Ijtimoiy-siyosiy hayot

01 Dekabr 2011 18:27
VATAN HIMOYASI — MUQADDAS BURCH
Tanishlarimdan birining jiyanini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga olishmoqchi ekan. Ammo uning o‘zi muddatli harbiy xizmatga borishni orzu qilarmish. Suhbatdoshimning gap ohangidan sezdimki, jiyanini muddatli harbiy xizmatga jo‘natish borasida yo‘l-yo‘riq so‘ramoqchi.
— Muddatli harbiy xizmatga borishni istovchilar haqiqatan ham juda ko‘p, — dedim unga bu sohadagi tartib-qoidalarni tushuntirgan bo‘lib. — Ular orasidan eng munosiblari tanlab olinadigan bo‘lgan. Chaqiruv komissiyasi tarkibi davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘ladi. Chaqiriluvchi har tomonlama sog‘lom bo‘lishi, test sinovlaridan o‘tishi, yuqori ball to‘plashi lozim.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga nav­batdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Bu xizmatni o‘taganlar ham muddatli harbiy xizmatni o‘tagan tengdoshlari qatori harbiy guvohnoma olishadi. Hatto Qurolli Kuchlarda shartnoma bo‘yicha xizmat qilishlari, oliy harbiy bilim yurtida o‘qishlari, huquq-tartibot organlarida ishlashlari mumkin.
Shu suhbat Qo‘shrabodga borganimda bir otaxon bilan qilgan gurungimizni yodga soldi. O‘shanda ham gap aylanib armiyamiz, askarlar hayotidagi o‘zgarishlarga borib taqalgandi. Shunda otaxon:
— Mana, sen ko‘p joyda bo‘lasan, ko‘p narsani ko‘rasan. Bir narsani so‘ramoqchiman, — dedi. 
— Bemalol.
— Eshitishimcha, hozir mamlakatimiz harbiy qismlarida tartib-qoidalar butunlay boshqacha bo‘lib ketibdi. Ilgari odamlar farzandini harbiy xizmatdan olib qolishga harakat qilardi. Endi esa «o‘g‘limni armiyaga olinglar», deb iltimos qilib yuruvchilar ko‘p. Buning sababi nima?!
Shunda men otaxonga Yurtboshimiz rahnamoligida milliy armiyamizda o‘tkazilayotgan islohotlar tufayli harbiy xizmatning nufuzi oshib, unda xizmat qilish faxr-iftixorga, shon-sharaf ishiga aylanganini aytib berdim. Shuningdek, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonun asosida hozir muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati joriy etilgani hamda askarlarimiz zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlangani ayni paytda ularning ijtimoiy muhofazasiga katta e’tibor berilayotgani haqida batafsil hikoya qildim.
Serjantlar tayyorlash maktablari haqidagi yangilikdan otaxon avvalroq xabar topgan bo‘lsa-da, bu maktabda o‘qiydiganlar davlat ta’minotida bo‘lib, harbiy kasbni chuqur egallash barobarida eng zamonaviy o‘quv xonalarida bilim olib, soha ilmini puxta egallashini eshitib ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Shunaqa, de. Ham o‘qitsa, ham hunarli qilsa. Juda zo‘r-ku. Kichik nabiramni serjantlar maktabida o‘qitaman. Yurtni qo‘riqlasin, — dedi ko‘ngli o‘sib.
Darhaqiqat, Qurolli Kuchlarda o‘tkazilayotgan keng islohotlar mahoratda, matonatda hech kimdan kam bo‘lmagan harbiylarimizni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Qo‘shinlarni tayyorlash, ularni eng ilg‘or texnika bilan ta’minlashga, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalashga jiddiy e’tibor berilyapti. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida jangovar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda a’lo natijalarga erishgan askarlarga oliy o‘quv yurtiga kirishda imtiyozlar ham mavjud.
Ko‘rgan-bilganlarimizdan kelib chiqadigan xulosa shunday: faxr-iftixor manbai, hayot maktabi bo‘lgan armiyamizning nufuzi tobora oshib, harbiy xizmat har bir yigit uchun oliy sharafga aylandi. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz safida har qanday sinovlarga bardoshli askarlar o‘z burchini sharaf bilan ado etishayapti. Xalqimiz hamisha o‘zining mard va jasur o‘g‘lonlariga ishonadi, ularning mardligi, fidoyiligi bilan faxrlanadi.
Ravshan SHODIYEV,
jurnalist

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM