Ijtimoiy-siyosiy hayot

ANGLASH MAS’ULIYATI
16 May 2012 20:45
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 21 yilligini munosib kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan mamlakat fuqarolari buyuk taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay ildamlamoqda. Tarixan qisqa davr mobaynida mazmunan asrlarga teng taraqqiyotga guvoh bo‘lib turibmiz. Eng muhimi, fuqarolarda o‘zining ertangi kelajagiga ishonch uy­g‘onmoqda, eng muhimi, yoshlar ongida tafakkur islohotlari ro‘y beryapti.
to`liq
12 marta o`qilgan
ZAMONIMIZ QAHRAMONLARI
16 May 2012 20:43
Tabiiyki, har bir zamonning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Ular hurlik va istiqbol uchun kurashgan, o‘z xalqini ozodlikka olib chiqqan yo‘lboshchilar yoki dushmanni yurtidan haydab chiqargan sarkardalar, ulug‘ kashfiyotlar qilib, o‘z millati nomini dunyoga yoygan olimlar yoki ezgulik va adolat uchun jonlarini fido qilgan oddiy insonlardir.
to`liq
9 marta o`qilgan
TADBIRKOR YOSHLAR KO‘PAYADI
16 May 2012 19:33
Navoiy viloyatidagi “Taraqqiyot” mintaqaviy tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan tanlovda “Fuqarolik jamiyatini barpo etish va islohotlarni yanada chuqurlashtirishda yoshlarning ishtiroki hamda mas’uliyatini oshirish” loyihasi bilan qatnashib, grantni qo‘lga kiritdi.
to`liq
10 marta o`qilgan
MILLIY YUKSALISH POYDEVORI
16 May 2012 19:25
Ma’naviyatni azim chinorga qiyos etsak, adabiyot, sport va musiqa hamda tarixiy xotira uning baquvvat ildizlari desak, yanglishmaymiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, tarixiy xotira kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, johillik iskanjasidan qutqaradi. Uningsiz kelajak yo‘q. Zamirida ajdodlarga cheksiz hurmat, yuksak g‘urur tuyg‘usi mavjud. Tarixiy xotira, o‘z navbatida, milliy qadriyatlarni avaylab-asrash demakdir.
to`liq
6 marta o`qilgan
IQTIDORLAR ULG‘AYADIGAN MASKAN
16 May 2012 19:16
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan iste’dodli qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlaridan Sayyora Murodova, Dilfuza Rajabova, Gulruh Muxtorova, Dilfuza Mahkamova, Ma’mura Yoqubova,  Yulduz Zoirova va Baxtijon Isroilovani bog‘lab turadigan bir jihat bor. Bu yetti nafar iqtidor sohibasining hammasi bitta ta’lim maskani — Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-akademik litseyda o‘qigan.
to`liq
5 marta o`qilgan
HAYOT HAQIQATIGA ASOSLANGAN QOMUS
10 May 2012 21:54
Bu yil biz yigirma yilligini nishonlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolarga diniy e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Bu mamlakatimiz erishgan erk va ozodlikning eng katta yutuqlaridan biridir. Bunday imkoniyatni hatto o‘zlarini demokratiyaning ustuni deb hisoblaydigan ba’zi davlatlar ham ta’minlay olgani yo‘q.
to`liq
18 marta o`qilgan
DOIM E’TIBOR VA E’ZOZDA
10 May 2012 21:00
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekis­ton faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirga urush va mehnat faxriylari, milliy jurnalistikamiz rivojiga katta hissa qo‘shgan yoshi ulug‘ ijodkorlar taklif etildi.
to`liq
12 marta o`qilgan
SALOHIYAT KELAJAKKA ISHONCH TUG‘DIRADI
10 May 2012 20:47
Mamlakatimizda metall ishlab chiqarish sohasida ancha yillardan buyon “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati yetakchilik qilib kelayotir. Kombinat 1994 yili Respublika Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq bir necha metallurgiya korxonalarining birlashishi asosida tashkil etilgan. Ayni damda kombinatda 20 ga yaqin tsexlar faoliyat ko‘rsatyapti. Bu yerda yiliga 700 ming tonnagacha po‘lat eritilib, ichki va tashqi bozor uchun zarur bo‘lgan turli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
to`liq
17 marta o`qilgan
QADRINI TOPGAN QADRIYAT
10 May 2012 19:53
Xotira maydonida qadamlar sekinlashadi. Vaqt ham bir lahza tin oladi. Xayolda xalqimiz hayotining iztirobli yillari, istibdod zamonida millat ozodligi yo‘lida o‘z jonini fido etgan unutilmas siymolar xotirasi uyg‘onadi. Bu mo‘‘tabar maskanda xotira hurmati uchun boshlar egiladi. Bu maydonni ziyorat etgan odam Istiqlolning qadrini, tinch va osuda kunlarning shukronasini o‘z yuragida chuqur his etadi. Nurli va baxtiyor kelajak orzu niyati toza ko‘ngillarni munavvar aylaydi.
to`liq
12 marta o`qilgan
FARMAKOLOGIYA ASOSLARI
04 May 2012 08:10
Kasalliklarning oldini olish va davolashda dori vositalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, istiqlolning dastlabki yillaridan mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Sifatli, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan bezarar yangi dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish, saqlash, tashish, sotuvga chiqarish zamon talablari darajasida takomillashtirildi. Bu borada sohani muvofiqlashtiruvchi tegishli qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etilayotganini ham ta’kidlash joiz.
to`liq
17 marta o`qilgan
SKRINING MARKAZI: SOG`LOM ONA, SOG`LOM BOLA KAFOLATI
03 May 2012 22:13
Bir oilani bilaman. Dang‘illama uy-joy. Eng so‘nggi rusumdagi avtomashina. Dasturxoni esa har xil noz-ne’matlar bilan doim to‘la. Hech qanday kami yo‘q. Kishiga mana shunday tinch-xotirjam, hech bir narsaga zoriqmay yashashdan o‘zga baxt bo‘lmasa kerak. Shunday emasmi?
to`liq
17 marta o`qilgan
ASRLARNING OLMOS JILOLARI
03 May 2012 20:29
Bir necha kundan so‘ng qadimiy va navqiron Qoraqalpog‘iston zaminida «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi hamda YUNESKOning
mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkaziladigan «Asrlar sadosi-2012» an’anaviy madaniyat festivali boshlanadi
to`liq
19 marta o`qilgan
DO‘STONA HAMKORLIK — TARAQQIYOT OMILI
26 Aprel 2012 20:05
O`zbekiston bilan Ispaniya o`rtasidagi do`stlik aloqalari tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Buyuk ipak yo`lida joylashgan mamlakatimiz tarixi, madaniyatiga Ispaniya qirolligining oliy darajali ziyolilari, savdo-sotiq hamkorlari hamisha qiziqish va katta e’tibor bilan qaragan. Bundan 6 asr muqaddam — 1404 yilda buyuk Amir Temur va Ispaniya qiroli Enrike III o`rtasida diplomatik aloqalarga asos solish maqsadida ispan elchisi Lui Gonsales Klavixoning Samarqandga tashrif buyurgani haqidagi tarixiy fakt xalqlarimiz o`rtasidagi madaniy, ma’rifiy va iqtisodiy aloqalarning tamal toshi bo`lganligini anglatadi.
to`liq
25 marta o`qilgan
YURT RAVNAQIDAGI MUHIM TIZIM
26 Aprel 2012 19:57
Rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sib borishida temir yo‘l tarmog‘ining ahamiyati benihoya katta. Iqtisodiyotning «qon tomirlari» hisoblangan temir yo‘llar qo‘shni va uzoq yaqindagi xorij davlatlari bilan hamkorlik aloqalarining yanada kengayishida asosiy omil hisoblanadi.
to`liq
21 marta o`qilgan
FAXRIYLARNI E’ZOZLASH — SHARAFLI ISH
26 Aprel 2012 19:50
O‘tganlarning xayrli ishlari va jasoratini eslash,  bugun oramizda yashab, farzandlarimiz tarbiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan otaxonu onaxonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda 9 may — Xotira va qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarini rag‘batlantirish yaxshi an’anaga aylangan.
to`liq
20 marta o`qilgan
RAQOBATBARDOSH MAHSULOTLAR — JAHON BOZORIGA
22 Aprel 2012 14:29
Bugun xalqmizning tadbirkor vakillari dunyodagi hamkorlari bilan savdo-sotiq qilmoqda. Buyuk ipak yo‘llarida mamlakatimiz sarhadlari sari yelib kelayotgan transport vositalari karvonlari tobora ortib boryapti. Bu biz aziz va mo‘tabar diyor deb faxrlanadiganimiz — mustaqil O‘zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan baqamti munosabatlarga kirishib borayotganidan dalolatdir. Temiryo‘l, havo va daryo transporti yurtimizni jumlai jahon bilan tobora mustahkam bog‘lamoqda.
to`liq
23 marta o`qilgan
TURKMAN KINOSI KUNLARI
19 Aprel 2012 15:48
Joriy yilning 19 aprelidan 22 apreliga qadar «O‘zbekkino» milliy agentligi hamda Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida respublikamizda Turkman kinosi kunlari o‘tkaziladi. Tadbir dasturiga ko‘ra, ikki mamlakat kino ijodkorlari o‘zaro ijodiy muloqotlar, muxlislar bilan qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazishadi. Shuningdek, mehmonlar uchun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish, tarixiy shaharlarimizga sayohat qilish imkoniyatlari ham yaratilgan.
to`liq
28 marta o`qilgan
KATTA SHAHARNING BEG`UBOR BOG`I
13 Aprel 2012 16:21
Poytaxtimizda «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi tashabusi bilan ekologik bog‘ barpo etildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimga taniqli madaniyat va san’at arboblari, jamoat tashkilotlari vakillari, OAV xodimlari, ijodkor yoshlar hamda ko‘plab yurtdoshlarimiz tashrif buyurdilar.
to`liq
42 marta o`qilgan
SODIQ DO`XTIR
06 Aprel 2012 17:25
Yangiqo‘rg‘onda Sodiq Nazarovni ko‘pchilik yaxshi taniydi. U har kuni qadrdon ustozi, ko‘p yillar tibbiyot sohasida ishlab el sog‘­lig‘i uchun xizmati singgan, ayni paytda nafaqa gashtini surayotgan otasi Dagar Nazarovning huzuriga kelib, hol-ahvolini so‘rab, bemorlarga qilayotgan muo­lajalari haqida fikrlashib, duosini olgach, ishga otlanadi.
to`liq
39 marta o`qilgan
SPORT MILLATNI ULUG‘LAYDI
30 Mart 2012 09:26
Prezidentimiz  “Sportchi maydonga o‘z yurti, o‘z xalqi nomidan tushadi. Uning g‘alabasi sharafiga davlat madhiyasi yangraydi, mamlakat bayrog‘i ko‘tariladi. Har bir mamlakat, millat o‘z chempionlari bilan faxrlanadi, g‘ururlanadi. Shuning uchun ham ular Vatanning iftixorlari hisoblanishadi”, deya bejiz ta’kidlamagan. Darhaqiqat, sport mamlakatimizda nafaqat sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, balki millat va xalq manfaatiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi.
to`liq
63 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM