chiqadi”, deb aytgan. Betxoven: “Iste’dodli va mehnatga muhabbatli odamning yo‘lini hech narsa to‘solmaydi”, degan fikrlar bilan o‘z san’atini jahonga yoygan. B. Shou: “Tirishqoqlik ilm sari yagona yo‘ldir”, deya ta’kidlagan. to`liq
628 marta o`qilgan
|
ENG YIRIK VA ZAMONAVIY
08 Noyabr 2006 00:28
Kompaniya matbaachilikdagi jahon tajribalarini o‘rganish va joriy etish, texnologiyalarini yanada takomillashtirish maqsadida Germaniya, Rossiya, AQSh, Hindiston, Chexiya va Vengriya kabi mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan. Kompaniya, ayniqsa, bugungi keskin raqobat sharoitida avvalgi mavqeini yo‘qotmaslik uchun tinimsiz izlanmoqda va shunga intilmoqda deyish mumkin. Va raqobat qanchalik keskin bo‘lmasin, u ilg‘orlikni qo‘ldan bermay kelayotgani ham ayni haqiqat. to`liq
595 marta o`qilgan
|
«MUXLISLARIMNI MOSKVADA KUTAMAN»
01 Noyabr 2006 23:47
— Muammolar juda ko‘p. Asosiy muammolardan biri yaratilayotgan asarlarga ommani qiziqtira olishdan iborat. Fikrimcha, har bir ko‘rgazma OAV orqali yanada kengroq yoritilishi lozim. Ijodkorlar oldidagi muammo esa asar mavzusini to‘g‘ri tanlash, shu orqali hissiyot va tushunchalarini tomoshabinga yetkazish va o‘z asarlari bilan xalq madaniy hayotida ijobiy tomonga siljish qilishdan iborat... to`liq
625 marta o`qilgan
|
YASHASH HIKMATI
18 Oktabr 2006 11:18
Ijodda sir ko‘p, hikmat ko‘p. Sersirligi, serhikmatligi bois ijod mudom jozibalidir. Ammo ijoddagi sirni ilg‘ash, hikmatni topish har kimga ham nasib etavermagan. Shunday aqllar borki, umrini, vujudini ijodga baxsh etadi, ming vahki, ijoddagi sir ham, hikmat ham unga tutqich bermaydi. Chunki jozibali ijod, undagi sir, hikmat aqlga emas, ijoddagi eng hayratli tomon bu, ko‘pincha ruhga, qalbga yuz ochadi. Faylasuf, nafosatshunos olim, yozuvchi, dramaturg Tilab Mahmudov ijod sirlariga ruhi, qalbi orqali oshno bo‘lgan, ijoddan joziba, komillik izlab o‘z umrini ham jozibaga, ibratga, namunaga aylantirgan zamondoshimizdir. to`liq
772 marta o`qilgan
|
KUZ BAHORI
10 Oktabr 2006 22:03
Darvoqe, kuzning ham o‘z bahori bor. Kechagina xunuk ko‘rinib turgan yulg‘unlarning pushti ko‘ylagi sayhonlik, dalayu yo‘l chetlariga go‘yo ko‘klam keltirgandek.
Elektropoezd vagoni derazasiga termulib ketayotgan shaharlik bola onasiga deydi:
— Onajon, qarang chiroyliligini! Kuzda ham daraxt gullabdi. O‘qituvchimiz daraxtlar faqat bahorda gullaydi, degandilar-ku...
— O‘g‘lim, bu daraxt emas, buta, uni yulg‘un deyishadi. Kuzda mana shunday rangga kiradi. Kuzda barcha ekinlar, mevalar pishadi. to`liq
805 marta o`qilgan
|
SHAHARNING PASHSHALARI
10 Oktabr 2006 21:32
Cho‘lda pashsha bo‘lgich edi, paxtazor dalada pashsha bo‘lgich edi. Toshkoningda ham pashsha ko‘p ekan. Men qishloqning bolasi bo‘lsam, keng dala-yaylovda yelib yugurib yurgan bo‘lsam, shaharingning betoniga qanday sig‘ay, derazalarni yoppasiga ochib qo‘yaman-da. Kitoblarda o‘qiganim bor, “Ochiq jamiyat” deb. Pashshalar ham ochiq derazalardan (“tomoshne”siz) kirib kela boshlaydi. to`liq
567 marta o`qilgan
|
QULOQQA CHALINGAN GAPLAR
04 Oktabr 2006 10:03
Naqadar shinam mehmonxona — to‘rt tomoni suvarak!
(Takliflar daftaridan)
Stol ortida to‘ngakka o‘xshagan bir odam. Mudroq ko‘zlarida nur degan narsaning urvog‘i ham yo‘q. Sochlarini-ku barmoq bilan sanasa bo‘ladi.
(Radiolavhadan)
Ayollar borki, hammasi — agar ularning husniga husn qo‘shsangiz, boshingizdan tillo sochishga tayyor. Shuning uchun ular sartarosh va ginekologlardan tortinishmaydi. (Sartaroshning maqtanishi) to`liq
628 marta o`qilgan
|
O‘YLAB TOPILMAGAN HIKOYALAR
04 Oktabr 2006 09:52
Bu ikkala bola, to‘g‘rirog‘i kap-katta yigitlarga men Beshyog‘ochda duch keldim. Qo‘l ko‘tarib mendan Teatr institutining yotoqxonasiga olib borib qo‘yishimni so‘rashdi. Uyim shu yoqda, bozordan qaytayotgan edim, bo‘sh ketyapman-ku, deb ularni oldim. Bittasi oldi o‘rindiqqa o‘tirdi, ikkinchisi orqaga. Yonimdagisi men bilan uyoq-buyoqdan gaplashib ketgan bo‘ldi, orqadagisi esa negadir yonboshlab oldi. Men yonimdagidan: “Nega sheriging yonboshlab oldi? ,” — deb so‘rasam, u: “Qo‘yavering aka, badanida bor (ya’ni kayf)” , — deb javob berdi. to`liq
587 marta o`qilgan
|
SIZGA ATALMAGAN
27 Sentabr 2006 11:20
“Ustoz otangdan ulug‘” yoki “Ustoz otangday ulug‘” deydilar. Bu iboralarni har kim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tushunadi va qo‘llaydi. Har ikki holatda ham ota ulug‘lanadi.
Inson uchun dunyoda ota-onaday ulug‘ zot yo‘q. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yuqoridagi ibora keyingi paytlarda sal o‘zgartirilib ishlatilmoqda. “Ustoz otangday ulug‘”, ya’ni o‘qituvchilar, murabbiylar ota bilan tenglashtirilib ulug‘lanmoqda. Tarozining ikki pallasida “Ota” va “Ustoz” so‘zlari tursa, baribir “Ota” nomi og‘irroq tosh bosgan bo‘lar edi. to`liq
859 marta o`qilgan
|