Huquq

IJTIMOIY HIMOYA
02 May 2007 20:21
uning huquqiy asoslari yanada takomillashadi
Prezidentimiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamini, ayniqsa, nogiron va nochorlarni, yetim-esir va bemorlarni, yolg‘iz qariyalar va pensionerlarni, ko‘p bolali va kam ta’minlangan xonadonlarni, yosh oila va talabalar manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Chunki bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni birinchi galda aholining ana shu qatlami hayotiga keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini avvaldan ko‘ra bilgan davlatimiz tomonidan bu salbiy oqibatlar ta’sirini jiddiy kamaytirishga qaratilgan qator qonunlar, farmon va farmoyishlar, qarorlar va Davlat dasturlari qabul qilinmoqda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan tegishli chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilib kelinmoqda.
to`liq
791 marta o`qilgan
SIYOSIY MADANIYATGA EGAMIZMI?
20 Aprel 2007 09:16
Davlat hokimiyatini boshqarish va u haqdagi tasavvurlarni odatda “siyosat” tushunchasi orqali ifodalaymiz. Global jarayonlar kechayotgan bugungi davrda “siyosiy madaniyat” degan istilohga ham tez-tez duch kelamiz. Aslida mazkur tushunchaning asl mohiyatini anglab yeta olganmizmi? Mazkur og‘riqli savolga to‘la-to‘kis ijobiy javob qaytarish mushkul, albatta. Shunday ekan, avvalo, mazkur tushunchaga ozgina oydinlik kiritsak.
to`liq
868 marta o`qilgan
QONUN VA DAVR OLDIDAGI MAS’ULIYAT
20 Aprel 2007 09:14
Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Jurnalist­lari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan seminar-yig‘ilish “Ommaviy axborot vositalari faoliyati huquqiy asoslarini takomillashtirishning dolzarb masalalari”ga bag‘ishlandi.
Mintaqaviy anjumangan taklif etilgan Andijon, Namangan va Far­g‘ona viloyatlari ommaviy axborot vositalari namoyandalari kun tartibidan o‘rin olgan mavzular bo‘yicha qizg‘in muloqotlar yuritishdi.
to`liq
469 marta o`qilgan
QING`IR ISHNING QIYIG`I
14 Mart 2007 20:47
Ayrimlar jinoyat qilib chetga qochmoqchi bo‘lishadi. Lekin...
Zamona zayli bilan ko‘pgina yurtdoshlarimiz mamlakatimizdan tashqari chiqib, chet davlatlarda ham ishlab kelishmoqda. Pul topish ilinjida o‘zga o‘lkalarni ixtiyor qilayotganlarning hammasini ham “omad kulib qarshilayapti” deb bo‘lmaydi. Musofirchilikda ayrimlarning to‘qlikdan yoki yo‘qsillikdan jinoyatga qo‘l urayotgani haqida eshitib tashvishimiz ortyapti. to`liq
572 marta o`qilgan
HAYDOVCHI TELEFONDAN FOYDALANSA
14 Mart 2007 20:45
Unga qanday chora ko‘riladi?
Joriy yilning birinchi yanvaridan Transport faoliyatida muhim bir yangilik joriy qilinganidan endilikda ko‘pchilik xabardor bo‘ldi desak yanglishmaymiz. To‘g‘ri, dastlab bundan ajablanganlar ham bo‘ldi. Ba’zilar: “Hammaga o‘zining joni shirin, shunday ekan bunday taqiq kimga kerak”, deyishsa, “Juda ham yaxshi bo‘ldi, ko‘pchilik haydovchilar telefon bilan chal­g‘ib mashina harakatiga xalaqit beradi”, de­ydiganlar ham bo‘ldi. to`liq
497 marta o`qilgan
HAKAMLIK SUDI
21 Fevral 2007 16:24
u qanday huquq va vakolatlarga ega?
Jahon tajribasida davlat sudlaridan tashqari tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi nizolarni hal qiluvchi arbitraj (hakamlik) sudlari mavjud. Mamlakatimizda hakamlik sudlariga ilk huquqiy asos O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yil 20 dekabrda “Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risida”gi 1958 yildagi Nyu-York konventsiyasiga qo‘shilish haqidagi qaror qabul qilinishi natijasida yaratildi.
to`liq
586 marta o`qilgan
ASOSIY TAMOYILGA SODIQLIK
07 Fevral 2007 17:29
Mamlakatimizda 8 dekabr — O‘zbekis­ton Respublikasi Konstitutsiyasi kunini har yili tantanali va o‘ziga xos tarzda nishonlash an’ana tusiga kirdi. U milliy g‘ururi bor har bir kishi uchun eng ulug‘, eng aziz bayram — Mustaqillik kunidek qadrli va ahamiyatlidir. Shu kuni avvalo, navbatdagi yil qanday nomlanarkin, deb hayajon bilan kutiladi. Shu kuni Mustaqillik bayramida taqdirlangan barcha kishilarga Vatanimizning eng oliy va yuksak mukofotlari tantanali suratda topshiriladi. Shu kuni ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yo‘nalishlar, mezon-maqsadlar mazmun-mohiyatiga yana bir bor e’tibor qaratiladi, baho beriladi, o‘tayotgan yilga ma’lum ma’noda yakun yasaladi, yangi nom olgan yilning mohiyati, maqsad-vazifalariga urg‘u beriladi... to`liq
661 marta o`qilgan
QONUN ANCHA TAKOMILLASHDI
24 Yanvar 2007 14:51
Muhimi, yangi tahrirdagi matn konkretlashgani, boyitilgani ochiq ko‘rinib turibdi. Bu yangi tahrirdagi Qonunning fazilatidir. Bunday fazilatlarni oxirgi 6-bobda ham yorqin ko‘rish mumkin. komil ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni ancha takomillashgan, to‘ldirilgan ko‘rinish olibdi.
to`liq
621 marta o`qilgan
ISHGA SOLINMAGAN IMKONIYATLAR KO`P
24 Yanvar 2007 14:49
Yurtimiz NNTlari faoliyati borasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda ana shu xulosa ko‘pchilik tomonidan qayd etildi
Bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 5000 dan oshdi. Albatta, agar hamma narsani miqdor hal qilganda edi, bemalol do‘ppimizni osmonga otsak ham bo‘laverardi. Chunki bunday miqdordagi NNT yurtimizga yaqin qo‘shni bo‘lgan davlatlarda ham mavjud emas. Lekin sifat emas, son birlamchi sanalgan davrlar allaqachon tarix mulkiga aylangan...
to`liq
585 marta o`qilgan
IMTIYOZ, IMKONIYAT VA MAS’ULIYAT
24 Yanvar 2007 14:44
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyati qurishda muhim o‘rin tutgani bois sohaga doir yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish bugungi kun talabidir.
Yaqinda «Nodavlat notijorat tashkilotlari foliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni matbuotda e’lon qilindi. Mazkur qonunning umumiy qoidalari va maqsadlari nimalardan iborat? Yangi qonunning amaldagi ta’siri tufayli istiqbolda qanday o‘zgarish va natijalar bo‘lishi kutilmoqda?
to`liq
573 marta o`qilgan
“INTELLEKT” TALABAGA KERAK?..
03 Yanvar 2007 15:29
yoki majburiy obuna haqida
13 dekabr — stipendiya tarqatilayotgan paytda talabalarning qiy-chuv qilib: “obuna bo‘lmaymiz”, degan ovozlari qulog‘imga chalindi. Boshqa vaqtda birov bilib, birov bilmay qoladigan pul tarqatish-olish jarayoni bu gal ko‘pchilik talabalarning e’tiroziga sabab bo‘lgani meni hayron qoldirdi. O‘zim ham stipendiyamni olish uchun “kassir”ning qarshisida nav­batga turdim. Talabalarning baqir-chaqiriyu “kassir”ni urmoqdan beri bo‘layotganini sababi oydinlashdi. “Kassir” hamma talabadan to‘rt ming uch yuz so‘mdan “Intellekt” gazetasiga obuna uchun olib qolayotgan ekan. to`liq
606 marta o`qilgan
KONVENSIYA BILAN DEKLARASIYANING FARQI NIMADA?
14 Dekabr 2006 10:41
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Har bir fuqaro uchun muhim ahamiyat kasb etadigan mazkur sanani nishonlash uchun tayyorgarlik esa ancha oldin boshlangan. Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) ham bu yilgi Konstitutsiya kunini noodatiy o‘tkazishni maqsad qilib oldi. Chunki nafaqat Bosh qomusimiz qabul qilinganligiga 14 yil, balki Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligiga ham 58 yil to‘ldi. to`liq
674 marta o`qilgan
FUQAROLIK JAMIYATI POYDEVORI
07 Dekabr 2006 16:50
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh­qarish organlarining ishlariga aralashmasliklari mustahkamlangan.
Bugungi kunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari milliy demokratik institut sifatida mamlakatimizda rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda o‘n mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavjud bo‘lsa, ular faoliyatida yuz ming­dan ziyod faollar ishtirok etib kelmoqda.
to`liq
978 marta o`qilgan
MUXOLIFAT: UNI QANDAY TUSHUNISH KERAK?
07 Dekabr 2006 16:47
Bizning fikrimizcha, hukumatning tutgan yo‘li (kursi) va dasturi yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmasdan o‘zini muxolifat deb e’lon qilmoqchi bo‘lgan har qanday siyosiy partiya fraktsiyasi yoki tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar eng avvalo hukumat tomonidan taklif etilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturidan ham mukammalroq bo‘lgan o‘z dasturlariga ega bo‘lishlari va bu dasturni amaliyotga tatbiq etishning asosiy tartib-tamoyillari, hukumat asoslarini ko‘rsatib beruvchi dasturiga ega bo‘lishlari lozim. to`liq
728 marta o`qilgan
OILA BUZILDI. KEYIN-CHI?..
08 Noyabr 2006 00:25
Sud oilada ulg‘ayayotgan 2 yoshli qizaloq va to‘rt oylik go‘dakni onasi M. qaramog‘ida qoldiradi. Shundan so‘ng qizaloqlar otasi Sh. ma’lum vaqtgacha farzandlarini moddiy jihatdan ta’minlab turadi. Biroq sobiq turmush o‘rtog‘i ko‘p o‘tmay, otani farzandlari bilan ko‘rishishi, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qiladi. Shundan so‘ng kichik qizi hali ko‘krak suti bilan boqilayotganini hisobga olib, otasi katta qizi Dilbarxon bilan uchrashib turish vaqtini belgilashni so‘rab sudga murojaat qiladi. Sud ushbu masalani atroflicha o‘rganib chiqib, da’vogarning talabini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
to`liq
789 marta o`qilgan
IMPLEMENTASIYA NIMA O‘ZI U?
01 Noyabr 2006 23:38
Prezident huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida “Xalqaro huquq normalarini O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Implementatsiya bu xalqaro huquq me’yorlarini milliy qonunchilikka tatbiq etish jarayonidir. Mazkur ilmiy atama lotin tilidagi “impleo” so‘zidan olingan bo‘lib, “bajaraman”, “ijro etaman” ma’nolarini anglatadi.
to`liq
666 marta o`qilgan
CHORANI KIM KO‘RADI?
04 Oktabr 2006 09:12
Lekin, afsuski, bunday qonunbuzarliklar hamon davom etmoqda, chora ko‘rish esa paysalga solinayotgandek. Nega mahallalar rahbarlari, IIB uchastka nozirlari, DAN xodimlari va boshqa tegishli idoralar bu masalani o‘rganmayapti? Buning sababini ba’zilar mas’ul shaxslarning sovuqqonligida deb bilsalar, ba’zilar shu “sovuqqonlik” ham bekorga emas, yerni o‘zlashtirganlar ular bilan ham “kelishib qo‘ygan” deb taxmin qiladilar. to`liq
627 marta o`qilgan
KO‘PCHILIK TANLAYOTGAN YO‘L
20 Sentabr 2006 10:30
Ayni paytda o‘lim jazosi 85 ta davlatda batamom bekor qilingan, 76 tasida qo‘llanilib kelinyapti, 24 mamlakat qonunlarida esa nazarda tutilmagan
Ochiq gap, garchi ko‘p bo‘lmasa-da, ayrim fuqarolarimizda ham “o‘lim jazosi olib tashlansa jinoyat ko‘payib ketmasmikin”, degan nomaqbul qarash yo‘q emas. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda ancha yildan buyon ishlab kelayotgan kishi sifatida aytishim mumkinki, yo‘q, bu mutlaqo noto‘g‘ri va nojoiz fikr.
to`liq
649 marta o`qilgan
SHUDGORDAN QUYRUQ IZLAGANLAR
07 Sentabr 2006 10:34
Uddaburon Samariddin Toshkent shahrida fuqarolar Oybek Yoqubov va Alisher Mirzaevga tegishli “Kamaz” rusumli yuk mashinalarga 28 800 dona xo‘jalik qog‘ozlari, 1386 kg vafli, pe­chene mahsulotlarini ortib, yuk mashinalarini Sariosiyo tumanida Talipov Sherzod kutib olishini va kira haqini ham hisob-kitob qilishini ta­yinlaydi. Sherzod xo‘jalik qog‘ozlari va har xil oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan yuk mashinalarini Denov shahrida kutib oladi. “Tadbirkor” qahramonimiz tuban ishga qo‘l urishdan oldin, yurtimiz chegaralari bedarvoza emasligini yodidan chiqargan ko‘rinadi. to`liq
635 marta o`qilgan
TURKIYALIK KUYOV JAVOBGARLIKKA TORTILDI
15 Avgust 2006 18:11
2005 yil 28 oktyabrda Turkiya fuqarosi Kalpakchi Kurshat o‘z yurtida nufuzli sanalgan «Yeser» firmasining Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida faoliyat olib borayotgan tarmog‘iga haydovchi sifatida ishga keladi.
Kunlarning birida u Sardoba dehqon bozorida Sarvinoz ismli qiz bilan tanishib qoladi. to`liq
721 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM