Huquq

26 Oktabr 2011 14:23
NIYATNING O‘ZI KAMLIK QILADI
qonun-qoidalardan boxabar ishbilarmonning ishi doim yurishadi
Tadbirkor bo‘lishni niyat qilgan kishi, avvalo, ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan tanishib chiqishi maqsadga muvofiq. Chunki bunday mas’uliyatga qo‘l urish uchun niyatning o‘zi kamlik qiladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining tashkil etilishi asosan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Bunday sub’ektlarni tashkil etish mexanizmi esa bir nech­ta qonunosti hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom yer maydonlari ajratib berish, gaz va elektr tarmoqlariga ulanish, shu­ning­dek, litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga olish mexanizmini belgilab beradi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda esa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, import operatsiyalari sub’ektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi va muddati to‘g‘risida so‘z boradi. “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom Prezidentimizning 2006 yil 24 maydagi qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgan qonun­osti hujjatlari doirasiga tushmagan barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini belgilab beradi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni soliq va statis­tika organlarida hisobga qo‘yish, ularga guvohnoma berish muddati hammasi bo‘lib ikki ish kunidan ortishi mumkin emas. Tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazgan muassasa tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan, “ro‘yxatdan o‘tkazildi” degan belgi qo‘yilgan ta’sis hujjatlarini, shuningdek, muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani beradi. Shundan so‘ng, ya’ni tadbirkorlik sub’ekti tegishli hujjatlar, muhr va shtampga ega bo‘lib, bankda hisob raqamini ochgach (yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari uchun ixtiyoriy), o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik uchun to‘lanadigan davlat bojlari ham ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari va 500 AQSh dollari, bozorlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari hamda boshqa tadbirkorlik sub’ektlari uchun eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi. Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, davlat korxonalari negizida tashkil qilinadigan aktsiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatga olishda davlat boji undirilmaydi. 
Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagi holatlar asos bo‘ladi:
- tegishli bo‘lmagan ro‘yxatga olish organiga murojaat qilish;
- hujjatlarning to‘liq taqdim etilmasligi;
- ta’sis hujjatlari, muhr hamda shtamp eskizlarida ko‘rsatilgan firma nomining bir xil yoki adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan firma nomi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomada ko‘rsatilgan firma nomiga mos kelmasligi;
- ta’sis hujjatlari, muhr hamda shtamp eskizlarida ko‘rsatilgan tashkiliy-hu­quqiy shaklning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakl turlariga mos kelmasligi;
- ta’sis hujjatlarida qonunan taqiqlangan faoliyat turlarining ko‘rsatilishi;
- ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ustav fondi miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan miqdorga mos kelmasligi;
- xorijiy investitsiyalar ulushining miqdori qonun hujjatlarida belgilangan ulush miqdoriga teng kelmasligi;
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muassislari tarkibida xorijiy yuridik shaxsning bo‘lmasligi;
- bozorning ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdorning kamida 30 foizi kiritilmaganligi;
- bozor muassislari tarkibida ustav fondidagi ulushi kamida 51 foizni tashkil qiluvchi davlat hokimiyati organining bo‘lmasligi.
Bulardan boshqa sabablar tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazishda rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Aksincha holatda taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch ish soati ichida hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
Mahliyo TURDIYEVA,
Navoiy viloyat adliya boshqarmasining
bo‘lim boshlig‘i
 

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ďîăîäŕ â ă. Ňŕřęĺíň

Ďîäđîáíĺĺ íŕ www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM