Ijtimoiy-siyosiy hayot

03 Noyabr 2011 19:53
OMONLIK TILAYMIZ MO‘‘TABAR YURTGA
Mamlakatimizda din va e’tiqod erkinligi fuqarolarning boshqa huquqlari qatori oliy qadriyat sanaladi. Xususan, ibodatlarni erkin ado etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq Ramazon va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Yana bir necha kundan so‘ng yurtimizda muborak Qurbon hayiti tantana qilinadi. Shu kuni yurtdoshlarimiz an’anaga ko‘ra dardmand, yordamga muhtoj kishilar holidan xabar oladilar, bir-birlariga sog‘­lik, baxtiyorlik, el-yurtga farovonlik tilab, duoga qo‘l ochadilar. Shunday shukuhli kunlarda respublikamizdan Makka va Madina shaharlariga haj amallarini ado etish uchun jo‘nab ketgan vatandoshlarimiz ham Yaratgandan yurtimiz tinchligi, yurtdoshlarimiz omonligini so‘rab, o‘z farz amallarini ado etayotganligi fikrimizning dalilidir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Istiqlol sharofati bilan 70 mingdan ziyod fuqarolarimiz haj, 40 mingdan ziyodi umra ibodatlarini ado etishga musharraf bo‘ldilar. Prezidentimiz Farmoniga muvofiq tuzilgan Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi ziyoratchilarimizga yanada qulay sharoitlarni yaratib bermoqda. Xususan, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniya­si tomonidan Toshkent – Madina va Jidda – Toshkent yo‘nalishida aviareyslar muntazam qatnab turibdi. Ilgari barcha ziyoratchilar Toshkent shahriga kelib, shu yerdan haj safariga jo‘nar edi. Bu yil Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyat­lari ziyoratchilari Namangan, Surxondaryo viloyati hojilari Termiz, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati ziyoratchilari Urganch, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari ziyo­ratchilari Buxoro xalqaro aeroportlaridan muborak safarga yo‘l oldilar. Bundan tashqari, yurtdoshlarimiz ziyorat oldidan xorijiy mamlakatning iqlim sharoi­tini hisobga olgan holda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ziyoratlar ado etilgach, Vatanga qaytish chog‘ida hojilarning yuklari “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xodimlari tomonidan mehmonxonaning o‘zidayoq qabul qilinib, maxsus konteynerlarga yuklanib, to‘g‘ri Jidda aeroportiga yetkazib beriladi.
Haj amallari bajariladigan Mino, Arafot va Muzdalifa vodiysida ham hojilarimiz ibodatlarni emin-erkin, mukammal ado etishlarida haj ishchi guruhi a’zolari, guruh rahbarlari yaqindan yordam bermoqdalar.
Ulug‘ ayyom arafsida boshlagan har bir sa’y-harakatimiz baroridan kelishini, yurtimiz tinch, turmushimiz bundan ham farovon bo‘lishini Yaratganning o‘zidan tilab qolamiz. Xalqimiz uchun shunday imkoniyatlarni yaratilishiga rahnamolik qilgan barcha rahbarlarimizga sihat-salomatlik, umr­lari ziyoda bo‘lishini so‘raymiz.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!  
Odilxon ISMOILOV,
Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome’ masjidi imom xatibi

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM