Ijtimoiy-siyosiy hayot

01 Dekabr 2011 17:15
ONALAR DUOSI
“O‘zbekiston qachon shu darajaga ko‘tarilib ulgurdi, bu yurtga kelib tasavvurim mutlaqo o‘zgarib ketdi” — Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro simpoziumga kelgan xorijlik mehmon hayrati bizda iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi.
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal, degan naqlning hayotiy ifodasini ayni shu o‘rinda ko‘rish mumkin edi. Rost-da, dunyoda O‘zbekistonni ko‘r­may turib, bu mamlakatni sobiq ittifoqning chekka o‘lkasi sifatida tasavvur qilib yurganlar qancha?!
Bilmaganlar bilib qo‘ysin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat rahbari sifatida imzolagan birinchi raqamli Farmon onalar salomatligini ta’minlash haqida bo‘lgan. O‘shanda ilk qadamning ezgu niyat bilan boshlanganligini ziyrak kuzatuvchilar alohida ta’kidlashgandi.
O‘zbekistonning birinchi ordeni “Sog‘lom avlod uchun” deb atalishi-chi?! Ushbu nishondagi tasvirga e’tibor qiling: ona va bolaning bir-biriga parvona bo‘lib turgani aks ettirilgan. Mazkur orden inson taqdirini, jamiyat taqdirini, kelajak taqdirini, oldimizda turgan ulug‘ maqsadlarni ko‘zlab ta’sis etildi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, unga sazovor kishilarni bu vazifalarni sidqidildan ado etadigan, yosh avlod kamoloti uchun o‘zini bag‘ishlaydigan fidoyi insonlar deb bilamiz. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining Bosh direktori Margaret Chen Prezidentimiz Farmoniga binoan I darajali ­“Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangani ham ramziy ma’noga ega.
Onalar va bolalar sog‘lom turmush kechirishi haqidagi g‘amxo‘rlik istiqlol yillarida bir kun ham to‘xtab qolgan emas. Agar 2000 yil “Sog‘­lom avlod yili”  deb atalgan bo‘lsa, XXI asrning birinchi yili “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilindi. Yurt­boshimiz o‘shanda onani Yaratganimizning buyuk mo‘‘jizasi deb ta’rifladi. Barchamizni shu yorug‘ dunyoga keltirib o‘zining butun borlig‘ini bag‘ishlaydigan hayot davomchisi — Onalar va jondan aziz bolalarimiz davlat maqomida e’zozlandi.
Prezident 2001 yilning eng ustuvor vazifasini belgilar ekan, avvalo, boshqaruv organlari, joylardagi hok­im­­­liklar, idora va muassasalar, barcha tashkilotlar e’tiborini Alloh taoloning marhamati bilan ona bag‘rida vujudga kelgan zurriyodning sog‘lom holda rivojlanishi, uni eng zamonaviy tibbiy vositalar yordamida kuzatib borish va parvarishlashni, pirovard natijada onaning salomatligini saqlab, bolaning ham sog‘lom tug‘ilishi uchun zarur shart-sharoit yaratishni faqat bir yil mobaynida emas, hamisha ta’minlash lozimligini uqtirdi.
Barcha ota-onalar va tarbiyachilar zimmasiga far­zandlarimizning ongi shakllanadigan maktab yoshigacha bo‘lgan davrda ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar, go‘zal qadriyatlar va zamonaviy tarbiya usullariga amal qilgan holda tarbiyalash, ularni ko‘z o‘ngida ochilayotgan dunyo mo‘‘jizalari bilan tanishtirib borish asosiy vazifa sifatida yuklandi.
Nega “ona” so‘zining yonida “bola” kalomi hamisha yonma-yon kelyapti. “Chunki bola deganda, biz uning balog‘at yoshigacha bo‘lgan, ya’ni ota-onasi bag‘rida, ota-onasi panohida yashaydigan davrni tushunamiz”. Prezidentimiz ana shu jihatlarga e’tibor qilar ekan, barcha jarayonlarda ona va bolaning hayoti bir-biriga uzviy bog‘liqligini, ona va oilaning bolaga ta’siri, uning aynan shu muhitda ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan oziq olishini unutmaslikka da’vat etadi.
Aynan Onalar va bolalar yilida turmush qurgan ming­lab yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar, 50 ming yosh oila tibbiy himoyaga olindi, mamlakatimizning barcha mintaqalarida “Ona va bola skriningi” kabi yangi tizimlar joriy etildi. Faqat 2001 yilda emas, Oila yilida ham, Ayollar, Sog‘lom avlod, Mehr va muruvvat, Sihat-salomatlik, Homiylar va shifokorlar, Barkamol avlod yillarida ham ona va bola salomatligi doimiy e’tiborda turdi. Mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida o‘tgan 20 yil davomida onalar va go‘daklar o‘limi uch barobardan ko‘proq kamaydi. O‘zbekiston joriy yilda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan davlatlar orasida 9-o‘rinni egalladi.
Bunday mehr va e’tibordan yurtimizdagi jami onalar sidqidildan duo qilishmoqda. Shunday obod va ozod Vatanda yashash, tinch va osoyishta turmush uchun, ana shu sharoitni yaratgan davlatimiz rahbariga qarata: “Ilohim, umri-joningizdan baraka toping, dunyo turguncha yashang” deya Yaratgandan so‘rashyapti. Onalarning duo­si hamisha qabul bo‘lgan.
Shuhrat JABBOROV,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM