Huquq

07 Oktabr 2011 17:16
ENG KAM ISH HAQINING 5 BARAVARI MIQDORIDA
Odatdagi ish kunlarining biri. Idoramizga Mahmud ismli tanishim kirib keldi. U yaqinda avtosalondan yangi “Spark” mashinasini sotib olgan ekan. Tadbirkor ukasining biznesini rivojlantirish uchun bankdan kredit olishi kerakligini, o‘sha mashinasini garovga qo‘ymoqchiligini, lekin rasmiy dillerlardan sotilgan kunidan boshlab bir yil o‘tmagan mashinalar bilan bog‘liq bitimlar juda qimmatlashib ketganligini aytib, yordam so‘radi...
Kundalik hayotimizda boshqa shaxslar bilan shartnoma (masalan, oldi-sotdi, qarz shart­nomasi) munosabatlariga kirishar ekanmiz, albatta, o‘rtada bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyat yuzaga keladi. Bir shaxsning boshqa shaxs­ga mol-mulk yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 16 oktyabrdagi “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mohiyatini ko‘pchilik yaxshi bilmay turib, ko‘cha-ko‘ydan eshitgan gaplarga ishonib yuradi. Mahmud ham shu ko‘yga tushgan. Bu ko‘zlangan qarordan asosiy maqsad mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalarining ikkilamchi bozorda sotilishini tartibga solish, ya’ni rasmiy dillerlardan yangi sotib olingan avtomobillar bahosining sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olishdan iboratdir.
Qaror ilovasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 martdagi “Davlat boji stavkalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandiga o‘zgartishlar kiritilib, “K prim” kichik bandi bilan to‘ldirildi. Unga muvofiq mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dillerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar notarial tasdiqlangani uchun davlat boji har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida undirilishi belgilandi. Avtomobillarni o‘zaro almashtirish shartnomalarini rasmiylashtirishda esa davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladigan bo‘ldi. 2007 yil 1 aprelga qadar xarid qilingan yengil avtotrans­port vositalariga nisbatan ushbu qaror talabi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YHXBlari huzuridagi ro‘yxatlash-imtihon bo‘limlari (RIB va TRIB) tomonidan avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi (texnik pasporti)da majburiy tartibda ishlab chiqaruvchining rasmiy dillerlaridan u xarid qilingan sana — yil, kun, oy va necha ot kuchiga ega ekanligi hamda rusumi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniq va to‘liq ko‘rsatish uqtirilgan. Aks holda — notariusga taqdim etilgan transport vositasini qayd etish guvohnomasida yuqoridagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, ular IIB YHXBlari huzuridagi ro‘yxatlash-imtihon bo‘limlariga to‘ldirish uchun qaytariladi.
Yusuf JUMAQULOV,
Kogon shahridagi 2-son davlat notarial idorasi notariusi

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM