Huquq

12 Yanvar 2012 21:18
OILAVIY TADBIRKORLIK — TARAQQIYOT POYDEVORI
Yurtboshimizning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konseptsiyasi»da oilaviy biznesning qonuniy asoslarini yaratish lozimligi alohida ta’kidlangani bejiz emas. Chunki respublikamizda shunday biznesni rivojlantirishning imkoniyatlari juda katta.
Oilaviy biznesning qonuniy asosda tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish orqali pirovardida tadbirkorlik faoliyati keng tus oladi, qolaversa, bu aholi bandligini ta’minlashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buni quyidagi ma’lumotlardan ham ko‘rish mumkin. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yaratilgan ish o‘rinlari 2009 yilda 36486 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda 43179, 2011 yilning 1-choragida esa bu ko‘rsatkich 25889 taga yetgan.
Keltirilgan ma’lumotlardan ham ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda fuqarolarning oila sharoitida azaldan to‘plagan tajribalari katta. Shu bois, u bilan shug‘ullanishga moyillik kuchli. Oilalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari mamlakatimizda o‘z daromad manbai va tirikchilik vositasiga ega bo‘lgan oilalar sonining muttasil oshib borayotganini, jumladan, 2008 yilda bu ko‘rsatkich 85,1 foiz, 2010 yilda esa 89,6 foizni tashkil etganini ko‘rsatadi. Demak, mamlakatimizda oilaviy biznesning qonuniy asoslarini yaratish, xususan, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Mazkur qonun qabul qilinsa, mamlakatda tadbirkorlikning yangi shakli rivojlanib, aholini ichki iste’mol buyumlari hamda yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkoniyati yanada kengayadi.
To‘g‘ri, amaldagi qonunchiligimizda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra, oilaviy biznes asosan yakka tartibdagi tadbirkorlik yoki xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Biroq bu faqat xususiy korxona egasi yoki MChJ direktori sifatida ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlik tuzilmasidir. Garchi bunday shakldagi tadbirkorlik faoliyatida oilaning boshqa a’zolari ishtirok etsa-da, ular manfaati har doim ham inobatga olinmaydi yoxud ish beruvchi hamda ishchi maqomi mehnat shartnomasida nazarda tutilmaydi. Aksincha, oila nafaqat moddiy boyliklar iste’molchisi, balki ularning yaratuvchisi, deb qaralishi kerak. Shu nuqtai nazardan u iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida ham e’tirof etilishi zarur. Ma’lumki, yurtimizda asrlar davomida oilaviy biznes uchun asos mavjud bo‘lib, u o‘z an’analari bilan avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Uning qonuniyligini ta’minlashda ana shunday an’ana va ko‘nikmalar inobatga olinsa, maqsadga muvofiq ish bo‘lar edi.
Bizningcha, oilaviy tadbirkorlik asosan o‘ziga xos jamoa korxonasi sifatida tashkil etilishi va bu jamoa oila a’zolaridan tarkib topishi kerak. Nizom jamg‘armasi asosan egasining mol-mulki hisobidan shakllanadigan xususiy korxonadan farqli o‘laroq, oilaviy korxonada barcha oila a’zolarining mulkiy hissasi uning mol-mulki asosi bo‘lib xizmat qilishi hamda korxona faoliyati davomida ushbu mulk sub’ekti bo‘lib qolishi maqsadga muvofiqdir. Shu o‘rinda korxonani boshqarishda jamoaviylik, birlik printsiplari e’tiborga olinishi shart. Bosh­qaruv mexanizmini shakl­lantirishda esa kattalarning obro‘si, tajribasi va kichiklarning ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. Biroq bunga boshqalarni majburlash va ular huquqini cheklash orqali emas, balki oila a’zolarining mentaliteti va ma’naviy qadriyatlari asosida erishiladi.
Ana shundan kelib chiqib, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlash jarayonida oilaviy korxona tarzida xo‘jalik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini joriy etish, ularning faoliyat ko‘rsatish sohalarini, oilaviy korxona ishtirokchilari hamda korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish mexanizmini aniq belgilash lozim bo‘ladi. Oilaviy korxonalarning buxgalterlik hisobi va ularga soliq solishning soddalashtirilgan tartibi ham qonun loyihasida aks etishi nihoyatda muhim.
Bir so‘z bilan aytganda, Yurtboshimiz tomonidan mazkur Konseptsiyada belgilab berilganidek, oilaviy biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, uning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal rivojlanishi hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga qo‘shimcha imkoniyat tug‘iladi. Mazkur faoliyatning amalga oshirilishi esa nafaqat kelajakda oila rivojiga, balki mamlakat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Binobarin, oila rivoji yurt istiqbolini belgilaydi. To‘kin-sochin, farovon hayot kechiradigan oilalar jamiyatning mustahkam asosi hisoblanadi.
Abubakr RAHIMOV,
Shahnoza ZOKIROVA,
Toshkent davlat yuridik instituti magistrantlari

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM