Huquq

01 Dekabr 2011 17:07
MUOMALAGA LAYOQATSIZ DEB TOPISH TARTIBI QANDAY?
– Notarial idoralarga murojaat etuvchi shaxslarning muomalaga layoqati cheklanganligi yoki ularni muomalaga ­layoqatsiz deb topish qanday huquqiy hujjatlar asosida aniqlanadi va shu yuzasidan qanday choralar ko‘riladi?
N.Jo‘rayev
Toshkent shahri
— Darhaqiqat, notarial idoralarga fuqarolar turli masalalar yuzasidan murojaat etishadi. Har bir masala zamirida u yoki bu fuqaroning moddiy, mulkiy va hokazo manfaatlari bo‘lishi, ular o‘zaro munosabatlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Shuni nazarda tutgan holda, notarial idora xodimi ishni murojaat etuvchi fuqaroning shaxsini u tomonidan taqdim etilgan pasport asosida aniqlashdan boshlaydi. So‘ng murojaat etuvchi bilan o‘zaro suhbat o‘tkazadi. Ushbu suhbat asnosida murojaat etuvchi fuqaroning muomalaga layoqatli yoki layoqatsiz ekanligiga e’tibor qaratiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, notarial idora xodimi zimmasidagi bu vazifani amaldagi qonun hujjatlari asosida bajaradi. Chunonchi, Fuqarolik kodeksining 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin”ligi belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik protsessual kodeksida esa butun bir bob (33-bob nazarda tutilmoqda) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muo­malaga layoqatsiz deb topish masalasiga bag‘ishlangan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: murojaat etuvchi fuqaroning gap-so‘zlari, xatti-harakati notarial idora xodimida muayyan shubha uyg‘otdi, deylik, u holda qanday choralar ko‘riladi? Bu savolga amaliyotda uchragan hayotiy bir misol yordamida javob berishga harakat qilaylik.
Kunlarning birida M. ismli fuqaro notarial idoraga maxfiy vasiyatnomani tasdiqlash maqsadida murojaat etdi. Odatdagidek, suhbat chog‘ida unga vasiyatnomani tuzish tartibini tushuntirishga kirishildi. Mana shunda M.ning muomalasi, fikrlashi, xatti-harakati notariusda shubha uyg‘otdi. Undan hol-ahvol so‘rashga, betob emasmisiz, degan savol bilan murojaat qilishga to‘g‘ri keldi, shunda fuqaro M.ning shahar asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi. Tabiiyki, bunday holatlarda u bilan notarial harakat amalga oshirilmaydi.
Notarial idora xizmatida turli xil holatlar uchraydi. O‘zining muomalaga layoqatsiz ekanligini yashirishga, notariusni chalg‘itishga urinishlar ham bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda murojaat etuvchi fuqaroning yashash joyidagi oilaviy poliklinkaga murojaat etilib, uning sog‘lomligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma talab qilinadi. Va o‘sha ma’lumotnomaga ko‘ra ish tutiladi.
Savolga Yakkasaroy tumanidagi
6-DNI notariusi
Hamidjon ZOHIDOV
javob berdi.
 
Notarial tasdiqlanishi shart
– Uy-joy hadya shartnomasi nima? Uni tuzish va notarial tasdiqlash uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Ismoil Jonuzoqov
Qorovulbozor tumani
Ta’kidlash kerakki, uy-joy hadya shartnomasi yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuziladi. Uni notarial rasmiylashtirishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
— pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
— uy-joy mulk huquqini beruvchi dalolatnoma yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
— uy-joyning kadastr hujjatlari yig‘ma jildi;
— oilaning birgalikda yashovchi va ro‘yxatda turuvchi voyaga yetgan a’zolarining roziligi;
— “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi;
— uy-joyni sotish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi tegishli davlat notarial idorasining ma’lumotnomasi;
— uy-joyda doimiy ro‘yxatga olingan shaxslar haqida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoxud uy daftari;
— davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotnomasi;
— uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar, telefon aloqasi xizmati uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, uy-joy hadya shartnomasi bo‘yicha bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga uy-joyni tekinga topshiradi yoki topshirish majburiyatini oladi. Uy-joy hadya shartnomasini rasmiylashtirish notarial idora tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Savolga Vobkent tuman DNI notariusi S.ShARIPOV javob berdi.

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM