Ijtimoiy-siyosiy hayot

YURAK HAMISHA URIB TURSIN
30 Iyun 2009 14:45
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining yurak-qon tomir kasalliklari bo‘limida bir yilda yuzdan ortiq nihoyatda murakkab operatsiyalar amalga oshiriladi. Yaqinda “Hurriyat” muxbiri ulardan birida ishtirok etdi
Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q, deydi xalqimiz. Xuddi shu maqolni salomatlikka nisbatan ham qo‘llash mumkin. Negaki, ko‘pincha sog‘ligimizdan hech qanday shikoyat bo‘lmagan paytlar, aslida to‘rt muchamizning omonligi ham eng katta baxt ekanini his qilmaymiz.
to`liq
314 marta o`qilgan
QALLOBLAR FOSH ETILDI
30 Iyun 2009 14:07
Ko‘r ko‘rni qorong‘ida ham topadi, deganlari bejiz emas ekan. Aks holda, Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli mashina bozoridek odam tumonat joyda aynan bir-biriga mos ikki kishi uchrashib, tanishib qolganiga nima deyish mumkin. Yana ular bir-biriga go‘yo uzukning yo‘qolgan ko‘zi o‘rniga boshqasi qo‘yilgandek munosib kelganini aytmaysizmi. Chunki tekin daromad topish ilinjida yurgan bu kimsalarning turmush tarzi, o‘y-xayolidan tortib to xufiyona rejalarigacha, hamma-hammasi tamomila o‘xshash edi.
to`liq
298 marta o`qilgan
HUDUD BILMAS JINOYAT
26 May 2009 11:12
Ma’lumki, odam savdosi hozir dunyo miqyosidagi eng xavfli jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. Boisi, bor-yo‘g‘i ikki so‘z bilan ifoda etilayotgan bu jinoyat turi o‘z ichiga  odam o‘g‘irlash, fohishabozlik, narkotrafik, bioinjeneriya kabi ko‘plab jinoyatlarni ham oladiki, shuning o‘ziyoq uning qanchalik jirkanch ekanidan dalolatdir.
Shuning uchun ham yurtimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bu jinoyat turiga qarshi kurashish uchun bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ilk bor odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida bunday harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangandi.
to`liq
232 marta o`qilgan
YURT OBODLIGI YURTDOSHLARIMIZ QO‘LIDA
24 Aprel 2009 15:03
Daryo irmoqlardan boshlangani kabi bizda Vatan tushunchasi ham qishloqlardan boshlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi yurtimizda qishloq xo‘jaligi ustuvor tarmoqlardan biri hisoblanadi. Demak, mamlakat kuch-qudrati agrar soha taraqqiyotiga bevosita bog‘liq. Joriy yilda ana shu maqsad yo‘lida jiddiy qadam tashlashga qaror qilinganini xalqimiz katta xursandchilik bilan kutib oldi.
to`liq
240 marta o`qilgan
YODLANGAN OSH TUZI MUAMMONI YECHISHGA YORDAM BERADI
24 Aprel 2009 14:49
Taraqqiy etgan mamlakatlarda aholining salomatligi bilan bog‘liq masalalar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki sog‘lom kishigina jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘la oladi. Shu boisdan respublikamizda ham aholi salomatligini muhofaza qilishga Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor berib kelinmoqda.
to`liq
455 marta o`qilgan
NUKUSDA YER OSTI YO‘LAKLARI KO‘PAYSA...
24 Aprel 2009 13:59
Aytishlaricha, mashhur shoir Mirtemir samolyotda Nukus shahrining Qizilqum sahrosida yastanib yotganini ko‘rgach, mahliyo bo‘lgancha “Ey, sahro go‘zali!”, — deya xitob qilgan ekan.
Darhaqiqat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti mustaqillik yillarida o‘z qiyofasini yanada o‘zgartirib, chin ma’noda «Sahro go‘zali”ga aylandi. Shaharda bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
to`liq
221 marta o`qilgan
MASHINA YUVAYOTGAN AYOL
18 Aprel 2009 12:56
Hamrohlarim bilan tog‘dan — dam olishdan qaytayotgandik. Yomg‘ir yog‘ib o‘tgani sababli yo‘llar loy edi. Shaharga kiraverishda qo‘­liga latta va chelak tutgan qizlarni ko‘rib, haydovchi mashinasini to‘xtatdi-da, bizga yuzlandi: — Shu ahvolda shaharga kirib borish noqulay. Yarim soatda mashinani yuvdirib olay, — deb chug‘urlashayotgan qizlar bilan savdolasha boshladi.
to`liq
242 marta o`qilgan
YURTIMIZ FAROVONLIGINI BELGILAYDIGAN DASTUR
18 Aprel 2009 12:39
Joriy yilning “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb nomlanishi bejiz emas. Boisi xalqimizning aksariyat qismi qishloqda istiqomat qiladi, shunday ekan yurtimizning yanada obod, aholi hayotining yanada farovon bo‘lishi, albatta, qishloqlarimizning bugungi ahvoli va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq.
to`liq
241 marta o`qilgan
OMAD KALITI BILIMDADIR
17 Aprel 2009 18:33
jahondagi eng nufuzli oliy ta’lim dargohlari qatoridan joy olgan Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida yetuk mutaxassislar tayyorlanmoqda
Bundan yetti yil muqaddam Prezidentimiz tashabbusi bilan Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur oliy ta’lim maskanida ayni payt­da 700 dan ziyod talaba tahsil olmoqda.    
to`liq
328 marta o`qilgan
ISH QAYTA KO‘RILADIGAN BO‘LDI
27 Fevral 2009 14:28
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan “Hurriyat” gazetasining 2009 yil 14 yanvar sonida chop etilgan “Tahririyat nega ko‘chada qoldi?” sarlavhali maqolasi o‘rganildi
Aniqlanishicha, da’vogar — “Paxtakor” gazetasi tahririyati Andijon viloyat xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Izboskan tuman hokimligining “Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida”gi 2000 yil 23 apreldagi 159-son qarorini bekor qilishni so‘ragan.
to`liq
224 marta o`qilgan
Dilshod NURALIYEV: “BIZDA ARZIMAS ISH BO‘LMAYDI”
27 Fevral 2009 13:59
Futbolning ashaddiy ishqibozlari suhbatida bo‘lganmisiz? Odatda ular o‘zaro gurungni shunday boshlashadi.
—  Eh, raqiblarimiz Aleksandr Geynrixni yiqitishmaganida, g‘alaba naqd bo‘lardi.
— Server Jeparovning jarimadan bergan zarbasi sal pastdan ketganida bormi...
— Asror Aliqulov raqib hujumchisini  to‘xtatib qolganida edi...
Keyin gaplar o‘z-o‘zidan bir-biriga ulanib ketaveradi. Kimdir murabbiylarimizdan noliydi, kimdir yonini oladi. Kimdir hamma aybni hakamga ag‘daradi.
to`liq
251 marta o`qilgan
BIRLASHMA FAOLIYATINI BOSHLADI
23 Fevral 2009 15:50
ammo taajjubki, qayta ishlash korxonalari va moliyaviy muassasalar unga to‘sqinlik qilmoqda
Hukumatimiz tomonidan yetti xazinaning biri hisoblangan parrandachilik va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani quvonarli holdir. Xususan, Prezidentimizning 2008 yilning 21 aprelidagi qaroriga asosan Buxoro viloyatining 12 ta tumanidagi omuxta yem sotish birlashmalari negizida 87 ta hududiy savdo shoxobchalari tashkil etildi.
to`liq
232 marta o`qilgan
MUHAMMAD AKANING OILAVIY BOLALAR UYI
20 Fevral 2009 12:38
Muhammadi Norqulov umr yo‘ldoshi Zefina opa bilan bir o‘g‘il, to‘rt qizni tarbiyalab kelishadi. Roppa rosa bir yil burun esa ular ana shu farzandlari qatoriga yana sakkiz nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qilganlarini eshitganlar orasida ishonganlar ham, ishonmaganlar ham  bo‘ldi. Aslida o‘zi ham diyonatli oilada voyaga yetib, bolaligidan mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat va odamiylik ruhida tar­biyalangan Muhammadi aka ancha yillardan  buyon, to‘g‘rirog‘i, Boysundagi 12-Mehribonlik uyiga  rahbar etib ta­yinlangan  kunlardan ushbu ezgu niyatni ko‘ngliga tugib yurgandi.
to`liq
255 marta o`qilgan
QONUN IJROSI NEGA SUST?
20 Fevral 2009 12:17
Har qanday davlatning  kuch-qudrati va salohiyati fuqarolarining  jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lomlik darajasi bilan uyg‘unlashib ketadi. Zero, “Sog‘lom tanda — sog‘ aql”, — deb bejiz aytilmagan. Bunday yurtda muammolar kam uchraydi, tinchlik-totuvlik, barqarorlik va  har tomonlama taraqqiyot hukm suradi.
to`liq
458 marta o`qilgan
TADBIRKOR — DAVLAT HIMOYASIDA
20 Fevral 2009 11:33
Raqamalarga murojaat qiladigan bo‘lsak, respublika adliya organlariga o‘tgan yil davomida tadbirkorlik sub’ektlaridan jami 1623 ta shikoyat kelib tushgan. Ulardan 1378 tasi ko‘rib chiqilib, qonuniy hal etildi, 189 tasi boshqa mutasaddi idoralarga yuborildi. Mazkur raqamlarning o‘ziyoq tadbirkorlarimiz tomonidan adliya idoralariga bo‘lgan ishonchning ortayotganidan hamda ularning huquqiy madaniyati yuksalayotganidan dalolat beradi.
to`liq
233 marta o`qilgan
SAMONI ZABT ETAYOTGAN PARVOZLAR
20 Fevral 2009 11:19
Davlatimiz bayrog‘ining aksi tushirilgan va bag‘riga UZBEKISTAN deb yozilgan samolyotlar samoni to‘ldirib uchganda, dunyoning chekka hududlarida parvozga shaylanayotgan laynerlarda sof o‘zbekcha shirin kalomlar yangraganda qaysi vatandoshimizning ko‘ngli faxr va iftixorga to‘lmaydi, shirin entikish bilan istiqlolga shukronalar keltirib, unga tahsinlar aytmaydi, deysiz. Bizga shu g‘ururni baxshida etayot­gan soha xodimlarining bir kunlik faoliyatini esa katta jasoratga mengzash mumkin.
to`liq
233 marta o`qilgan
YURTNI MARD O‘G‘LONLAR QO‘RIQLAYDI
19 Fevral 2009 10:53
“... O‘zbekistonni o‘zi tanlagan taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga qaratilgan jiddiy harakatlar — milliy armiyamizni shakllantirish haqidagi fikr va maqsadlarni uyg‘otishga va bu borada amaliy ishlarga o‘tishga sabab bo‘ldi...” deb yozgan edi Prezidentimiz Islom Karimov “Milliy arimiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” nomli kitobida.
to`liq
280 marta o`qilgan
QONUNLAR FAROVONLIKKA XIZMAT QILADI
19 Fevral 2009 10:43
Yil avvalida har bir kishi bosib o‘tgan yo‘lini sarhisob qilishi, ortda qolgan paytda erishgan yutuqlari, ushalmay qolgan orzulari, ayrim rejalarini xayo­lan bo‘lsa-da, ko‘z o‘ngidan o‘tkazishi tabiiy.
Yakunlangan 2008 yil mamlakatimizda, umuman jamiyatimiz hayotida ulkan ijtimoiy-siyosiy voqealarga boy bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan olib borilgan barcha sohalardagi islohotlar xususan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning ko‘lami, samarasi har qachongidan yuqori bo‘ldi.
to`liq
264 marta o`qilgan
MUALLIMNING JASORATI
17 Fevral 2009 12:55
Voqea bunday bo‘lgan edi: bundan bir necha oylar avval, ertalab tonggi to‘rtlarda Olimboy Tuproqqal’adan Hazoraspga — tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarab yo‘lga chiqdi. Masofa uzoq. Muallim ishlarini tezda bitkazib uyiga shoshildi. Soat 11 larda yo‘nalishli kichik avtobus yo‘lga chiqadi. Aksiga olib, yaqindagina Tuproqqal’adan qaytgan haydovchi navbatga kirdi. Avtobus haydovchisi aslida hali 2-3 soat dam olishi, tushdan keyin yo‘lga chiqishi kerak edi. Yo‘q, u tezda 18 nafar yo‘lovchini olib, yo‘lga chiqdi.
to`liq
228 marta o`qilgan
ÑHIROQSIZ “CHAROG‘BONLAR”
27 Avgust 2008 18:34
Aslida o‘z davrida tarixiy hodisa sanalgan, ancha-muncha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, bugun esa hech bir ahamiyatga ega bo‘lmagan bu voqeani ellik ikki yildan so‘ng eslashning uncha hojati ham yo‘q edi. Biroq, uning ayrim qirralari bir tomondan 31 avgustda nishonlanadigan qatag‘on qurbonlarini yod etish kuniga daxldor, ikkinchi tomondan bugungi avlod uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olgan holda ushbu maqola bitildi. to`liq
294 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM