O’ziga xos tarixiy ko‘lamga ega bo‘lgan asar bilan tanishar ekansiz, mamlakatda boshqaruv tizimining rivojlanish jarayonlarida rahbar kadrlarni tanlash va tayyorlash, bu boradagi mavjud muammolar, ularning yechimlariga doir fikr-mulohazalar aynan 1989 yildan boshlanganligi ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, unda O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida dinamik tarzda amalga oshirilgan islohotlar yangi shakllanayotgan rahbar kadrlarni tanlash va tayyorlash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, uning institutlarining xalqaro huquqiy me’yorlar va milliy an’analar uyg‘unligi asosida rivojlanish jarayonlari bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berilganki, bu navqiron rahbar qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor, mustaqillikni mustahkamlashga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirishga metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Asarda kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalashning yagona tizimini yaratish, ularning topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish, xalq oldida, deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berishlarini joriy qilish kabi qator muhim va ibratli fikrlar o‘rtaga tashlangan.
O’ziga xos tarixiy ko‘lamga ega bo‘lgan asar bilan tanishar ekansiz, mamlakatda boshqaruv tizimining rivojlanish jarayonlarida rahbar kadrlarni tanlash va tayyorlash, bu boradagi mavjud muammolar, ularning yechimlariga doir fikr-mulohazalar aynan 1989 yildan boshlanganligi ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, unda O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida dinamik tarzda amalga oshirilgan islohotlar yangi shakllanayotgan rahbar kadrlarni tanlash va tayyorlash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, uning institutlarining xalqaro huquqiy me’yorlar va milliy an’analar uyg‘unligi asosida rivojlanish jarayonlari bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berilganki, bu navqiron rahbar qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor, mustaqillikni mustahkamlashga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirishga metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Asarda kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalashning yagona tizimini yaratish, ularning topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish, xalq oldida, deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berishlarini joriy qilish kabi qator muhim va ibratli fikrlar o‘rtaga tashlangan.
Bozor munosabatlarining o‘zgaruvchan sharoitlarida mehnat qilishga layoqatli kadrlar tayyorlash va ushbu dasturiy vazifa respublikada dastlab turli o‘quv va malaka oshirish kurslari yaratilishiga, chet ellarga o‘qishga va malaka oshirishga ko‘plab mutaxassislar, yoshlarning jo‘natilishiga, ta’limning, kadrlar tayyorlashning barcha bo‘g‘inlarida yangi davlat standartlari ishlab chiqilishiga, pirovardida esa miqyosi jihatidan davlat siyosatiga aylangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va kontseptsiyasining yaratilishiga asos bo‘ldi.
Kitob “So‘zboshi”sida “Agarki, yaqin tariximizga — o‘tgan asrning suronli 90-yillariga nazar soladigan bo‘lsak, Islom Karimovning o‘sha og‘ir yillarda keskin muammolar girdobida turib, O‘zbekistonning kelajagini aniq tasavvur qilgan holda ilgari surgan g‘oya va dasturlari uning Vatanimizning yorug‘ istiqboliga qanday buyuk ishonch bilan qaraganidan yaqqol dalolat beradi.
Bu o‘rinda gap bugungi kunda jahon jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilgan, dunyoda o‘xshashi kam bo‘lgan O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida bormoqda”, deyilganligining o‘ziyoq bu haqdagi fikrlarimiz nechog‘li asosli ekanligini ko‘rsatadi.
Yanada aniqroq ifodalasak, to‘plamga kiritilgan har bir nutq, ularda ilgari surilgan muhim g‘oya va qarashlar, davlat idoralari tomonidan qabul qilingan rasmiy hujjatlarni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yanada ko‘plab qirralarini qayta kashf etamiz. Istiqlolimiz mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz. Taniqli olim Abdurahim Erkayev o‘zining “O‘zbekiston yo‘li” kitobida bu haqda mulohazalarini shunday bayon etadi: “Haqiqiy boshqaruv iste’dodiga ega bo‘lgan shaxs rahbar bo‘lib ish boshlasa, taraqqiyot tamoyillarini oldindan chuqur payqay olgani uchun, ulardan ijobiylariga sharoit yaratadi, rivojlanishini tezlashtiradi, salbiylarining oldini olishga harakat qiladi yoki ta’sirini minimallashtiradi, osonlashtiradi yoki yengillashtiradi. Ana shunday rahbarlar o‘zidan yaxshi nom qoldiradi. Aksincha, taraqqiyotning salbiy tamoyillariga xizmat qilgan shaxslardan faqat “dod” qoladi”.
Yurtboshimiz o‘z asarida “Jamiyatni yangilash uchun kurashayotgan barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirish zarur”ligini, buning uchun ishni birinchi galda hayotimizning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o‘rnatishdan, rahbar kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yishdan, ularga nisbatan talabchanlikni oshirishdan boshlash lozimligini alohida ta’kidlaydi.
1989 yildayoq, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI Plenumida so‘zlagan nutqida Islom Karimov yurtimizda yuzaga kelgan vaziyatga baho berib, shunday degan edi: “Respublikada kadrlar ishini jiddiy qayta ko‘rish zarur. Kadrlarni tanlash chog‘ida, eng avvalo, ularning siyosiy, ishchanlik, professional, tashkilotchilik fazilatlariga, tashabbuskorligiga, mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilishiga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Biz O‘zbekistonda yetarli bo‘lgan iste’dodli, istiqbolli kishilarni topa bilishimiz, ularni tarbiyalashimiz va ularga mas’uliyatli sohalarni ishonib topshirishimiz lozim.
Respublikadagi vaziyatni, urf-odatlarni va xalq an’analarini yaxshi biladigan yosh, istiqbolli mahalliy kadrlarni lavozimlarga ko‘tarishni to‘g‘ri izga solish g‘oyat muhimdir. Bunday kadrlarni keng ko‘lamda, istiqbolini ko‘zlab tayyorlash kerak.
Ayni vaqtda kadrlar davomiyligini ta’minlash, faol rahbarlar ro‘yxatidan adolatsiz ravishda o‘chirilgan kishilarni va bugungi kunda aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan kishilarni faol ishga qaytarish darkor. Mana shu ishonchning o‘zi ularning ruhini ko‘taradi va aminmanki, ular o‘zlariga qaytarilgan ishonchni oqlash uchun yanada zo‘r g‘ayrat bilan, hech narsadan cho‘chimay, vijdonan mehnat qiladilar”.
“Men oblast, rayon bo‘g‘inidagi barcha rahbarlarga murojaat etib, yana bir bor ta’kidlamoqchiman: hozir bu vazifa printsipial, muhim siyosiy vazifa bo‘lib, bu bilan har kuni shug‘ullanish kerak, yo‘lda uchragan qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik va ularni bartaraf etish lozim”.
“...Biz, rahbarlar, bu masalalarni qat’iyat bilan, bilimdonlik bilan o‘rtaga qo‘yishimiz, ularning hal etilishiga izchillik bilan erishishimiz, har qanday holda ham aybni birovlarga to‘nkamay va birovlarning orqasiga yashirinmay, mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak.
Oldinda bizni juda katta ishlar kutmoqda. Biz intizomni, yana bir karra intizomni mustahkamlash uchun hamma ishni qilishimiz, kadrlar mas’uliyatini oshirishimiz, g‘ayrat bilan, tashabbuskorlik bilan harakat qilib, odamlarimizning turmushini yaxshilashga erishishimiz kerak”.
Ma’ruza matnidan keltirilgan iqtiboslardan ham ko‘rinib turibdiki, mamlakat mustaqilligiga erishish arafasida mavjud muammolarni hal etish, istiqbolda turgan vazifalarni davr uchun murakkab vaziyatda og‘ishmay, uyushqoqlik bilan amalga oshirish uchun ruhan tayyor kadrlar zarur edi. O‘z o‘rnida Yurtboshimiz tomonidan ko‘rilgan puxta chora va tadbirlar natijasida o‘ta og‘ir sharoitda mamlakat mustaqilligi saqlab qolindi. Bunda ne-ne mashaqqatlar evaziga tanlangan, tayyorlangan fidoyi kadrlar muhim rol o‘ynadi.
Yurtboshimizning ushbu to‘plamga kiritilgan jamiki chiqishlari davlat va jamiyat qurilishida boshqaruv tizimiga rahbar kadrlar tanlash bilan bog‘liq muammolarni ilmiy tahlil etishda, vazirliklar, viloyat, tuman hokimliklari, davlat boshqaruvi sohalari va nodavlat notijorat tashkilotlarda kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishda, rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
O‘tgan asrning 80-yillari oxiri 90-yillarining boshlarida sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan O‘zbekistonda shart-sharoit, jarayonlar keskin sur’atlarda o‘zgara boshlagandi. Ittifoq markaziy hukumati tomonidan ko‘rsatilgan tazyiqlar, ayni vaqtda respublika hukumatining asosiy lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan rahbar kadrlarga nisbatan salbiy munosabatlarning ochiq va amaliy namoyon bo‘lishi, xalq xo‘jaligida yuz bergan xato-kamchiliklarni millatning aybi sifatida talqin etishga urinishlar butun O‘zbekistonda siyosiy jonlanish, shu bilan bir qatorda, markaziy hukumat xatti-harakatlariga qarshi kayfiyatning shakllanishiga olib keldiki, davlatimiz rahbari Islom Karimov ana shunday og‘ir, chigal, o‘ta ziddiyatli va mojaroli vaziyatda ham undan chiqishning yoki uni yumshatishning yo‘lini topishga bor salohiyatini yo‘naltira oldi. Bu tom ma’noda O‘zbekiston rahbarining siyosiy qat’iyati va ma’naviy jasoratini namoyon etdi.
“Hammasiga o‘zimiz erishmog‘imiz zarur” (“Izvestiya” gazetasi muxbirining savollariga javoblar. 1991 yil 29 yanvar), “Iqtisodiy omillar amal qilsa, “temir qo‘l”ga hojat qolmaydi” (“Pravitelstvennûy vestnik” haftanomasi muxbiri savollariga javoblar. 1991 yil, 2 fevral), “Bizni kapitalizmdan sakrab o‘tishga o‘rgatishgan” (“Komsomolskaya pravda” gazetasi muxbiri savollariga javoblar. 1991 yil, 7 mart), “O‘zbekiston faqat iqtisodiyotda emas, boshqa sohalarda ham dadil qadamlar qo‘ymoqda” (“Di Tsayt” nemis haftanomasi savollariga javoblar. 1991 yil, 12 mart), “Demokratiya — qonunga va shaxsga hurmat demakdir” (“Rabochaya tribuna” gazetasi muxbiri savollariga javoblar. 1991 yil, 4 iyul), “Hindistonga mehr bilan” (“Tayms of India” gazetasi savollariga javoblar. 1991 yil, 16 avgust) kabi ko‘plab xorij nashrlaridagi Yurtboshimiz chiqishlarining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobiga kiritilgani uning mazmun-mohiyatiga yanada salmoq bag‘ishlagan.
Hech mubolag‘asiz, bu to‘plamdan joy olgan har bir chiqishni o‘ziga xos muhim siyosiy voqea, yurtimizni milliy istiqlolga olib kelgan mashaqqatli va sharafli kurash tarixining o‘chmas sahifasi, deb atay olamiz.
Asosiy maqsad — sho‘rolar hokimiyati hali o‘zining hukmronlik kuchini yo‘qotmagan, uning repressiv siyosati davom etayotgan, “paxta ishi” degan tuhmat bilan qancha-qancha odamlar nohaq qamalgan, tazyiq va ta’qiblarga uchragan, xalq o‘rtasida tushkunlik, ertangi kunga ishonchsizlik kayfiyati, qo‘rquv va vahima keng tarqalgan bir paytda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning mustaqillikka erishish masalasini kun tartibiga qat’iy qilib qo‘yganini aniq tarixiy hujjatlar orqali ko‘rsatish, bu yo‘lda qanday ulkan ishlar amalga oshirilgani haqida o‘quvchilarga ma’lumot yetkazishdan iborat. Demak, bu kitob hozirgacha to‘liq yoritilmagan 80-yillar oxiri 90-yillar boshlaridagi tarixiy sahifalar buyuk solnoma sifatida Vatanimiz tarixini to‘g‘ri anglab yetishga, ona-Vatan ravnaqiga hissa qo‘shadigan ma’naviy yetuk, komil kadrlarni tarbiyalash ishiga da’vat etadi. Shu jihatdan olganda, Prezidentimiz Islom Karimovning siyosiy yetakchilik mahorati, rahbar kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilashga oid nutqlari, intervyulari qonun va qarorlari rahbarshunoslik nuqtai nazaridan barchamizga ibratdir.
Nazira ABDUAZIZOVA,
tarix fanlari doktori, professor,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi |