OG`ILXONADAGI... SHIOR
03 Yanvar 2007 15:07
Yoxud quvonch va qayg‘u, shodlik va g‘amning chegarasi bormi?
Onore de Balzak “Hayot — komediya” desa, Xeminguey “Hayot — tragediya, chunki oqibati ma’lum”, deydi. Demak, hayot tragokomediya, ya’ni quvonch va qayg‘u, qahqaha va hasrat, musibatu mamnunlik, mahzunligu maynavozchilikdan iborat ekan. Biroq hayot voqea-hodisalarga, urf-odatlarga kimning qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Birov uchun fojeali narsa boshqa birovga kulgili bo‘lishi mumkin. Masalan, bizda ota-onani sensirab gapirish erish tuyuladi. Ayrim xalqlar uchun buning hech qanaqa fojeaviy jihati yo‘q ekan. Ba’zi elatlarda esa o‘z xotiniga sizlab murojaat qilgan odamning ustidan kulisharkan. to`liq
602 marta o`qilgan
|
TANGEM — MILLAT RAMZI
14 Dekabr 2006 10:36
To‘g‘ri, Tangemning har qanday mushkul, hayoti qil ustida turgan vaziyatdan ham chiqib ketavergani uni «O‘lmas Koshchey»ga aylantirib qo‘yganday tuyulishi mumkin. Ammo serial badiiy to‘qima mahsuli bo‘lsa-da, tarixiy faktlarga asoslangan. Unda an’ana, tutim, din, saroy etiketi, jamiyatda erkak va ayolning, turli ijtimoiy tabaqalarning tutgan o‘rni ishonarli tarzda yoritib berilgani Tangemning ham, boshqa obrazlarning ham tipik ekaniga shubha qoldirmaydi. to`liq
743 marta o`qilgan
|
SAMARQAND YUBILEYGA QANDAY TAYYORGARLIK KO‘RMOQDA?
14 Dekabr 2006 10:34
Azim Samarqand o‘zining 2750 yilligini yanada yosharib, maftunkor go‘zallik kasb etgan holda kutib oladi. Bunday deyishga to‘la asos bor. Chunki yubiley munosabati bilan qadimiy shaharda 87 ta katta va 200ga yaqin kichik qurilish inshootlari ishga tushiriladi.
Kuni kecha shahar hokimligida yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilingan yig‘ilishda yuqoridagi raqamlar tilga olindi. Shahar hokimi So‘hrob Rafiqov yubiley komissiyasi a’zolarini ushbu ob’ektlar bilan tanishtirib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami qanchalik kengligiga ular diqqatini jalb etdi. to`liq
563 marta o`qilgan
|
JAMIYAT TALABIDAGI “JAMIYAT”
14 Dekabr 2006 10:29
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, O‘zbekiston mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati hamkorligida “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy huquqi kafolatlari” mavzusida davra suhbati va “Jamiyat” gazetasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. to`liq
615 marta o`qilgan
|
«QIYOFA»LAR JANGI
07 Dekabr 2006 16:58
XX asr boshigacha bunday soha uncha ham rivojlanmagan bo‘lsa-da, ammo bugungi kunga kelib ayrim siyosatchilar imijmeykerlarsiz bir qadam ham yura olmaydilar. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, siyosatchi faqat imijmeykerlar bilan hamkorlik qilishi, bu ishga boshi bilan sho‘ng‘ib ketishi yaxshi oqibatga olib kelmaydi. to`liq
828 marta o`qilgan
|
QANOT JUFT BO‘LADI
07 Dekabr 2006 16:53
Seminar nima berdi? Bizningcha, bu eng muhim masala. Yelib-yugurib bir narsa tashkil qilsangu, lekin u hech kimga hech nima bermasa, bundan yomoni yo‘q. Bizningcha, Qarshidan boshlanib Samarqandda davom etgan seminar uning ishtirokchilariga ko‘p narsa bera oldi. to`liq
601 marta o`qilgan
|
KIMGA TO`Y, KIMGA AZA?
07 Dekabr 2006 16:44
Balki asl maqsad mintaqada istiqomat qilayotgan aholi nazdida go‘zal turmush kechirish hissini uyg‘otib, daryolarda yangi gidroinshootlar qurib olishdir?
Biroq mintaqada istiqomat qilib kelayotgan 45 milliondan ortiq aholining turmush tarzi bevosita mazkur daryolar suviga bog‘liq va daryolar o‘zaniga kiritiladigan har qanday o‘zgartirish kutilmagan oqibatlarga sabab bo‘ladi. to`liq
612 marta o`qilgan
|
PLAGIATORGA BEFARQ BO`LMAYLIK
22 Noyabr 2006 01:04
“Hurriyat” gazetasining 2006 yil 1 noyabr sonida bosilgan “Plagiator” maqolasini o‘qib ta’sirlandim. Shu tubanlikka yetib bordikmi? Shoiru yozuvchilikka da’vo qiladigan yoshlarimiz ko‘p. Ularning yozganlarini ba’zan o‘qib qolamiz. Mayli, bunga chidasa bo‘lar, lekin F. Abdullaevning bu qilgan ishi yozuvchi va tarjimonga hurmatsizlik, bepisandlik, beadablik bo‘lishi bilan bir qatorda g‘irt o‘g‘irlik-ku. to`liq
522 marta o`qilgan
|
BOLALAR HUQUQLARI HIMOYACHISI
22 Noyabr 2006 00:37
Dunyo mamlakatlarida jamiyatning eng kenja a’zolari — bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar ancha faol ishlashini kuzatish mumkin. Mamlakatimizda ham bolalar muammolari bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab tashkilotlar mavjud. Ulardan O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi bu borada katta tajribaga ega. Aslida yorug‘ olamda bolalar manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotiy muammolarni yechishga ko‘maklashishdan-da ezgu yumush yo‘q. Ana shunday ezgu maqsadlarni ko‘zlagan O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi o‘z-o‘zini boshqaruvchi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida ilk bor 1988 yilda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan edi. to`liq
603 marta o`qilgan
|
MUAMMO ECHIMI NIMADA?
08 Noyabr 2006 00:43
Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi bu hamkorlik tajriba almashish, tibbiy bilimlarni mustahkamlash, muhim strategiyani tanlay olishga yordam beradi. Bu esa o‘z-o‘zidan masalani tezkorlik bilan hal etish uchun katta imkoniyatdir. Muammo bitta. Ammo uni har bir davlat o‘z pozitsiyasiga tayanib hal etadi. Janob Shiva Kumarning ta’kidlaganidek, bu borada davlatlar birdamlik yo‘lini tutganlari afzal, raqobatni emas. Shundagina ko‘zlagan maqsadga erishiladi. Hamkorlikdagi har bir davlat shu yo‘lni tanlagan bo‘lsa ajab emas. to`liq
587 marta o`qilgan
|
«NNTDA FIDOYILAR ISHLAYDI»
08 Noyabr 2006 00:36
Izlagan imkon topadi, deyishadi. Yaxshi maqol. Lekin qobiliyat bo‘la turib imkoni yo‘qlar qancha oramizda. Bu dunyoda hamma iste’dodli, hamma qobiliyatli. Biroq taqdir kimlargadir o‘zini namoyon qilishga imkon beradi. Kimdir esa undan benasib qoladi. Markazni ochishdan avval mahallada uyma-uy yurib ayollarimiz orasida yozma so‘rovnoma o‘tkazganman: “Kim nimani istaydi?” degandek. Keyin g‘alvirni suvdan ko‘targanday hamma narsa ayon bo‘lib qoldi. Shulardan kelib chiqib markazning maqsad va vazifalarini, rejalarini tuzib oldik. to`liq
592 marta o`qilgan
|
ASLIDA BOSHQACHA BO‘LGAN...
08 Noyabr 2006 00:23
Shundan so‘ng ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan fuqaro kelib: “Senlar nega yo‘lning chetiga yashirinib olgansanlar, haydovchining haydovchilik guvohnomasini qaytarib beringlar, men jurnalistman, sendaqalarning nechtasini pogonini yuldirib tashlaganman”, deb do‘q urib turib olgan. YPX inspektori I. Usmonov haydovchiga ma’muriy bayonnoma tuzganligini, haydovchilik guvohnomasini qaytarib bera olmasligini aytganidan so‘ng ular ketishgan. to`liq
618 marta o`qilgan
|
YOSHLAR MUAMMOSI
02 Noyabr 2006 00:10
«Kamolot» unga yechim topa olyaptimi?
Yoshlar masalasi mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab, siyosatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Yoshlarning oldida turgan muammolarni yechish, ularning madaniy saviyasini, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlarni uyushtirish maqsadida, 2001 yil 30 mayda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati o‘z ishini boshlagan edi. Qariyb besh yil mobaynida ijtimoiy harakat ko‘plab ishlarni amalga oshirdi. Lekin oxirgi paytlarda “Kamolot”ning faoliyatidan qoniqmayotganlar soni kundan kunga ko‘payib boryapti. Bunga asos qilib ko‘plab sabablarni keltirishimiz mumkin. to`liq
611 marta o`qilgan
|
“UCHINCHI SEKTOR”
02 Noyabr 2006 00:09
U demokratik jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?
O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi tuzilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Lekin ana shu oz fursat ichida Milliy assotsiatsiya mamlakatimizdagi yuzlab NNTlarining boshini qovushtirdi, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatdi. Bugun assotsiatsiyaning qisqa tarixiga nazar solganda, demokratik jamiyatning muhim tarkibiy bo‘g‘ini bo‘lgan “uchinchi sektor”ni rivojlantirish borasida ko‘zga ko‘rinarli ijobiy ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘lish mumkin. to`liq
563 marta o`qilgan
|
AXBOROTNING SARHADI BORMI?
01 Noyabr 2006 23:33
Bir qarashda masalaning zararli va qo‘rqinchli tomoni yo‘qday. Zero, globallashuv, jahon axborot bozorining tobora kengayib borayotganligi, zamonaviy axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotganligi davr taraqqiyotining asosiy vositalaridan hisoblanadi. Biroq aynan globallashgan axborot maydonining vujudga kelishi hamda axborotning intelektual mulk sifatida qiymatining ortib borishi axborotga egalik qilish uchun intilishlarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi esa insoniyatning ularga nisbatan tobeligini orttirmoqda. to`liq
766 marta o`qilgan
|
TADBIRKOR AYOL TASHVISHLARI
18 Oktabr 2006 11:21
“Toshkent shahar tadbirkor ayollar va ishbilarmonlar jamoat birlashmasi” — bu nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan tanishish maqsadida ofisiga borganimizda biznes seminari o‘tkazilayotgan ekan. Seminar ishtirokchilarining gaplaridan ma’lum bo‘ldiki, bu galgi tadbir ishbilarmonlarga imtiyozli kreditlar ajratish va shunga oid muammolarga bag‘ishlangan. “Mikrokreditbank” departamenti, Respublika markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi, Aktsiyadorlik tijorat “Ipoteka” bankining mehnat filiali rahbarlari va mutasaddi xodimlari bergan tegishli ma’lumot va maslahatlar seminar qatnashchilarini befarq qoldirmadi. Bir qarashda shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkazilayotganday tuyulgan seminar qizg‘in tus oldi. Shu narsa ayon bo‘ldiki, aynan mazkur mavzu yuzasidan tadbirkor ayollarni qiynayotgan muammolar hali talaygina ekan. to`liq
579 marta o`qilgan
|
O‘ZGA BOG‘NING SHIRIN OLMASI...
18 Oktabr 2006 11:07
Shu yurtda ulg‘ayib, barcha imkoniyatlardan bahramand bo‘lib, erishgan moddiy va ma’naviy yutuqlarini, kamolot, balog‘ot va go‘zallikni G‘arbga, okean ortiga yoki issiq o‘lkalarga (masalan Dubay bozorlariga) olib ketishni orzu qilmay, o‘zi va farzandlari hayotini shu yurt, shu el taqdiri bilan bog‘lagan insonlarga eng yaqin kishilarimiz qatorida ehtirom ko‘rsatmog‘imiz yuksak ong va madaniyat sohiblari sifatidagi fuqarolik burchimizdir. to`liq
636 marta o`qilgan
|
QANTAKI O‘RIK NAVI YO‘QOLIB KETADI...MI?
10 Oktabr 2006 22:09
Ammo, nazarimizda, viloyatda asosiy e’tibor, bor kuch ekish, parvarishlash, yig‘im-terim, dehqonchilik ishini tashkil etishga qaratilyapti. Aslida esa bugungi tabiiy sharoit avvalo yerning meliorativ holatini tubdan o‘zgartirish masalasiga ustivorlik maqomini berishni taqozo etadi. to`liq
593 marta o`qilgan
|
MANFAATNING MEZONI NIMA?
10 Oktabr 2006 21:58
Avvalo ko‘nglimda kechayotgan og‘riqli savollarni mushtariylar hukmiga havola etmoqchiman: Foyda ko‘rish uchun tish-tirnog‘i bilan intilgan odamlarning hammasi xudbin, manfaatparast hisoblanadimi? Faqat ko‘pning, aniqrog‘i millatning manfaati bilan yashash mumkinmi? Fidoyilik uchun rag‘bat talab qilish salbiy holatmi yoki ijobiy? Umuman bunday tuyg‘ular insonda qanday shakllanadi? to`liq
554 marta o`qilgan
|
YUZAKICHILIK KIMGA KERAK?
10 Oktabr 2006 21:34
Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlarning avj olayotganligi ayrim davlatlarning tinchlik va osoyishtalik qadriga yetmay, u yoki bu joyda qing‘ir yo‘llar bilan janjal chiqarishga urinayotganliklari, yolg‘on va bo‘hton xabarlar tarqatish orqali odamlar ongiyu qalbiga buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga intilayotganliklari, urush va axloqsizlikni zo‘r berib targ‘ib qilayotganliklari, hatto o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarida uyalmay-netmay jizzakilikka borayotganliklari, hech bo‘lmasa sokin oqayotgan daryo suvini loyqalatish uchun olis-olisdan tosh otish payida ekanliklarining asl maqsadi nimalardan iboratligini tasavvur qilish qiyin bo‘lmasa kerak. to`liq
569 marta o`qilgan
|